Mavzu: moybo`yoqlar bilan ishlashga tayyorgarlik ko`rish



Yüklə 48 Kb.
səhifə2/3
tarix30.11.2022
ölçüsü48 Kb.
#71369
1   2   3
BO\'YOQLAR BILAN ISHLASH VA TAYYORLASH

Rangli grunt.
Gruntning rangi kartinaning koloritiga juda katta ta`sir qiladi. Shu bilan birga bo`yoqlarni optik aralashtirishda hal qiluvchi rol uynaydi. Tonli grunt olish uchun kerakli pigment yokipinenda eritilgan moy bo`yoq qo`shish mumkin. Rangli yoki tonli gruntga qo`yilgan bo`yoqlar rangtasvirga chuqurlik,ta`surotlilik va to`yinganlik baxsh etadi.
Rangtasvir amaliyotida rassom oq, yorqin-kulrang, qizil, jigarrang, to`q -jigarrang va boshqa rangli va tonli gruntlardan foydalanadilar. Oq grunt yorug`likni to`liq aks ettiradi va buyeklarni intensivligini oshiradi.To`q rangli gruntlar yuqori, quyuq qatlamni qo`yganda chuqurlikni bera oladi. Ko`pincha rangli yoki tonli gruntlarning ba`zi bir joylari umuman chizilmasdan qoldiriladi yoki shaffof ranglar bilan qoplanadi. Rembrandt kul rang jilva beruvchi qora gruntda, Rubens qizil-jigarrang va umbra rangli, Levitskiy esa neytral yashil, Borovikovskiy neytral kulrang gruntdan, Bryullov esa yorkin-jigarrang. Aleksandr Ivanov esa yorqin oxra rangli gruntdan, Repin esa oq gruntdan foydalangan holda kartinalar yaratgan.
Karton uchun emulsion grunt tayyorlash
Karton oldin ikkala tomondan texnik jelatin yoki sifatli duradgorlik yelimi bilan yelimlanadi. Karton 4-5% li issiq yelim eritmasi bilan yelimlanadi. Yelim surtishdan oldin karton fanera yoki podramnikka mixlar bilan mahkamlanadi. Yelim keng cho`tka bilan surtiladi. Kartonning bir tomoni quriganidan so`ng ,ikkinchi tomoniga ham yelim surkaladi. Yelim quriganidan so`ng , emulsion grunt beriladi.
Tonli grunt olish uchun unga pigment qo`shish mumkin.
Masalan; yorqin oxra, qizil oxra va boshqalar.
Karton uchun emulsion grunt tayyorlash uchun bir oz suvga oldindan ruxli oq bo`yoq yoki bo`r va pigment yaxshilab aralashtiri-ladi (pigment rangli grunt olish uchun aralashtiriladi).
Oldindan tayyorlangan yelim suvda eritiladi, keyin bu eritmaga olif qo`shiladi va yelimli suv bilan yaxshilab aralashtiriladi. Olingan emulsiyaga suvda eritilgan oq bo`yoq yoki bo`r qo`shiladi va suyuqlik yaxshilab aralashtiriladi. Tayyorlangan aralashma qizdiriladi va oq bo`yoq yoki bo`r yelim bilan teng aralashishi uchun aralashtiriladi.
Shuni esda to`tish lozimki, oq bo`yoq o`rniga bo`r ishlatilsa emulsion gruntga xos bo`lgan xususiyat so`ruvchanlikni kuchaytiradi.
Bunda bo`yoqlardagi moyni so`rib olib, bo`yoqlarning mustahkamligini kamaytiradi, bog`lovchisini yo`qotgan moy bo`yoq ning rangi xiralashadi.
Kartonga emulsiyali grunt 2-3 martadan quritib surkaladi. Karton osib qo`yilgan holda quritilsa, hammayog`i teng quriydi.

Yüklə 48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin