* Instrumental kompentensiyalar: -analiz va sintez qobiliyatiga ega bo’lish;
-rejalashtirish va tashkil etish qobiliyati;
-umuiy bazaviy bilimlarga ega ekanligi;
-mutaxassislik bo’yicha bazaviy bilimlarni egallaganligi;
-ona tilida bemalol muloqatga kirisha olish;
-axborot texnologiyalaridan foydalan olish malakalari;
-axborot materiali bilan ishlash qobilyati;
-muammolarni yechish qobiliyati;
- Qarorlar qabul qilish qobiliyati.
*Komunikativ kompententlik: - tanqid va o’z-o’zini tanqid qila olish;
-gruhda faoliyat ko’rsataolish;-o’zaro muloqatga kirisha olish;
-axloqiy qadriyatlarni tan olish;
-turli xalqlar madaniyatiga xurmat bilan qarash;
-boshqa yo’nalishda faoliyat yurituvchi ekspertlar bilan munosabatga kirisha olish.
*Tizimli kompententlik: -bilimlarini amalda tizimli ravishda qo’llay olish;
-tadqiqot olib borish;
-yangi o’aroitga moslashish;
-ijod qilish;
-liderlik qobiliyatini o’stirib borish;
-individual holda faoliyat yuritish qobiliyati;
-loyihalarni ishlab chiqish va ularni boshqarish;
-tadbirkorlik va yangi g’oyalarni ilgari surish;
- masuliyatlilik;
-muvaffaqiyatga erishish motivining rivojlanganligi1.
Tanlangan mutaxassislik bo’yicha umumiy didaktik maqsadlar tasdiqlangan standartda o’z aksini topgan. Modul dasturini ishlab chiqishda ana shu standart talablariga asoslaniladi.
Modullarni ishlab chiqishda uchta asosiy komponentga e’tibor qaratish lozim:
Modul spesifikasiyasi.
Modulning nazorat blokini ishlab chiqish.
Modulning o’quv materialini ishlab chiqish.
1.Modul spesifikasiyasi-ana shu modul haqida to’liq ma’lumotni o’zida aks ettiradi. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi:
1.1.Modulning nomi. Modullarning nomlari mazmunga mos bo’lishi va qaytarilishlarga yo’l qo’ymaslik lozim.