Mavzu: muskullar sistemasiga umumiy tushuncha. Muskullar sistemasi klassifikatsiyasi, tuzilishi



Yüklə 95,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix06.05.2023
ölçüsü95,1 Kb.
#108457
  1   2   3
5-МАВЗУ. MUSKULLAR SISTEMASIGA UMUMIY TUSHUNCHA.



MAVZU: MUSKULLAR SISTEMASIGA UMUMIY TUSHUNCHA. 
MUSKULLAR SISTEMASI KLASSIFIKATSIYASI, TUZILISHI 
 
REJA
1. Muskullarning tuzilishi va xillari
2. Gavda muskullarining tuzilishi va birikishi.
3. Qo’l muskullarining tuzilishi va birikishi. 
4. Oyoq muskullarining tuzilishi va birikishi. 
5. Bosh va buyin muskullarining tuzilishi va birikishi.
Tayanch tushunchalarmiologiya, dinamik, statik, pereliz, fassiya, rombsimon 
, hanjarsimon, 2-4 boshli, laterial, sinergist, tonus, diafragma. 
Odam organizmida 600 dan ortiq muskul bo’lib, ular katta odam tanasi 
og’irligining 45-50% ni tashkil qiladi. Odamning tashqi muhitdagi harakatlari, 
mehnat faoliyati, nutq, funksiyasi, nafas harakatlari va boshqa fiziologik 
funksiyalari muskullarning gruppa-gruppa bo’lib, reflektor harakati natijasida sodir 
bo’ladi. Muskullar tevarak-atrof muhitdagi turli ta’sirlarning sezgi organlariga 
ta’siri va bu ta’sirning markazga intiluvchn nervlar orqali bosh miyaga borib, u 
erdagi analiz-sintez prosessi natijasida markazdan qochuvchi nervlar orqali 
muskullarga kelishi tufayli harakatlanadi. Bulardan tashqari, ichki organlarning 
faoliyati skelet muskullarining funksional holatiga reflektor yo’l bilan ta’sir etadi. 
Muskullar harakatlanish organi bo’lib, muskul, nerv tolalari va biriktiruvchi 
to’qimalardan tuzilgan. Muskul to’qimasi ho’jayralardan tashkil topgan bo’lib, 
ho’jayraning ichidagi qisqaruvchi tolalar miofibrillar deb ataladi. Muskul to’qimasi 
tuzilishi, va funksiyasiga qarab, ko’ndalang-targ’il va silliq muskullarga bo’linadi.
Ko’ndalang-targ’il muskullar, asosan, skelet muskullari bo’lib, silliq tolali 
muskullar ichki organlar, qon tomirlar devorida uchraydi. Muskul - muskul 
tolalarining yig’indisidan tuzilgan bo’lib, bu tolalar biriktiruvchi to’qima 


yordamida o’zaro birikkan. Muskul tashqi tomondan ham biriktiruvchi to’qima bi-
lan o’ralgan. 
Har qanday muskulning boshlanish qismi - boshi va birikish qismi-dumi 
bo’lib, keng tanasi, ya’ni qorni muskul tolalaridan tuzilgan. 
Muskul boshi bilan tanaga yaqin suyakka, dumi bilan tanadan uzoqroq 
suyakka birikib, qisqarganda bo’g’imda harakat bajariladi. Muskullar - muskul 
tolalarining yo’nalishiga qarab: duksimon, yarim patsimon, ikki yoqlama 
patsimon, tasmasimon va ikki qorinchali bo’lishi mumkin. Har qaysi muskul tashqi 
tomondan biriktiruvchi to’qimadan tuzilgan yupqa parda bilan o’ralgan bo’lib, bu 
parda fassiya deb ataladi. Fassiya alohida muskulni, bir qancha muskulni va 
muskullarning hammasini o’rab turishi mumkin. Fassiya bilan paylar 
(bog’lag’ichlar) orasida harakatni engillashtiradigan sinoviy suyuqligi bo’ladi. 
Muskullar uzun, kalta, keng va yumaloq bo’lishi mumkin. Uzun muskullar 
ko’proq, qo’l-oyoqlarda uchrab, keng qulochli harakatlarda qatnashadi. Kalta 
muskullar harakat qulochi kam bo’lgan qismlarda uchraydi. Masalan, ular 
qovurg’alar, umurtqalar orasida bo’ladi. Keng muskullar gavda atrofida 
joylashgan, masalan, ko’krak, qorin muskullari va boshqalar. Bularning muskul 
tolalari har tomonga yo’nalgan bo’lib, boshlanish, birikish joyida keng pay-
aponevroz hosil bo’ladi. Yumaloq muskullar og’iz, ko’z atrofida uchraydi. Kalta-
yo’gon muskullar baquvvat bo’lib, yuqorigi, pastki kamarlarda va gavda orasida 
uchraydi. Masalan, deltasimon dumba muskullari. Organizmdagi muskullar har xil 
nomlanadi. Boshlanish, birikish joyiga ko’ra, masalan, yelka-bilak muskuli, funk-
siyasiga qarab chaynash muskuli, bukuvchi muskullar va hokazo; boshiga qarab: 2 
boshli, 3 boshli va hokazo; tuzilishiga qarab: yarim payli muskul va boshqalar; 
joylashishiga qarab: peshana, yelka muskullari va hokazo; shakliga qarab: 
trapesiyasimon, rombsyamon muskullar deb ataladi va hokazo. 

Yüklə 95,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin