Мавзу: Муҳит ва экологик омиллар



Yüklə 208 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2023
ölçüsü208 Kb.
#182886
1   2   3   4
10-mavzu.Biologik resurslarning ekologik funksiyalari (4) — копия — копия — копия — копия — копия

itolg‘ini saqlash va ko‘paytirish bilan shug‘ullandi. Buxoro va Navoiy viloyatlarida BAAdan «Emirates Centr for Conservation of Houbara» va «Emirates Birds Breeding» firmalari tomonidan yo‘rg‘a – tuvaloqni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar muvaffaqiyatli boshlandi.
  • 3.Hayvonlar migratsiyasi. O‘zbekistonda qushlar va sayg‘oqlar ko‘chib yuradigan turlar sanaladi. Qushlar uchib o‘tishiga, birinchi navbatda, ob-havo sharoitlari ta’sir ko‘rsatadi. Lekin qushlar dam olish yerlarining mavjudligi ham ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi.
  • O‘zbekiston Respublikasida atrof-muhit xolati va tabiiy manbalardan foydalanish to‘g‘risida ma’ruza Qoraqalpog‘istonda 1999 – 2000 yillarda havzalarni qurib qolishi uchib o‘tadigan qushlarning ommaviy dam olish joyi Buxoro viloyatiga ko‘chganligiga olib keldi.
  • Sayg‘oq Ustyurt platosida yashaydi. U Qozog‘istondan qishlash va ko‘payish uchun Qoraqalpog‘istonning Ustyurtiga mavsumiy ko‘chib o‘tadi. Qushlardan farqli ravishda sayg‘oqlar yerdan yurib ko‘chadi va muvaffaqiyatli migratsiyasi uchun birorta to‘sqinlik (mashinalar tez yuradigan yo‘llar, kanallar, to‘siqlar va hokazolar) bo‘lmasligi kerak.
  • Ko‘chib yuradigan hayvon turlarini saqlab qolish maqsadida O‘zbekiston 1998 yilda Bonn konvensiyasi (CMS) va bu konvensiya doirasida qator bitimlar va memorandumlar imzoladi. Suvda suzuvchi qushlar yashash joylarini muhofaza qilish (Ramsar) konvensiyasi imzolandi. Bu O‘zbekistonga katta mas’uliyat yuklaydi va ularni bajarish bo‘yicha aniq choralarni qabul qilishni talab qiladi. Masalan, Ramsar konvensiyasiga muvofiq uni imzolagan taraflar suv-botqoqlik yerlarini saqlab qolish bo‘yicha choralar ko‘rishlari shart.
  • Amalda esa suv oqimi cheklanganligi tufayli suvda suzuvchi qushlarning eng ko‘pi qishlaydigan, Xalqaro suv-botqolik yerlari ro‘yxatiga kirgan Dengizko‘l ko‘li qurimoqda. Bonn Konvensiyasi va Sayga (Saiga tatarica tatarica) antilopasini saqlab qolish, tiklash va barqaror foydalanish bo‘yicha hamjihatlik haqidagi Memorandumga muvofiq taraflar sayg‘oqlarni saqlab qolish bo‘yicha chora–tadbirlar ko‘rishga majburlar. Amalda esa muhofaza bo‘lmaganligi sababli Ustyurtdagi sayg‘oqlar populyasiyasi deyarli yo‘qoldi.
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin