Xolstni podramnikka tortish . Gruntlangan xolstni podramnikka tortishda uni namlamaslik kerak, chunki u quriganidan so`ng mayda yoriqlar hosil qilib,bo`yoqlarning bog`lovchilarini shimadi, bu esa bo`yoqlarning rangsizlanishigagina emas, balki ularni mustahkamligiga ham ta`sir qiladi.
Gruntlangan yoki toza xolst oldiniga podramnikni burchaklarga vaqtinchalik mix bilan koqib chiqiladi (- rasm ), keyin xolstning o`rta qismidagi iplari podramnikka parallel holga kelganidan so`ng koqib chiqiladi.
Shundan keyin mixlar podramnikni o`rtasidan tortib o`ng va chap tomonga qarab tortib chiqiladi.
Xolst mahkamlangandan so`ng podramnikni burchaklaridagi mixlar sugirib tashlanadi.Xolstni podramnikka tortish uchun maxsus qisqichlardan foydalaniladi. (Rasm) Xolstni qoqishda kichik va o`rtacha podramniklarga mixlarning oraligi 3-4 smdan, kattalari uchun esa 6-8 smdan qo`yiladi. Xolst konussimon mixlarda qoqiladi.
Retseptlar. 1. Bo`rli grunt.
Bir qism bo`r
Bir qism titanli yoki ruxli oq bo`yoq
Bir qism yelim (ilik suvda eritiladi .)
2. Yarim bo`r li grunt
Bir qism bo`r
Bir qism ruxli yoki titanli oq bo`yoq
Bir qism suvda eritilgan yelim.
Bir qism ilik suv.
Zig`ir moyli 1Ғ 2 qism lak.
3. Moyli grunt .
Bir qism bo`r
Bir qism ruxli yoki titanli oq bo`yoq
Ikki suvda eritilgan bir qism bo`r .
Zig`ir moyli lak.1-1,5qism.
4. Sun`iy smola yokidispersli grunt.
Bir qism bo`r
Bir qism titanli oq bo`yoq .(Ruxli oq bo`yoq ishlatish mumkin emas )