Mazmun-maqsadlari va vositalariga ko‘ra muloqotni bir nechta turlarga bo‘lish mumkin. Mazmuniga ko‘ra, u moddiy (faoliyat jismlari va mahsulotlari almashinuvi), kognitiv (bilimlar almashinuvi), konditsiv (ruhiy va jismoniy holatlar almashinuvi), motivatsion (xohishlar, maqsadlar, qiziqishlar, motivlar, ehtiyojlar almashinuvi), faoliyatli (harakatlar, muolajalar, malakalar, ko‘nikmalar almashinuvi) bo‘lishi mumkin.

Maqsadlariga ko‘ra,muloqot xizmat ko‘rsatish ehtiyojlariga muvofiq holda biologik va ijtimoiy turlarga bo‘linadi. Biologik – bu organizmni mustahkamlash, muhofazalash va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan muloqot. U asosiy hayotiy ehtiyojlarni qondirish bilan bog‘liq. Ijtimoiy muloqot maqsadlari shaxslararo aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash, individ shaxsiy kamolotining interxususiy munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirishdan iborat. Biologik va ijtimoiy ehtiyojlarni nechta turga ajratish mumkin bo‘lsa, muloqotning ham shuncha xususiy maqsadlari bo‘lishi mumkin.