Mavzu: Muloqotning komunikativ tomoni: muomala -axborot almashish



Yüklə 339 Kb.
tarix27.09.2023
ölçüsü339 Kb.
#149614
Muloqot

Mavzu: Muloqotning komunikativ tomoni:muomala -axborot almashish

  • Fanning nomi: Ijtimoiy psixologiya
  • Tayyorladi: 22.02 guruh Nigmonova Dilorom
  • REJA:
  • 1.Muloqot va ularning turlari haqida tushuncha.
  • 2.Axborot almashish va muloqot.
  • 3.Muloqot shaxslararo ta`sir ko`rsatish.
  • Muloqotodamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi.
  • Muloqot murakkab jarayondir. Uning tuzilishi quyidagicha:
  • Interaktiv
  • Kommunikativ
  • Perseptiv
  • Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi
  • axborot almashinuvidan iborat
  • Interaktiv jihati muloqot ishtirokchilarining
  • o'zaro ta’sirlashuvidan iborat
  • Perseptiv tomoni esa muloqot ishtirokchilarining muloqot jarayonida bir-birini idrok etishi va bilishidan iborat.
  • Mulokotning kommunikativ tomonishaxslararo axborotlar, bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til.
  • Yozma-ogzaki, monologik-dialogik nutq.
  • Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir-birlariga bulgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi-o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi.
  • Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo`lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so`zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko`z qarashlar, to`xtashlar ifodalari va hokazo.
  • Muloqotning interaktiv tomonibirgalikdagi
  • faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining bir-biriga ta’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta, bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o'zaro ta’sir birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi.
  • Birgalikdagi faoliyatning uch xil modeli mavjud:
  • 1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari).
  • 2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish).
  • 3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish).
  • Muloqotning perseptiv - tomoni kishini kishi tomonidan idrok qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilami tushunibolish bilan kishi suhbatdosh bilan bo'ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini aniqroq belgilab oladi.
  • Birgalikdagi faoiiyatning muvaffaqiyatli ro'y berishi ko'p jihatdan kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok
  • etayotgani, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday tasavvurlar shakllanayotganligiga bog'liq.
  • Bu esa muloqotning perseptivtomonini o'rganish zaruriyatini vujudga keltiradi. Kishilaming birbirini idrok etish jarayoni muloqotning ajralmas qismi bo'lib, u muloqotning perseptiv tomonini tashkil etadi. Insonning inson tomonidan idrok etilishi «ijtimoiy persepsiya» deyiladi.
  • Odamlarda samarali muomala o`rnatish malakalarini tasodifiy ravishda tarkib topadi yoki ta’limning yordamchi maxsuli sifatida yuz beradi. Katta maktab yoshidagi o`quvchilar xulq - atvori qoidalariga bag`ishlangan ommabop adabiyotlarni o`qir ekan, muloqot madaniyatining ba’zi jihatlari bilan tanishadi. Lekin muomala malakalarini maxsus o`rgatilishi alohida bir vazifa bo`lib pedagog uchun uning qanchalik muhim ekanligini trening, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi. Sotsial psixologik trenining, ya’ni muomalaning mashq qilinishi bu vazifaning hal etish yo`llaridan biri sifatida namoyon bo`ladi.
  • Sotsial psixologik trenining mazmunan ikki xil vazifani: 1. Muomalaning va shu jumladan pedagogik muomalaning umumiy qonuniyatlarini. 2. Pedagogik kommunikatsiyaning texnologiyasini egallash, ya’ni professional pedagogik muomala va malakalari shakllanishini o`z ichiga oladi. Psixologik pedagogik trenining shakllaridan yana biri tipik pedagogik vaziyatlarining misol uchun imtihonlarni modellashtiruvchi amaliy o`yinlari. Muomala trening, ya’ni muomalani mashq qilish o`qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish sistemasida pedagogik ishning yangi shakli bo`lib, pedagogik ta’lim uchun juda istiqbolli hisoblanadi.

Yüklə 339 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin