Mulk huquqlari nazariyasi va mulkchilik shakllarining rivojlanish evolyutsiyasi.
Mulkni egallash huquqi –Mulkni qo`lda yoki unga nisbatan o`z huquqlarini amalga oshiradiga imkon beruvchi biron joyda saqlab turishga aytiladi. Birovning o`g`irlatgan yoki yo`qotggan mulkini qo`lda saqlashga qonunsiz egallash deb aytiladi.
Mulkdan foydalanish huquqi-Mulkning foydali xususiyatlarini olishga, mulkdan iqtisodiy maqsadlarda foydalanishga tushunamiz. Mulkdan foydalanish huquqi, mulkni egalik qilish huquqi bilan uzviy ravishda bog`liqdir.Negaki mulkka egalik qilmay turib, undan foydalanib bo`lmaydi. Ya'ni xalq ta'biri bilan aytganda, yo`q narsadan bor qilib bo`lmaydi. O`zganinig mulkidan kelishuvsiz, qonunda ko`rsatilmagan tartibda foydalanilsa, noqonuniy foydalanish deb topiladi.