Mavzu: Moliyaviy risklar Reja: Riskning mazmun-mohiyati. Risklarning turlari


Riskni “o‘tkazish” variantlari: xejirlashtirish; sug‘urtalash; diversifikatsiya



Yüklə 168,5 Kb.
səhifə5/9
tarix12.05.2023
ölçüsü168,5 Kb.
#112032
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-mavzu

4. Riskni “o‘tkazish” variantlari: xejirlashtirish; sug‘urtalash; diversifikatsiya

Oxirgi o`n yillarda loyihani tayyorlash va amalga oshirish malakaviy faoliyatning alohida bir ko`rinishiga aylandi. Ko`pgina sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotining davlat va xususiy sektorlarida loyihani tayyorlash va amalga oshirish bo`yicha tajribalar to`plana boshlandi. Loyihani boshqarish doirasida yechiladigan masalalardan biri - bu loyiha faoliyatining riskini boshqarishdir. Bu masala loyihani boshqarishning boshqa funksiyalaridan alohida emas. Moliyaviy talabni aniqlashda ham, smeta va budjetni hisoblashda ham, shartnomalarni tayyorlash va tuzishda ham loyiha faoliyati ishtirokchilarini turli xil risklardan himoyalash bilan bog`liq masalalar yechiladi. Risklar loyiha faoliyatining barcha bosqichlarida bo`lganligi sababli, loyiha risklarini boshqarish funksiyasi loyiha tugagunga qadar davom etadi. Loyiha risklarini boshqarishda quyidagi masalalarga e`tibor qaratiladi:


loyiha risklarining tasnifi;
loyiha risklarini aniqlash va baholash usullari;
loyiha risklarini boshqarishning axborot ta`minoti;
risklarning monitoringi va istiqbolini belgilash;
risklarni kamaytirish texnologiyalari;
risklarni boshqarishni tashkil etish;
risklarni boshqarish xarajatlarining optimal darajasini asoslash va samaradorlikni baholash.
Riskni boshqarish turli faoliyat doiralarida riskni kamaytirish bo`yicha texnologiyalarni va bilimni talab qiladi. Hozirgi vaqtda riskni boshqarish faoliyatini quyidagi asosiy bosqichlarga bo`lish mumkin:
1) riskni aniqlash;
2) riskni baholash;
3) riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash;
4) riskni oldini olish va nazorat qilish;
5) riskni moliyalash;
6) natijalarni baholash.
Riskni aniqlash va uni baholash bosqichlari riskni tahlili deb ham ataladi.
Bunda riskni aniqlash sifat tahliliga, riskni baholash miqdor tahliliga kiradi. Risk tahlilining miqdor usullari orasida riskni boshqarish nazariyasida eng mashhurlari quyidagilar:
statistik usul, statistik tajribalar usuli;
maqsadga muvofiq keladigan xarajatlar tahlili;
ekspert baholari usuli;
analitik usullar va boshqalar.
Risk tahlilining ahamiyati loyihaning potentsial ishtirokchisiga loyihani maqsadga muvofiq tarzda amalga oshirish haqidagi qarorlarini qabul qilishi uchun zaruriy ma`lumotlarni berishdir.
Riskni boshqarish choralari va usullarini tanlash juda muhim bosqich hisoblanadi. Aniq tanlangan usul doirasida aniq chora-tadbirlarni qo`llash mumkin. Bu bosqich loyihani amalga oshirishni boshlash haqidagi qarorni qabul qilishdan avval o`tkazilishi kerak. Tanlashda kechikish loyiha ishtirokchisi uchun jiddiy salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi yoki ishtirokchilar o`rtasida jiddiy kelishmovchiliklar kelib chiqishiga sabab bo`lishi mumkin.
Risklarni boshqarish - bu risk va foyda miqdorini oqilona qo`shilmasini aniqlashga qaratilgan harakatlardir. Risklarni boshqarishning asosiy maqsadi - ularni pasaytirish hisoblanadi.
Risklarni boshqarish quyidagi asosiy bosqichlarga bo`linadi:
risk omilini aniqlash;
risk omilini tahlil qilish va baholash;
risklarni pasaytirish bo`yicha ishlarni rejalashtirish yoki risk oqibatlarini bartaraf etish;
risklarni oldini olish va nazorat qilish;
risklarni boshqarish usullarini tanlash va qo`llash;
risk vaziyatlari va ularni oqibati xaqida ma`lumot to`plash va kelajakka tavsiyalar tuzish.
Risk omilini aniqlash deganda risk sababini, ya`ni loyihaga ta`sir qila oladigan voqea yoki vaziyatlarni aniqlash tushuniladi.
Riskni boshqarishdan maqsad eng avvalo riskning oldini olishdir. Qaror qabul qilayotgan shaxs yuz berishi mumkin bo`lgan noxush voqealarning oqibatini yaqqol tasavvur etishi kerak. Bu uning keyingi harakatlarini belgilab beradi. Bank boshqaruvi xodimlari o`z ishlarida amal qilish uchun xatarni oldini olish taktika va strategriyasini ishlab chiqishi kerak.
Riskni boshqarishda asosiy vazifa - amaldagi bozor kon`yunkturasiga mos darajada risklarni minimallashtirish, kreditlash xizmatlari bozorida bank pozitsiyasini minimum saqlab qolishdir. Riskni boshqarishda asosiy yo`llar quyidagilar:
• riskni ajratish;
• riskni ishtirokchilar o`rtasida taqsimlash;
• moddiy ta`minotni olish (garov);
• moliyaviy ta`minotni olish (kafolat yoki kafillik);
• riskni kredit bo`yicha yuqori foiz stavkasiga ko`chirish;
• riskni venchur kreditlashga qabul qilish;
• qarzlar bo`yicha yo`qotishlarni qoplash uchun fondlarni shakllantirish;
• sug`urtalash.

Yüklə 168,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin