Mavzu: Monopoliya va bozor modellari Reja



Yüklə 181,74 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix12.04.2023
ölçüsü181,74 Kb.
#96797
  1   2   3   4
Monopoliya va bozor modellari



Mavzu: Monopoliya va bozor modellari 
 
 
Reja: 
 
1. Monopoliya tushunchasi 
2. Bozorning asosiy modellari 
3. Aksmonopoliya siyosati 


 Monopoliya tushunchasi 
Bozor iqtisodiyotida monopoliya raqobatga qarshi kuch sharoitida paydo 
bo`ladi va u raqobat ta`siri sharoitini o`zgartiradi. 
Monopoliya — bu bozorda yuzaga keladigan iqtisodiy hodisa bo`lib, unda 
yirik sotuvchi yoki xaridorlar o`z iqtisodiy qudratiga suyanib, boshqa bozor 
ishtirokchilariga hukmlarini o`tkazadilar. Bunda monopolchilarning shaxsiy 
manfaatiga asoslangan, ularning foydasini ko`zlagan shartlar qolgan barcha uchun 
majburiy hisoblanadi. Bularga nisbatan boshqalar bozorga ta`sir o`tkazish kuchiga 
ega bo`lmay, o`z manfaatlarini ko`zlash imkonidan mahrum bo`ladilar. Taklif hajmi 
va bozordagi baho monopoliya tomonidan belgilanadi. 
Monopoliya holati firmalarga juda qo`l keladi. Chunki xaridorlarga qaram 
bo`lish, ularning didiga qarab ish tutish zaruratidan holi bo`linib, ularning talabiga 
zid ish ko`rish imkoni tug`iladi. Agarda xaridorlar majburiy qo`yilgan baholardan 
norozi bo`lsalar, monopolchi ishlab chiqarishni qisqartirib, savdoga chiqadigan 
tovar (xizmat)larni kamaytirishi mumkin. Bunda xaridorlarning mavjud yuqori 
bahoni tan olishdan boshqa iloji qolmaydi, albatta. Buning xaridorlarga qanday 
ta`sir etishi, kam xarajatli oilalarning ahvoli og`irlashuvi bilan monopoliyaning ishi 
bo`lmaydi. Monopolchilarni faqat bir narsa: yuqori foyda va katta daromad 
qiziqtiradi. 
Monopolcha bozorni boshqarishning turlicha foyda olish usullari mavjud 
bo`lishiga qaramay, ularning hammasi jamiyat uchun katta iqtisodiy zarar 
keltirishini insoniyat o`z tarixida ko`rib o`tdi. Bu haqida keyinroq so`z yuritamiz. 
Hozir tabiiy monopoliya haqida so`z yuritaylik. Jamiyatning normal talabiga mos 
keladigan monopoliyalar ham bo`ladi. Bularni, albatta, iqtisodiyot siqib 
chiqarmaydi va jamiyat ta`qiqlashni istamaydi. Masalan, firma noyob tovarlar 
ishlab chiqarsa, bunda eng yangi texnologiyani qo`llab, foydadan xoli bo`lmagan 
holda past narxlarda sotish usulini qo`llab bozorni egallasa, buning yomon tomoni 
yo`q. Tabiiy usulda yuzaga kelgan monopoliya qonuniy bo`lib, uni yo`q qilish 
maqsadga muvofiq emas yoki iqtisodiy foy-dadan xoli emas. 
Bunday monopoliyalar tabiiy boyliklardan foydalanish, transport, aloqa yoki 


kommunal xo`jalik tarmoqlarida bo`lishi mumkin. Masalan, juda noyob foydali 
qazilma uchun bitta shaxta etarli bo`lib, ikkinchi raqibning keragi yo`q. 
Shuningdek, aloqa shoxobchalari, gaz quvurlari kabilarni ko`rsatish mumkin. 
Tabiiy monopoliya shunday holatni taqozo etadiki, bunda ob`ektiv kuchlar 
(tabiiy yoki texnik) sababli tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko`rsatish bir firma 
qo`lida bo`lib, lekin bu jamiyat uchun foydali hisoblanadi. Buning oldini olib 
bo`lmaydi, hatto zaruriyati ham yo`q. Ammo narx-navo bu monopoliyalar uchun 
davlat tomonidan yoki mahalliy hokimiyat tomonidan belgilanish zaruriyati 
tug`iladi. 

Yüklə 181,74 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin