1. Multimediyaning asosiy tushunchalari
Multimedia vositalarining 1981 yildagi yalpi oboroti 4 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 1994 yili esa 16 mlrd. AQSh dollarini tashkil kildi. X,ozirgi kunda esa sotilayotgan har bir komp'yuterni multimedia vositalarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Kompyuterlarning 70-yillarda ta'lim soxasida keng qo’llash yo’lida urinishlar zoye ketganligi, avvalombor, ular unumdorligining nixoyatda pastligi bilan bog’liq edi. Amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimedia ' vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish ikki barobar unumlidir va vaqtdan yo’tish mumkin. Multimedia vositalari asosida bilim olishda 30 % gacha vaqtni tejash mumkin bo’lib, olingan bilimlar esa xotirada o’zoq muddat saqlanib qoladi. Agar o’quvchilar berilayotgan materiallarni ko’rish (video) asosida qabul qilsa, axborotni xotirada saqlab qolinishi 25-30 % oshadi. Bunga qo’shimcha sifatida o’quv materiallari audio, video va grafika ko’rinishda mujassamlashgan holda berilsa, materiallarni xotirada saqlab kolish 75 % ortadi. Bunga biz multimedia vositalari asosida chet tillarini o’rganish jarayenida yana bir bor ishonch xosil qildik.
Multimedia vositalari asosida o’quvchilarni o’qitish quyidagi afzalliklarga ega:
a) berilayotgan materiallarni chuqurroq, va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyati bor;
b) ta'lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqi yanada ortadi:
v) ta'lim olish vaqtining qisqarish natijasida, vaqtni tejash imkoniyatiga erishish;
g) olingan bilimlar kishi xotirasida o’zoq muddat saqlanib, kerak bo’lgandaamaliyotda qo’llash imkoniyatiga erishiladi.
Shuni aytib o’tish kerakki, kadrlarni qayta tayyorlash yo’lida Jaxon Valyuta Fondi, Umumjaxon banki, Yevropa Ittifoki komissiyasi kabi nufo’zli tashkilotlar katta tajribaga egadirlar.Biz bunga, ushbu tashkilotlar tomonidan tashkil qilingan seminar va konferensiyalarning ishtirokchisi sifatida yana bir bor ishonch xosil qildik. Avvalombor, o’quv jarayonida zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan foydalanish taxsinga sazovordir.
O’z o’rnida, multimedia vositalaridan keng foydalanish yo’lida ayrim ob'yektiv muammolar ham mavjud. Bulardan eng asosiysi - o’quvchilar uchun kerak bo’lgan o’quv materiallarini, qonunlarni va boshqa ko’rsatmalarni qo’llanma qilib kompyuter dasturlarini ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqilgan kompyuter dasturlarida multimedia elementlarini qo’llash esa, kompakt disklarni (lazer disklari) qo’llashni talab qiladi. Xozirgi kunda bunday ko’rinishdagi kompakt disklarni respublikamizda ishlab chiqarish imkoniyati yo’qdir. Bular ma'lum bir miqdordagi mablag’ni oldindan jalb etishni talab qiladi.
Bizning fikrimizcha, zamonaviy kompyuter texnologiyalaridan o’quvchilarga ta'lim berish va qayta tayyorlash jarayonida keng foydalanish, kelajakda yetuk va yuqori malakali mutaxassislarni kamol toptiradi.
2. Distant uslubi asosida o’quvchilarni o’qitish xozirgi kunning eng rivojlanib borayotgan yo’nalishlaridan bo’lib, o’qituvchi bilan o’quvchilar ma'lum bir masofada joylashgan holda ta'lim berish tizimidir. O’qituvchi va o’quvchining ma'lum bir masofada joylashganligi, o’qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sputnik aloqasi, kabel televideniyesi kabi vositalar asosida o’quv ishlarini tashkil qilishini talab qiladi. Zamonaviy kompyuter texnologiyalarining tez rivojlanib borishi, ayniqsa, axborotlarni o’zatish kanallarini rivojlanishi telekommunikatsiya sohasiga o’ziga xos tarixiy o’zgarishlar kiritmoqda. Mamlakatimizdagi barcha o’quv yurtlarini va biznes bilan shug’ullanayotgan kompaniyalarni distant uslubi asosida birlashtirilsa, o’qitish jarayonini va tijorat ishlarini yanada yuqori pog’onaga olib chiqadi.
Distant uslubi asosida o’qitish quyidagi texnologiyalarni o’z ichiga oladi:
Interaktiv texnologiyalar:
- audiokonferensiyalar ;
- videokonferensiyalar ;
- ish stolidagi videokonferensiyalar ;
- elektron konferensiyalar ;
- ovoz kommunikatsiyalari ;
- ikki tomonlama sputnik aloqa ;
- virtual borliq ;
N ointeraktiv texnologiyalar:
- bosib chiqarilgan materiallar;
- audiokassetalar;
- videokassetalar;
- bir tomonlama sputnik aloqa;
- televizion va radio ko’rsatuvlari;
- disketa va CD-ROM lar.
Avvalombor, distant uslubi asosida o’qitish, jugrofiy jihatdan o’zoqda joylashgan maktablar va akademik ta'lim uchun mo’ljallangan edi. Lekin, zamonaviy axborbtlar va telekommunikatsion texnologiyalarining rivojlanishi tabiiy ta'lim-tarbiya jarayonini o’zoq masofadan turib amalga oshirishga yo’l ochib berdi. Natijada distant uslubi asosida o’qitish, tez vaqt ichida ko’pgina maktablarda, tijoratchilar ichida va ishlab chiqarish korxonalarida keng qo’llanila boshladi va o’qitishda yangi uslublarni qo’llashga yana bir turtki bo’ldi. Distant uslubi asosida o’qitishning Xalqaro kengashining tahlillari shuni ko’rsatmoqdaki, xozirgi kunda jahonda 10 milliondan ortiq talabalar shu uslub asosida ta'lim olishmoqda. AQSH da shu uslub asosida o’qitish maqsadida yangi o’quv markazlari barpo etilmoqda. Shunday qilib, ular milliy kadrlarni zamon talabi asosida tayyorlash va qayta tayyorlash uchun olga qadam qo’yishmoqda.
Distant uslubining qo’yidagi afzalliklari mavjuddir:
a) o’qitishning ijodiy muxiti
. Mavjud ko’pgina uslublar asosida o’qituvchi ilm tolibini o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif qilinayotgan distant metodi asosida esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo’lgan ma'lumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta'minlaydi va o’z o’rnida bunday mexnat ta'lim olishni rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta'lim berish - boshlangich, o’rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi inspektorlar o’zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo’lishi mumkin.
v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta'lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan xam ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta'lim olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni tayyorlashda judayam katta ro’l o’ynamoqda, ya'ni jug’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm opishi mumkindir.
g) o’qitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar shuni ko’rsatmokdaki, distant uslubi asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta'lim olish universitet tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta'lim olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi - ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta'minlanishidir. Ta'lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan xoli bo’lishi kerakdir. Distant uslubi asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak, soliq, inspektorlari INTERNET turi orqali jaxon bo’yicha sayyohat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ta'lim berish uslubining o’zgarishi bilan uning shakllari ham o’zgarishi shartdir.Xozirgi kunda to’g’ridan-to’g’ri INTERNET tarmog’ig’a kirish xizmati distant uslubi asosida ta'lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferensiyalari va ma'lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o’z ichida INTERNET tarmog’iga kirishning uchta asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydalanuvchining interfeysini (muloqoti) yanada takomillashtirishga yordam beradi. Masalan, maltikast texnologiyalarining, konferensiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining mavjudligi INTERNET tarmog’i orqali video-konferensiyalarni yulga qo’yishga imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq o’quvchilarning distant uslubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.
Bugungi kunda matnlar va matematik formulalarni qayta ishlash uchun odatiy tusga aylangan tovush va tasvirning kompyuterli qayta ishlash imkoniyatining paydo bo’lishi, shubxasiz, butun insoniyat faoliyatiga ta'sir ko’rsatadi.
Dostları ilə paylaş: |