Mavzu: moliyaviy tizim reja: kirish adabiyotlar tahlili va metodologiya moliyaviy hizmatlar



Yüklə 23,15 Kb.
səhifə1/3
tarix03.05.2023
ölçüsü23,15 Kb.
#106951
  1   2   3
MOLIYAVIY TIZIM


MAVZU: MOLIYAVIY TIZIM
REJA:
KIRISH
1. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
2. MOLIYAVIY HIZMATLAR
3. NATIJALAR VA MUHOKAMA
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI


KIRISH
Iqtisodiy jarayonlarning jadal sur’atlarda rivojlanishi ko’p jihatdan moliya sohasiga bog’liqdir.Takror ishlab chiqarish jarayonlarining barcha bosqichlarida pul asosiy vosita sifatida qatnashadi. Moliya iqtisodiyotning asosiy ustunlaridan biri desak adashmaymiz, chunki uning vositasida muayyan maqsadga yo’naltirilgan pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular iqtisodiyotni rivojlantirish va jamiyat ehtiyojlarini qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya tizimi jismoniy shaxslar (shaxsiy moliya), hukumatlar (davlat moliyasi) va korxonalar (korporativ moliya) o‘rtasida sodir bo'ladigan kapital oqimlaridan iborat. Zamonaviy moliya tizimlarida pul, kredit va moliya ayirboshlash vositalari sifatida ishlatiladi. Ular ma'lumqiymatga ega vosita bo‘lib xizmat qiladi va ular muqobil ravishda tovar va xizmatlarga ayirboshlanishi mumkin.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Zamonaviy moliya tizimi banklar (davlat sektori yoki xususiy sektor), moliya bozorlari, moliyaviy vositalar va moliyaviy xizmatlarni o‘z ichiga olishi mumkin. Muntazam va oqilona kapital oqimlari iqtisodiyotni jadal rivojlantirish uchun judayam zarur bo’lgan asosiy shartlardan biri hisoblanadi. Moliyaviy tizimning,asosan,to'rtta komponenti mavjud: Moliyaviy bozorlar.Ular xaridorlar va sotuvchilarga qimmatli qog‘ozlar, aksiyalar va obligatsiyalar, turli xalqaro valyutalar va derivativlarni o‘z ichiga olgan moliyaviy vositalar bilan savdo qilish vositalarini taqdim etadigan har qanday joy yoki tizimni o‘z ichiga oladi.
Moliyaviy aktivlar - moliyaviy bozorlarda sotiladigan mahsulotlar moliyaviy aktivlar deb ataladi.Naqd pul, aksiyalar, obligatsiyalar, investitsion fondlar va bank depozitlari moliyaviy aktivlarga misoldir. Yer, mulk, tovarlar yoki boshqa moddiy aktivlardan farqli o'laroq, moliyaviy aktivlar o'ziga xos jismoniy qiymatga yoki jismoniy shaklga ega bo'lishi shart emas. Aksincha, ularning qiymati ular savdo qiladigan bozordagi talab va taklif omillari, shuningdek, ularning risklilik darajasi bilan o’lchanadi.
Moliya institutlari - moliya institutlari investorlar va qarz oluvchilar o‘rtasida vositachi vazifasini bajaradilar. Ular a'zolar va mijozlar uchun moliyaviy xizmatlar ko'rsatadi. U moliyaviy vositachilar deb ham ataladi, chunki ular omonatchilar va qarz oluvchilar o'rtasida vositachi vazifasini bajaradilar. Investorning jamg'armalari to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita moliya bozorlari orqali safarbar qilinadi.Ular bozorlardan mablag’ to'plashni va moliyaviy aktivlarga (depozitlar, qimmatli qog‘ozlar, kreditlar va boshqalar)ga yo’naltirishni xohlaydigan tashkilotlarga xizmatlarni taklif qiladilar.

Yüklə 23,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin