Dastlabki farazlar X va Y loyihalari bo‘yicha tahlilimiz va umuman mustaqillik teoremasi quyidagi to‘rtta asosiy farazga tayanadi:
1. Investitsiyalar faqat bir yil davom etadi.
2. Investitsiyalardan daromad aniq ma‘lum: masalan, agar X loyihasi qabul qilinsa, kelgusi yilda biz 120 000 f. st. olishimizga shubha qolmaydi.
3. Har bir odam yaxshiroq moddiy holatni yomonroq moddiy holatdan afzal ko‘radi.
4. Qarzdorlar va kreditorlar uchun foiz stavkalari jismoniy shaxslar uchun ham, yuridik shaxslar uchun ham teng va bir xildir.
Xulosa Ushbu farazlardan ayrimlari, ayniqsa, birinchi ikkitasi aniq norealdir. Biroq ular mustaqillik teoremasini jiddiy zaiflashtirishi yoki zaiflashtirmasligini va undan chiqarilgan xulosalarni baholashning imkoniyati yo‘q hisob. Teorema haqiqatga unchalik muvofiq bo‘lmasada, u ma‘lum darajada real investitsiya qarorlarini qabul qilish nuqtayi nazaridan aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasidagi munosabatlarni tushunish imkonini beradi. Shubhasiz, teorema ushbu kitobda biz keyinroq duch keladigan bir qator asosiy moliyaviy nazariyalar poydevorini tashkil etadi. Xirshleyfer mustaqillik teoremasi isboti ushbu bobga ilovada keltirilgan.
Adabiyotlar Atrill, P. Financial Management for Nonspecialists, 4th ed. (Financial Times Prentice Hall), 2006.
Baker, H., Powell, G. and Veit, E. Revisiting managerial perspectives on dividend policy. Journal of Economics and Finance (Fall), 2002.
.Business finance: theory and practice / Eddie McLaney. – UK., 8th ed. 2008.
Copeland, T.E., Weston,J.F. and Shastri,K. Financial Theory and Corporate Policy, 4th ed.(Addison-Wesley), 2004.
Drury, C. Management and Cost Accounting, 6th ed. (Thomson Learning), 2004.