Mavzu: Musiqa fanlarini o’qitishda zamonaviy yondashuv va innovatsion texnologiyardan foydalanish. Reja


Modul bir necha bloklardan iborat bo’lishi mumkin



Yüklə 49,56 Kb.
səhifə3/7
tarix04.07.2022
ölçüsü49,56 Kb.
#62628
1   2   3   4   5   6   7
musiqa texnologiyalari norova

Modul bir necha bloklardan iborat bo’lishi mumkin:

  1. Blok. Kirish nazorati- yangi mavzuni o’rganish uchun mavjud bazaviy va qoldiq bilimlarni tekshirishga qaratilgan.

  2. Blok. Nazariy blok. Mavzuning har bir mantiqiy bo’lagi uchun tuzilgan axborot va ko’rgazmali materiallardan iborat (Axborot rasm, diagramma, sxemalarda to’liq ko’rsatilishi maqsadga muvofiq).

  3. Blok. Nazariy axborotni har bir bo’lagini talabalar bilan birgalikda tahlil etishga qaratilgan.

  4. Blok.Amaliy blok. Nazariy bilimlar asosida talabalarning amaliy faoliyatini tashkil etish.

  5. Blok. Chuqurlashib boruvchi blok. Mavzuga oid soha bo’yicha murakkab topshiriqlarni bajarish.

  6. Blok. Nazorat bloki. Bajarilgan topshiriqlarni nazorat qilish.

  7. Blok. Nazorat natijalarini tahlil etish. Umumiy yo’l qo’yilgan hatoliklarni aniqlash va tahlil qilish.

  8. Blok. Chiqish nazorati. Mavzu bo’yicha belgilangan topshiriqlarni bajarish va topshirish.

Modulli yondashuv tamoyillari:

  • Modullilik

  • Mazmunni strukturalashtirish

  • Dinamik harakatni ta’minlash (soddadan-msurakkabga)

  • Faoliyatlilik

  • Moslashuvchanlik (gibkost)

  • Natijalarni oldindan aniqlash

  • Maslahatlarning turli-tumanligini ta’minlash.

Modul turlari:

  • Nazariy modullar (Nazariy bilimlarni shakllantirishga yo’naltirilgan modullar).

  • Amaliy modullar (Amaliy ko’nikmalarni va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan modullar).

  • Texnologik yoki aralash modullar (nazariy bilim, amaliy kunikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan modullar).

Modulning tarkibiy qismlari.
Modul dastur kompleks didaktik maqsaddan (KDM) va bu maqsadga erishishga xizmat qiluvchi modul bloklari yig’indisidan iborat.
Modul dasturini ishlab chiqish uchun asosiy g’oyalarni ajaratib olish va blok-modullarda strukturalashtirish, so’ngra kompleks didaktik maqsadlarni shakllantirish talab etiladi. Kompleks didaktik maqsadlar modul-bloklarining maqsadlariga, ya’ni integrativ didaktik maqsadlarga (IDM) va xususiy didaktik maqsadlarga (XDM) bo’linadi, uni esa o’z navbatida o’quv elementlari tashkil etadi.
Modul dasturlarning maqsadi albatta malakali mutaxassisni yetishtirishga xizmat qiladi. Modul dasturning maqsadini tuzishda ana shu mutaxassisga qanday talabalar tizimi qo’yilayotgan ekanini aniqlab olishdan boshlanadi. Bugungi kunda Rossiyada mutaxassisga qo’yiladigan umumiy talabalar tizimi o’rganilib ularni uch asosiy guruhga ajratilmoqda. Mutaxassisni kompententligini aniqlovchi kriteriylarni quyidagi kategoriyalarga bo’lish mumkin

Yüklə 49,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin