-
aksiyalar,
obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog‘ozlar va
omonatlar bo‘yicha olinadigan daromadlar;
- notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashkilotlarining
y
ordami asosida tuzilgan xo‘jalik jamiyatlarining faoliyatidan
olinadigan daromadlar;
•
tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning homiylik
yordamlari;
•
ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o‘zida
tushib turishi mumkin bo‘lgan tushumlar;
•
qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan,
ko‘ngillilarning
mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo‘yicha
o‘tkazilgan tadbirlar (lotereyalar, auksionlar, ko‘ngilxushlik,
madaniy, sport va boshqa ommaviy tadbirlardan)dan kelgan
tushumlar.
Turli mamlakatlarda notijorat tashkilotlarini moliyalashtirish
manbalarining tarkibiy tuzilmasi turlichadir. Masalan, rivojlangan
mamlakatlarda xususiy xayriyalarning
miqdori keyingi yillarda
1%dan (Yaponiyada
) 20%gacha (AQShda) oraliqda bo‘lgan va
o‘rtacha 11%ni tashkil etgan. Hukumat ajratmalarining salmog‘i
esa 26%dan (Germaniya) 71%gacha bo‘lib, uning o‘rtacha
darajasi 48%ga teng bo‘lgan. Notijorat tashkilotlarining o‘zlari
tomonidan ishlab topilgan mablag‘larning salmog‘i 23%dan
(Vengriya) 71%gacha tebranib, uning o‘rtacha darajasi 41%
atrofida edi.
Notijorat faoliyatni moliyaviy jihatdan tartibga solishning
shakllari, ularning davlat va mahalliy
hokimiyat organlari bilan
hamkorligi har bir mamlakatning tegishli qonunlari yordamida
amalga oshiriladi. Ularni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash
bevosita va bilvosita shakllarda amalga oshirilishi mumkin.
Notijorat sektorni davlat tomonidan bevosita qo‘llab-
quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud:
•
to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevosita) byudjet investitsiyalari;
•
hamkorlikda moliyalashtirish;
•
davlat ijtimoiy buyurtmasi.
Notijorat sektorni bilvosita moliyalashtirish shaklidan ham,
ya’ni notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat
organlari
oldidagi to
‘lovlari va boshqa shunga o‘xshash
majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham amaliyotda tez-tez
foydalaniladi. Bilvosita moliyalashtirishning asosiy ko‘rinishlari
quyidagilardan iborat bo‘lishi mumkin:
•
soliq xarakteriga ega bo‘lmagan imtiyozlar;
•
soliqlardan imtiyozlar;
•
boshqa imtiyozlar.
Soliq to‘lashda imtiyoz berish quyidagi ko‘rinishlarda
bo‘lishi mumkin:
•
xayriya qiluvchilar uchun imtiyozlar;
•
homiylik qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar.
Boshqa imtiyozlar quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi:
•
notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga
olish, yer maydonlarini ajratish;
•
litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini joriy etish;
•
aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to‘lashda
imtiyozli tariflardan foydalanish;
•
va boshqalar.
Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga
aralashish, agar ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga
mos kelay
otgan bo‘lsa, xarajatlarning yo‘nalishiga o‘zgartirishlar
kiritish huquqiga ega emas.
Dostları ilə paylaş: