Mavzu: Moliyaviy risklar Reja: Riskning mazmun-mohiyati. Risklarning turlari



Yüklə 168,5 Kb.
səhifə2/9
tarix12.05.2023
ölçüsü168,5 Kb.
#112032
1   2   3   4   5   6   7   8   9
5-mavzu

2. Riskning turlari

Bugungi kunda biz nafaqat risklar haqida ma`lumotlarga egamiz, balki ularni tahlil qilib, baho berib, risklarni boshqarish imkoniyatiga egamiz. Lekin tahlilni ham, risklar boshqaruvini ham birinchi bosqichi - bu risk turini aniqlashdir.


Risklarini turli belgilar bo`yicha tasniflash mumkin:
Tarkibi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: iqtisodiy risk; bozor riski; inflyatsiya riski; valyuta riski; siyosiy risk; ijtimoiy risk; ekologik risk; texnologik risk; marketing riski; moliyaviy risk; kredit riski; bankrotlik riski; ilm-texnika riski; informatsion risk va boshqalar;
muddati bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadilar: qisqa muddatli risklar; uzoq muddatli risklar;
olinadigan natijaga qarab risklar: spekulyativ risk - ular ta`sirida katta zarar yoki katta foyda olish imkoniyati bor; sof risklar - ular ta`sirida nolga teng bo`lgan zarar(foyda) ko`rish mumkin;
loyihaga ta`sir etish darajasi bo`yicha risklar quyidagilarga bo`linadi: mumkin bo`lgan risklar - ular ta`sirida kutilgan foydadan ayrilish mumkin; kritik risklar - loyiha pul tushumlaridan ayrilish xatari; katastrofik risklar - daromaddan va kiritilgan investitsiyalardan ayrilish xatari.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida uning har bir bosqichi (fazasi) o`ziga xos risklar bilan bog`liqdir. Birinchi bosqichda (investitsiya oldi fazasida) ko`proq loyiha tashabbuskorlari marketing riskiga, bozor riskiga, informatsion va ijtimoiy risklarga ta`sirchan bo`ladi. Investitsiya bosqichida ko`proq ilm-texnika riski, moliyaviy risklar, tashqi iqtisodiy risklar va siyosiy risklar o`z ta`sirini ko`rsatadi. Ekspluatatsiya bosqichida esa loyiha ishtirokchilari texnologik, ekologik, fors-major, nolikvidlik, iqtisodiy va moliyaviy risklar bilan yuzma-yuz bo`lish ehtimoli mavjud. Bundan tashqari, loyiha faoliyatida eng ko`p uchraydigan risklar ham mavjud. Masalan: iqtisodiy qonunlarning va iqtisodiy holatning o`zgarib turishi; investitsiyalash va foydadan foydalanish shartlari bilan bog`liq risklar; savdo va mahsulot yetkazib berishga cheklashlar kiritish; chegaralarning berkilishi; siyosiy holatning noaniqligi yoki hududdagi yohud mamlakatdagi noma`qul ijtimoiy-siyosiy o`zgarishlar, texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlar dinamikasi, yangi texnika-texnologiya parametrlari, mahsulot sifati haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi yoki noaniqligi, bozor kon`yunkturasining, ya`ni baho, valyuta kurslari, yalpi ichki mahsulot va boshqalarning o`zgarib turishi, tabiiy iqlim sharoitlarining o`zgarishi, tabiiy ofatlarning yuz berishi, ishlab chiqarish texnik risklari - asbob-uskunalarning buzilishi va to`xtab qolishi; loyiha ishtirokchilari maqsadlarining noaniqligi, ularning moliyaviy holati va ishdagi obro`si haqidagi ma`lumotlarning to`liq emasligi va boshqalar.
Moliyaviy bozor eng yuqori riskga ega bo`lgan soha deb hisoblanadi. Undagi risklar ikkita katta guruhga bo`linadi:
- tizimli risklar;
- tizimsiz risklar.
Tizimli risklar (investitsiya portfeli risklari) - bu xatar ta`siriga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar emas, balki butun bozor, uni katta bir qismi risklarga uchraydi. Bu holda iqtisodiy nobarqarorlik tufayli yoki boshqa sabablarga ko`ra ko`pchilik emitent va qimmatli qog`ozlar egalari zarar ko`rishlari mumkin. Tizimli risklarga quyidagilar kiradi: foiz riski; valyuta riski; inflyatsiya riski; siyosiy risklar.
Tizimsiz risklar - xatarga ba`zi bir qimmatli qog`ozlar yoki ularni majmuasi uchraydi, ya`ni ma`lum bir korxonaning qimmatli qog`ozlari yoki tarmoqning qimmatli qog`ozlari kiradi. Tizimsiz risklarga quyidagilar kiradi: tadbirkorlik riski; moliyaviy risklar; nolikvidlik riski.
