Mavzu: Musiqa fanlarini o’qitishda zamonaviy yondashuv va innovatsion texnologiyardan foydalanish. Reja



Yüklə 49,56 Kb.
səhifə6/7
tarix04.07.2022
ölçüsü49,56 Kb.
#62628
1   2   3   4   5   6   7
musiqa texnologiyalari norova

Modulning tushuntirish xati. Ushbu xat taviyalar ko’rinishida bo’lib, pedagog shaxsiga yo’naltirilgan. Unda pedagogga qo’shimcha tavsiyalar, baholash jarayonini olib borishning yangi imkoniyatlari, qo’llash mumkin bo’lgan usullarga tavsif beriladi. Proyekt, portfolio kabi usullardan ham foydalanish mumkin.

  • O’quv materiali.

    O’quv materiali axborot matnini va didaktik vositalarni o’zida aks ettiradi. Axborot matnida adabiyotlar, ilovalar va havolalar o’z aksini topadi. Qaytar aloqani amalga oshirish uchun axborotni ishlab chiqishda joriy nazorat uchun topshiriqlar va ularni ishlab chiqish namunalarini kiritish tavsiya etiladi. Axborot materiali tushunarli, lo’nda va ko’rgazmali bo’lishi lozim.
    Modulli ta’lim individual yondashuv vositasidir. Talaba mustaqil ravishda yoki pedagogning ma’lum maslahatlaridan foydalangan holda qo’yilgan didaktik maqsadga erishadi.O’qituvchi va talaba o’rtasida hamkorlik munosabatlari o’rnatiladi. O’qituvchiga o’zlashtirish jarayonini to’g’ri baholab borish, talabaning mustaqil faoliyatini samarali tashkil etish, uning taraqqiyotini kuzatib borishek mas’uliyat yuklatiladi. Talaba faoliyatini samarasini baholash, o’z vaqtida korrektivlar kiritib turish lozim.
    Modulni tarkibiy qismlari:
    1. Modulni nomi.
    2. Modulni o’zlashtirishdan maqsad.
    3. Modul bilan ishlash uchun metodik tavsiyalar.
    4. Nazariy axborot banki va tayanch tushunchalar.
    5.Seminar, amaliy va labarotoriya ishlarining mazmuni, topshiriqlar va ularni bajarishga yordam beruvchi tavsiyalar.
    6. Joriy nazorat topshiriqlari.
    7. Individual holda bajariladigan mustaqil topshiriqlar.
    8. Yozma nazorat variantlari.
    9. O’z-o’zini tekshirish uchun savollar.
    10. Talaba yig’ishi mumkin bo’lgan reyting ballari.
    Xulosa qilib aytganda, modulli yondashuvning maqsadi - axborotni o’zlashtirish, idrok etilgan axborotni mustaqil tahlil qilish, o’z mustaqil fikrlarini bildirishni taqazo etuvchi va qisqa muddatda optimal usullar yordamida belgilangan maqsadlarga erishishdir2.
    Modulli ta’lim yuqorida aytib o’tilganidek “subyekt-subyekt” munosabatlariga qurilgan. Shu sababali talabalarning mustaqil faoliyatiga katta e’tibor qaratiladi. Talaba mustaqil faoliyatini samarali bo’lishi uchun pedagogdan turli xildagi maslahatlar tizimi talab qilinadi. Shu sababli xorij tajribasida pedagogik yordamning turli ko’rinishlari takomillashib bordi va bugungi kunda pedagogik faoliyatiga ko’ra bir qancha tushunchalar kelib chiqishiga sabab bo’ldi. Ulardan ba’zilarini ko’rib chiqamiz.
    Tyuter - ( lot. tutorem – maslahatchi) faoliyati talabalarga o’quv jarayoniga moslashish, vujudga keluvchi ayrim savollarga javob topishga yordamlashishga qaratilgan.
    Edvayzer- (advisor - qadimgi fransuz so’zi “avisen”, “o’ylamoq” so’zidan olingan ) individual holda diplom ishi, kurs ishini ishlab chiqish, ilmiy-tadqiqot olib borish, individual dasturlarni ishlab chiqish jarayonida maslahatchidir.

    Yüklə 49,56 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6   7




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin