Oʻzbekistonda korrupsiya dinamikasi va buning sabablari
Korrupsiya qanday oʻlchanadi
Oʻzbekistondagi korrupsiya xavfi boʻlgan sohalar
Oʻzbekistonda korrupsiya dinamikasi va buning sabablari haqida. Uni qanday oʻlchash va u bilan qanday kurashish mumkin? Oʻzbekiston korrupsiyaga qarshi kurashda uzoq muddatli ijobiy dinamikani namoyish etuvchi 16 ta davlat qatoriga kiradi.
Korrupsiya konturlari va oqibatlari: Korrupsiya deganda, umumiy maʼnoda, shaxsiy boylik orttirish va shaxsiy manfaati yoʻlida shaxsga ishonib topshirilgan lavozimini qasddan va noqonuniy suiisteʼmol qilish tushuniladi.
Korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin.
Korrupsiya turli shakllarga ega: poraxoʻrlik, tovlamachilik, firibgarlik, mulkni oʻzlashtirish, fitna, hokimiyatni suisteʼmol qilish, xushomadgoʻylik, sovgʻa, qarindoshlik, homiylik va boshqalar.
Korrupsiyaning holatiga turli omillar: ijtimoiy va madaniy sharoit, institutsional va tashkiliy tuzilmalar, siyosiy muhit, shuningdek iqtisodiy va tarkibiy oʻzgarishlar siyosati ham taʼsir qiladi.
Yirik korrupsiya deganda, amaldagi davlat siyosatini yoʻqqa chiqaradigan, hukumat darajasida amalga oshiriladigan siyosiy va hukumat rahbarlariga xalq hisobidan manfaat koʻrishga imkon beradigan harakatlar tushuniladi.
Mayda korrupsiya deganda, odatda kasalxonalar, maktablar, militsiya boʻlimlari va boshqa joylarda asosiy xizmatlardan foydalanishga uringan oddiy fuqarolar bilan aloqa qilishda hokimiyatning quyi va oʻrta boʻgʻinlari mansabdor shaxslarining kundalik ishonchli vakolatlarini suiisteʼmol qilishlari tushuniladi.