Yuqorida keltirilgan tasniflashlarga asoslangan holda, loyiha faoliyatidagi risklarni quyidagi guruhini keltirish mumkin:
loyiha ishtirokchilari riski;
loyiha smeta qiymatining oshish riski;
qurilishni o`z vaqtida tugamaslik riski;
ish va ob`ekt sifatining pastligi riski;
konstruktsion va texnik risklar;
ishlab chiqarish riski;
boshqaruv riski;
sotish riski;
moliyaviy risk;
mamlakat riski;
ma`muriy risk;
huquqiy risk;
fors-major riski.
Loyiha ishtirokchilari riski - bu ishtirokchilarning loyiha faoliyati doirasida o`z majburiyatlarini anglagan holda yoki majburiy tarzda bajarmaslik riski.
Loyiha smeta qiymatining oshish riskiga - quyidagilar sabab bo`lishi mumkin: loyihalash jarayonidagi xatolar, pudratchilarning resurslardan samarali foydalanishni ta`minlay olmasligi, loyihani amalga oshirish shartlarini o`zgarishi va boshq.
Qurilishni o`z vaqtida tugallanmaslik riskiga quyidagilar ta`sir ko`rsatadi: pudratchilarning o`z majburiyatlarini bajarmasliklari; tashqi shart-sharoitlarning o`zgarishi, qurilish ishlari muddatining cho`zilib ketishi natijasida qo`shimcha xarajatlar kelib chiqishi: kredit bo`yicha foizlarni hisoblash, narxlarning inflyatsiya natijasida o`sishi oqibatida ish va material qiymatining oshishi kabi qo`shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi.
Ish va ob`ekt sifatining pastligi riski - pudratchilar majburiyatining buzilishi, loyihalashtirishdagi xatolar va boshqalar natijasida kelib chiqishi mumkin.
Konstruktsion risk - bu investitsiya fazasidayoq loyihaning texnik amalga oshmaslik riskidir.
Texnologik risk - bu ishlab chiqarish texnologiyalarining sanoat darajasida qo`llanilmasligi natijasida ma`lum texnik-iqtisodiy parametrlardan ob`ekt ekspluatatsiyasidagi cheklanishlar riski.
Ishlab chiqarish riski - bu ishlab chiqarish jarayonida kamchiliklarni yuzaga kelish riski.
Boshqaruv riski - bu ishlab chiqarish riskining bir turi, boshqaruvchi shaxsning tajriba va malakasini yetarli darajada emasligi natijasida ro`y beradi.
Sotish riski - bu loyiha mahsuloti sotish hajmining va shu mahsulot bahosining kamayish riskidir.
Moliyaviy riski. Bu riskning loyiha faoliyatidagi asosiy turlari:
kredit riski;
valyuta riski;
foiz stavkasini o`zgarish riskidir.
Kredit riski - bu loyihani amalga oshirayotgan tashkilotning kreditor bankka kredit shartnomasi bo`yicha to`lov majburiyatlarini to`liq yoki umuman to`lay olmaslik riski.
Valyuta riski - bu risk loyiha mahsuloti mahalliy bozorda sotilganda va hokimiyat mahsulotni milliy valyutada sotilishini talab qilayotgan paytda yuqori bo`ladi.
Foiz stavkasining o`zgarish riski - bu risk kredit resurslari o`zgaruvchan stavkada qo`llanilganda ro`y beradi.
Mamlakat riski - bu tashqi loyiha risklariga tegishli bo`lib, uning mazmuni shundaki, loyiha amalga oshirilayotgan mamlakatning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari va davlatning siyosati loyiha faoliyati uchun jiddiy qiyinchiliklar yaratishi va hatto loyihani barbod qilishi ham mumkin.
Siyosiy mamlakat riski - hukumatning chet el investorlari va kreditorlari ishtirokidagi loyiha faoliyatini to`xtatish yoki cheklashga qaratilgan harakati bilan bog`liq. Iqtisodiy mamlakat riski davlatning loyihani amalga oshirilishi sharoitida qo`llaydigan soliq, valyuta, bojxona va boshqa iqtisodiy shart-sharoitlarni o`zgartirishi bilan bog`liq.
Ma`muriy risklar - loyiha kompaniyalari va loyiha faoliyatining boshqa ishtirokchilarini davlat nazorat va tartibga solish boshqarmalaridan turli litsenziyalar, ruhsatlarni olishi bilan bog`liq.
Huquqiy risk - bu risk qaysidir darajada mamlakat, ma`muriy va boshqaruv risklari bilan bog`liq.
Fors-major riski - loyiha faoliyatiga tegishli bo`lmagan tashqi risklardan biri bo`lib, unga yer silkinishi, yong`inlar, suv toshqini, bo`ronlar va boshqa tabiiy hodisalar.

Yüklə 168,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin