Mavzu Murakkab masalalarni yechishda axborot rexnologiyalaridan-fayllar.org
Kompyuter ekranida sodir bo‘layotgan hodisalarni o‘quvchi ko‘rib va eshitib, fikrlash orqali bilishga intiladi. O’quvchi sezgi organlari yordamida monitorda sodir bo‘layotgan voqea va hodisalarni idrok eta boshlaydi. Chunki monitorda ularning xossa va xususiyatlari aks ettiriladi. U dastavval hissiy bilish orqali ekrandagi hodisa va voqealarni (bir necha bor kuzatib) bir – biridan alohida holda o‘z ongida aks ettiradi.
Shu sababli narsa va hodisalar o‘rtasidagi bog‘lanishni nazardan chetda qoldiradi. Masalan ekranda biror predmetning, geometrik chizmalarning, yoki hodisalarning namoyish etilishi bilan o‘quvchi ushbu tasvirlarning mohiyatiga etibor qaratmasligi mumkin. Boshqa hodisalarning yuzaga kelish jarayonlari, kechishi, boshqa predmetlar bilan aloqadorligi kabilar bilan tushuntirilganda, va bir necha bor kuzatganidan so‘ng, hissiy bilishdan aqliy bilishga o‘tib, masalaning mohiyatiga e'tibor bera boshlaydi.

O‘quvchining ekranda sodir bo‘layotgan voqea, hodisalarni tahlil etish va sintez qilishi juda muhim ahamiyatga ega. Analiz va sintez o‘quvchining bilish jarayonini tezlatadi. Analiz – sintez murakkab ob'ektlarni oddiy elementlarga, muhim va nomuhimlarga, voqea va hodisalarni turkumlarga ajratish shartlaridan biridir. Tahlil etishdan asosiy maqsad qism (element) larni butun (shakl, jism) ning unsurlari sifatida bilish, ular o‘rtasidagi aloqa va qonuniyatlarni aniqlashdan iborat.