Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o’tishidir.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko’zda tutadi. U bir qator yo’llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo’yicha fuqarolarga be’ul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini aukstionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo’lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini be’ul bo’lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini be’ul bo’lib berish hamda sotishni uyg’unlashtirish orqali xususiylashtirish.
Bu sanab o’tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-chizma orqali ifodalash mumkin.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko’rsatib o’tilgan yo’llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog’liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali be’ul taqsimlash usuli qo’llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko’zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g’oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag’batlantirish ko’zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o’rtasida o’tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan ka’italning kirib kelishiga, yo’l ochishi zarur bo’lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga ustuvorlik berish boshqa usullarni qo’llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo’llash zarurligini bildiradi. Masalan, korxona jamoasiga ustunlik berilib, davlat mulkini akstiyalashtirish, bu akstiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el ka’italining ishtirok etishi ham bo’lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab ‘ulli, ‘ulsiz yoki imtiyozli tarzda o’tkaziladi. O’z shakli va usulidan qat’iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta’minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi.
Давлат мулкини хусусийлаштиришнинг усуллари
Мулкни бепул бўлиб бериш орқали хусусийлаштириш
Мулкни сотиш орқали хусусийлаштириш
Меҳнат жамоаларига бепул топшириш
Меҳнат жамоаларига сотиш
Барча жамият аъзоларига бепул бўлиб бериш
Барча жамият аъзоларига сотиш
Ким ошди савдосида фуқароларга ёки юридик шахсларга сотиш
Аҳолининг айрим ижтимоий єатламларига бепул бериш
Корхоналарни кейинчалик меҳнат жамоалари томонидан сотиб олиниши шарти билан ижарага бериш
Ҳар бир жамият аъзосининг давлат мулкини ҳосил қилишдаги иштироки, яъни қўшган ҳиссасига қараб бўлиб бериш
Фойда келтирмаётган корхонани меҳнат жамоасига бўлиб бериш
Чет эл фирмалари ва фуқароларига ташқи қарзни узиш эвазига бериш ёки сотиш
Мулкни бепул бўлиб бериш ҳамда сотиш усулларини уйғунлаштириш орқали хусусийлаштириш
2-jadval5 Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to’sqinlik qilayotgan davlatning mono’ol hukmronligiga chek qo’yib, jamiyatda faollik ko’rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo’l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo’llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada haqiqiy egalari -fuqarolarga berish demakdir. Ko’’incha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo’lib berib bo’lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega bo’lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o’z zimmasiga olavermaydi.
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor, xususiylashtirish yo’li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to’laroq foydalanish va ular yo’l qo’ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko’lami dasturini ishlab chiqarish zarur.
Xuquqiy jihatdan xususiylashtirilgan barcha korxonalarga erkin iqtisodiy xo’jalik yuritish huquqi berilishi va davlat sektori bilan teng imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak. Davlat sektoriga nisbatan bu korxonalarga soliqlarni birmuncha kamaytirish va ayrimlarini ma’lum muddatga soliqdan ozod qilish zarur.
Xususiylashtirish natijasida aholi orasida ijtimoiy jihatdan tabaqalanish yuz beradi va kishilarning bajargan ishiga qarab oladigan haqi turlicha bo’lib, aholining daromadlarida ham tabaqalanish yuz beradi. Kishilar turli sohalarda, masalan biznesda turli shakllardagi mulkka ega bo’lib, akstiya sotib olish va korxona mulkida o’z hissalarini oshirib borishga harakat qiladilar.
Xususiylashtirish orqali korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, ma’lum jamoa va shaxslarga sotilgandan keyin faoliyatlarini bozorning shafqatsiz raqobat qonunlari asosida tashkil etadi. Bozor korxonalarining yashovchanligini va ularni doimo raqobat kurashida o’z manfaatlarini himoya qilishga majbur etadi. Mabodo korxona raqobat kurashiga dosh berolmay sinsa, oldingi davrdagidek davlat byudjetidan mablag’ hisobiga uni saqlab qolish hollariga xususiylashtirish orqali barham beriladi.
Xususiylashtirish mulkning bir shaklidan ikkinchi shakliga o’tishni aks ettirmasligi kerak, balki xususiylashtirish oldiga qo’yilgan vazifa katta bo’lib, ya’ni xususiylashtirish orqali avvalo barcha sohani o’z qaramog’ida turli uslublar orqali birlashtirib turgan davlat hukmronligini iqtisoddan ajratish uchun bir qancha tadbirlarni ishlab chiqish kerak bo’ladi.
Davlat korxonalarini xususiylashtirish bu mulkchilikning rivojlanishiga, uning yangi bosqichiga o’tishiga bo’lgan talabidan kelib chiqadigan bir jarayondir. Xususiylashtirishning rivojlanishini ta’minlaydigan muhim omillardan biri - bu ishlab chiqaruvchilar hamda tadbirkorlarning tashabbusi, ularning ishlab chiqarishdagi faolligi hamda ishbilarmonligidir. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida hokimiyat va ishlab chiqarish sohalariga yangi ishbilarmonlar, aholining faol qismi jalb etiladi va mulkiy munosabatlarni rivojlantirishdan hamda mulk shakllarini takomillashtirishdan aholining shu qismi manfaatdorgina bo’lib qolmay, balki o’rta va quyi ijtimoiy qatlamni ham mulkiy munosabatlarni takomillashtirishdan manfaatdor qiladi.
Davlat mulkini xususiylashtirish siyosati mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini, mahalliy va milliy sharoitlarni, urf-odatlarni hisobga olgan holda olib borilishini ko’zda tutadi.
Davlatlashtirishdan qaytishning muhim yo’nalishlari bu ijara munosabatlarini rivojlantirish va akstionerlik mulkini shakllantirish hisoblanadi. Bu jarayon ma’lum tadbirlarga rioya qilingan holda olib borilishi lozim, bu avvalo, ixtiyoriylik asosida, oshkoralik hamda jamoatchilikning umum ishtirokida amalga oshirilib, u mehnat jamoalarining iqtisodiy manfaatiga, davlat manfaatlariga ‘utur etkazmasligi, shu bilan birga iste’molchilar manfaatlariga ham zid bo’lmasligi zarur. Bu holda mahsulot hajmi, sifati va mehnat unumdorligini oshirish, ishlab chiqarishni boshqarishni yaxshi tashkil etish, mavjud moddiy texnika, moliyaviy va mehnat resurslaridan, fan va texnika yutuqlari, yangi texnologiyadan samarali foydalanish, tovar ishlab chiqarishni ko’’aytirish hisobiga bozorda narxlarning ‘asayishiga erishish yo’li bilan aholining moddiy farovonligining oshishiga erishish talab etiladi.
Mamlakatimizda amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayonining o’ziga xos jihati – bu uning bosqichma-bosqich olib borilganligidir (4-chizma).
O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutstion tarzda e’tirof etildi va davlat mulki mono’olizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko’’ ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo’yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror to’ishi uchun teng huquqiy normalar va amal qilish mexanizmlari yaratildi6.
O’zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishga yondoshuvning muhim xususiyati - uni dasturlar asosida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993 yillar xususiylashtirishning
Dostları ilə paylaş: |