3-mavzu. Moliyaviy tizimi va uning bo‘g‘inlari


 Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy



Yüklə 214,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix28.11.2023
ölçüsü214,49 Kb.
#168854
1   2   3   4   5   6
3-Mavzu. MM Moliyaviy tizimi va uning bo‘g‘inlari

3.2. Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy 
tizimi 
 
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarning davlat moliyaviy tizimi 
moliyaviy munosabatlarning quyidagi bo‘g‘inlaridan iborat: 

davlat byudjeti tizimi; 

davlat krediti va mahalliy hokimiyat organlari kreditlari, 
federativ davlatlarda esa 
– federatsiya a’zolarining krediti; 

maxsus fondlar; 



davlat korporatsiyalari moliyasi. 
Bu davlatlarda byudjet tizimining tarkibiy tuzilishi 
(tuzilmasi), eng avvalo, davlat tuzilishiga (qurilmasiga) 
bog‘liq. 
Unitar (yagona) davlatlarda byudjet tizimi quyidagi ikki 
bo‘g‘indan iborat: 

davlat byudjeti; 

ko‘p sonli mahalliy byudjetlar (shaharlar, okruglar, qishloq 
okruglari byudjeti). 
Unitar shakldagi xorijiy davlatlarda mahalliy byudjetlar 
o‘zlarining daromadlari va xarajatlari bilan davlat byudjetining 
tarkibiga kirmaydi. 
Federativ davlatlarda byudjet tizimi uch bo‘g‘indan tarkib 
topgan: 

davlat byudjeti ( federal byudjet, markaziy hukumat 
byudjeti); 

federatsiya a’zolari byudjetlari (AQShda – shtatlar byudjeti, 
Kanadada 
– provinsiyalar byudjeti, GFRda – yerlar byudjeti, 
Shveytsariyada 
– kantonlar byudjeti va h.k.); 

mahalliy byudjetlar. 
Mahalliy byudjetlar o‘zlarining daromadlari va xarajatlari 
bilan federatsiya a’zolarining byudjetlariga va ular ham, o‘z 
navbatida, davlat federal byudjetining tarkibiga kirmaydi. 
Rivojlangan yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy 
tizimning yetakchi bo‘g‘inlaridan biri davlat byudjetidir. U davlat 
va o‘z-o‘zini boshqarish hududiy organlarining funksiyalari va 
vazifalarini 
moliyaviy 
ta’minlashga 
mo‘ljallangan 
markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondini shakllantirish va 
unday foydalanishning shaklidan iboratdir. 
Davlat byudjeti mamlakatning joriy yildagi asosiy moliyaviy 
rejasi hisoblanib, qonun kuchiga egadir. U har yili mamlakatning 
qonunchilik 
hokimiyat 
organi 
– parlament tomonidan 
tasdiqlanadi. Favqulodda vaziyatlarda (urushlar, iqtisodiy 
tanazzullar va h.k.lar davrida) hukumat davlat byudjetining 


mablag‘lariga tayanadi va ular yordamida davlat xarajatlarini 
qoplaydi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlarning davlat byudjeti ular MDini 
qayta taqsimlashning asosiy instrumentidir. Moliyaviy tizimning 
bu bo‘g‘ini orqali mamlakat MDining 40% gacha bo‘lgan qismi 
qayta taqsimlanadi.
Davlat byudjetining asosiy daromadlari soliqlardan iborat 
bo‘lib, ular yordamida byudjet daromadlarining 70% dan 90% 
gacha va ayrim davrlarda undan ham ko‘proq qismi 
shakllantiriladi. 
Bozor 
iqtisodiyoti 
rivojlangan 
xorijiy 
mamlakatlarda 
asosiy 
soliqlar 
hisoblangan 
jismoniy 
shaxslardan olinadigan daromad solig‘i, korporatsiyalarning 
foydasidan olinadigan soliq, aksizlar, qo‘shilgan qiymat solig‘i va 
bojxona bojlari davlat byudjetiga biriktirilgan. 
Davlat byudjetidan harbiy maqsadlarga mo‘ljallangan 
xarajatlar, iqtisodiyotga aralashuv xarajatlari, davlat apparatini 
saqlash xarajatlari, ijtimoiy xarajatlar, subsidiyalar amalga 
oshiriladi va rivojlanayotgan mamlakatlarga kreditlar taqdim 
etiladi. Bir vaqtning o‘zida, davlat byudjeti mahalliy hokimiyat 
organlariga, 
hukumat 
maxsus 
fondlariga 
va 
davlat 
korxonalariga subsidiyalar va kreditlar berish orqali mamlakat 
moliyaviy tizimning barcha bo‘g‘inlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar ko‘pchiligining davlat 
byudjetlari uchun doimiy ravishdagi byudjet defits
iti xos bo‘lib, u 
davlat zayomlari hisobidan qoplanadi. Davlat zayomlarining 
muomalaga chiqarilishi davlat qarzining o‘sishiga olib keladi. 
Davlat qarzi oldin chiqarilgan va hozirgi paytga qadar 
qaytarilmagan (uzilmagan) barcha davlat zayomlarining foizlari 
bilan qo‘shib hisoblagandagi umumiy summasidan iborat. 
Hududiy moliya yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy 
tizimning ikkinchi bo‘g‘inidir. Bu federativ davlatlarda federatsiya 
a’zolarining 
moliyasi 
va 
federatsiya 
a’zolari 
hamda 
munitsipalitetlarga 
tegi
shli bo‘lgan mahalliy byudjetlar, 
korxonalar moliyasidan iborat. 


Federatsiya a’zolarining daromadlari to‘g‘risidagi masala 
har bir mamlakatda o‘ziga xos tarzda yechiladi. Masalan, 
AQShda shtatlar byudjetlariga egri (bilvosita) soliqlar va eng 
avvalo, sotuv
dan olinadigan soliqlar biriktirilgan bo‘lsa, GFRda 
asosiy to‘g‘ri (bevosita) soliqlar bo‘yicha tushumlar – aholidan 
olinadigan daromad solig‘i va korporatsiyalardan olinadigan 
foyda solig‘i 50%:50% nisbatda federal byudjet va yerlarning 
byudjeti o‘rtasida bo‘linadi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar moliyaviy tizimning uchinchi 
bo‘g‘ini davlat krediti hisoblanadi. Bu bir tomondan, davlat va 
ikkinchi tomondan, yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasidagi kredit 
munosabatlaridan iborat bo‘lib, unga ko‘ra davlat va 
bo
shqaruvning mahalliy organlari, asosan, mablag‘larni qarzga 
oluvchilar sifatida maydonga chiqadi. Davlat zayomlari va 
mahalliy zayomlar, odatda, byudjet defitsiti mavjud bo‘lsa, ya’ni 
odatdagi daromadlar davlatning xarajatlarini qoplamasa 
muomalaga chiqariladi. 
Mahalliy byudjetlarga ikkinchi darajali ahamiyat kasb 
etuvchi soliqlar (asosan, mulkiy soliqlar) biriktirilgan. Ijtimoiy 
maqsadlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larning salmog‘i mahalliy 
byudjetlarda davlat byudjetiga nisbatan ancha yuqori. Bu 
byudjetla
r ham doimiy ravishda defitsitli bo‘lib, ular Davlat 
byudjetidan hukumat kafolati ostida subsidiya va kreditlar yo‘li 
bilan kerakli mablag‘larni oladi. 
Yetakchi xorijiy mamlakatlar davlat moliyasining muhim 
bo‘g‘inlaridan yana biri bu byudjetdan tashqari maqsadli 
fondlardir. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda eng yirik 
byudjetdan tashqari maxsus fondlarning orasida milliy sug‘urta 
fondlari alohida o‘rinni egallaydi. Bu fondlar korxona xodimlari 
va tadbirkorlarning sug‘urta badallari hamda davlat byudjetidan 
beriladigan dotatsiyalar hisobidan tashkil topadi. Milliy sug‘urta 
fondlarining mablag‘lari yosh, nogironlik va boquvchisini 
yo‘qotgan hollar bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga, vaqtinchalik 
mehnat qobiliyatini yo‘qotgani, homiladorligi, ishsizligi va h.k.lar 


bo‘yicha nafaqalar berishga sarf-lanadi. Bunda mablag‘larning 
asosiy qismi yosh bo‘yicha pensiyalarni to‘lashga yo‘naltiriladi. 
Barcha rivojlangan xorijiy mamlakatlarda pensiyaning miqdori 
ish haqi va to‘langan sug‘urta badallarining miqdoriga nisbatan 
belgilanadi. 
Masalan, AQShda pensiya ta’minoti tizimi 1935-yil qabul 
qilingan qonunga binoan joriy etilgan va bu tizim ba’zi bir 
o‘zgarishlar bilan hozirgacha amal qilib kelayapti. Pensiya 
ta’minoti tizimi doimiy band bo‘lgan yollanma xodimlar va o‘z-
o‘zi bilan band bo‘lgan shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Temir 
yo‘l tizimida, federal xizmatda, shtatlar va mahalliy hokimiyat 
organlarida xizmat qilganlar uchun pensiya ta’minotining 
maxsus tizimi amal qiladi. 
Pensiya ta’minoti tizimini moliyalashtirish manbai milliy 
sug‘urta fondi bo‘lib, bu fond AQSh federal byudjetining tarkibiga 
kiradi. 
Qarilik bo‘yicha pensiya 65 yoshdan (qisqartirilgan 
miqdorda 
– 62-64 yoshdan) boshlab to‘lanadi. Pensiyani olish 
uchun minimal darajadagi sug‘urta stajiga ega bo‘lmoq lozim, 
ya’ni 40 chorak – 10 yil davomida sug‘urta badallarini to‘lash 
kerak. 
Pensiyaning miqdori 22 yoshdan 62 yoshgacha sug‘urta 
qilingan shaxs tomonidan olingan ish haqining o‘rtacha 
miqdoriga nisbatan hisoblanadi (eng kam ish haqi olingan 5 yilni 
ch
egirgan holda). Pensiyaning o‘rtacha miqdori o‘rtacha 
maoshning 40% ini, past darajadagi daromadga ega bo‘lgan 
shaxslar uchun esa 60% ni tashkil etadi. 65-69 yoshlarda 
pensiya uchun murojaat qilinganda, ana shu narsani 
rag‘batlantirish uchun, pensiyaning miqdori har oyiga 0,5% ga , 
ya’ni yiliga 6% ga oshiriladi. Hayot qiymatining darajasiga 
muvofiq ravishda pensiya avtomatik ravishda indeksatsiya 
qilinadi. Pensionerning qaramog‘idagilar uchun qarilik 
pensiyasining 50% i miqdorida qo‘shimcha to‘lanadi. 


AQShda pensionerlar tekin tibbiy yordam, tekin dori-
darmon, oziq-ovqatning yirik paketi, 100 dollar chegarasigacha 
miqdori past kvartira haqi kabi qo‘shimcha imtiyozlarga ega. 
GFRda yangi pensiya tizimi 1992-yilning 1-yanvaridan joriy 
etilgan. Boshqa yetakchi xorijiy mamlakatlar singari bu yerda 
ham pensiyaning miqdori o‘rtacha ish haqi va to‘langan sug‘urta 
badallarning miqdoriga bog‘liq. Bu yerda davlat pensiya 
ta’minoti tizimi yetakchi rol o‘ynaydi. 
Italiyada pensiya islohoti 1995-
yilda o‘tkazilgan. Unga 
muvofiq o‘zgaruvchan pensiya yoshi joriy etilgan. 
Ispaniyada rasmiy ravishdagi pensiya yoshi 65 yil bo‘lsa-
da, haqiqatda uning darajasi 63 yilga teng. Chunki ispanlarning 
70%i qonunda ko‘zda tutilgan muddatdan oldinroq pensiyaga 
chiqadi.
Ayni davrda pensiya ta’minoti xarajatlari YaIMga nisbatan 
Ispaniyada 
– 7,5%, Avstriyada – 14,8%, Fransiyada – 11,8%, 
GFRda 
– 10,8%, Buyuk Britaniyada – 9,5%ni tashkil etadi.
Davlat korxonalari moliyasi yetakchi xorijiy davlatlar 
moliyaviy tizimning bo‘g‘inlaridan biri hisoblanadi. Bu korxonalar 
G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida Ikkinchi jahon urushidan so‘ng 
va 1945-1950-
yillarda temir yo‘l va havo transporti, energetika 
tarmog‘i va boshqa tarmoqlar korxonalarining milliylashtirilishi 
munosabati bilan ancha rivojlana boshladi. O‘sha paytlarda bu 
tarmoqlar texnikaviy jihatdan o‘ta qoloq va raqobatga chidamsiz 
edi. Ularni modernizatsiya qilish va yangilash juda katta 
miqdordagi mablag‘larni talab etdiki, bu mablag‘lar Davlat 
byudjeti, ya’ni soliq to‘lovchilar hisobidan ajratildi. Bu tarmoqlar 
modernizatsiya qilinganligi va texnikaviy jihatdan ilg‘or bo‘lishiga 
qaramasdan, moliyaviy jihatdan, ular hamon past rentabelli yoki 
zararga ishlaydigan bo‘lib qolaverishdi. Davlat korxonalari 
moliyaviy 
holati 
og‘irligining 
asosiy 
sababchisi 
ular 
mahsulotlariga 
nisbatan 
past 
baholar 
siyosatining 
yurgizilayotganligidir. 


O‘tgan asrning 80-yillarida yetakchi xorijiy mamlakatlar 
hukmron doiralarining yangi iqtisodiy va moliyaviy siyosatiga 
k
o‘ra ko‘pgina davlat tarmoqlari va korxonalari xususiylashtirildi 
va bu narsa davlat mulkining miqdorini keskin kamaytirdi. 

Yüklə 214,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin