3-mavzu. Moliyaviy tizimi va uning bo‘g‘inlari



Yüklə 214,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix28.11.2023
ölçüsü214,49 Kb.
#168854
  1   2   3   4   5   6
3-Mavzu. MM Moliyaviy tizimi va uning bo‘g‘inlari



3-mavzu. Moliyaviy tizimi va uning 
bo‘g‘inlari 
 
3.1. Moliyaviy tizimi va uning 
bo‘g‘inlari 
 
Faoliyat jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va 
foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining 
majmui moliyaviy tizim deyiladi. Unga boshqacha ham ta’rif 
berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini 
shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va 
metodlar tizimiga moliyaviy tizim deyiladi. Unga yana quyida 
ta’rifni ham berish mumkin: xo‘jalik subyektlari, uy xo‘jaliklari, 
davlat va maxsus moliya institutlarining pul mablag‘larini 
taqsimlaydigan va ishlatadigan moliya munosabatlarining bir-
biri bilan bog‘liq va birgalikda harakat qiladigan kategoriyalari, 
bo‘g‘inlari va sohalarining yig‘indisi moliyaviy tizim deyiladi”.
“Moliyaviy tizim” tushunchasi keng ma’nodagi “moliya” 
tushunchasining taraqqiyoti natijasidir. Mamlakatda bozor 
islohotlarining amalga oshirilishi va prinsipial jihatdan butunlay 
yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tatbiq 
etilishi moliyaviy tizimning sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan 
obyektiv ravishda yangicha yondashuvni taqozo etdi. Unga 
muvofiq ravishda, dastlab, moliyaviy tizim quyidagi ikki sohaga 
bo‘linadi
1


davlat moliyasi va mahalliy moliya; 

xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi.
1
Sovetlar davridagi tegishli darsliklarda moliyaviy tizimning sohalari, ko‘pchilik 
hollarda, ikki xil tarzda talqin qilingan edi. Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) 
maktabining vakillari (Aleksandrov A.M., Voznesenskiy E.A., Jevtyak P.N., 
Romanovskiy M.V., Kolesnikov V.I. va boshqalar) fikriga ko‘ra, moliyaviy tizim odatda, 
ikki sohadan, ya’ni 1) korxonalar va xalq xo‘jaligi tarmoqlari moliyasi hamda 2) 
umumdavlat moliyasidan iborat bo‘lgan. Moskva maktabining vakillari (Shermenev 
M.K., Nikolskiy P.S, Molyakov D.S., Rodionova V.M., Guyda T.V. va boshqalar) 
fikricha esa, moliyaviy tizimning sohalari kuyidagilardan tashkil topgan: 1) moddiy 
ishlab chiqarish sohasi moliyasi; 2) Davlat byudjeti; 3) noishlab chiqarish sohasi 
moliyasi. Shunday bo‘lishiga qaramasdan ularning har ikkalasi ham SSSRning 
iqtisodiy bazisiga va u tomonidan amalga oshirilgan moliyaviy siyosatga mazmunan 
mos kelgan edi.


O‘z navbatida, moliyaviy tizimning har bir sohasi pul 
fondlari va daromadlarni shakllantirishning konkret shakllari va 
metodlariga bog‘liq ravishda bir necha bo‘g‘inlardan tashkil 
topadi. Masalan, davlat moliyasi va mahalliy moliya quyidagi 
bo‘g‘inlardan tashkil topishi mumkin: 

davlat byudjeti; 

byudjetdan tashqari davlat maqsadli fondlari; 

davlat krediti. 
Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar moliyasi 
quyidagi bo‘g‘inlardan iborat: 

tijorat korxonalari va tashkilotlari moliyasi; 

moliyaviy vositachilar moliyasi; 

notijorat tashkilotlari moliyasi. 
Yuqorida keltirilganlarni chizmali ko‘rinishda quyidagicha 
ifodalash mumkin:


4.1.1-chizma. 

Yüklə 214,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin