XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli korilmagan hodisalar sodir bok «Sotsializm» deb atalgan totalitar tuzum, «kommunistik mafkura» deb atalmish zoravonlik va tazyiqqa asoslangan mafkura tanazzulga uchradi. Bunday «kommunistik mafkura»ni butun jahonga, Yer yuziga yoyishni da’vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar tom ma’nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.
Turkiston tarixiy rivojlanishning hamma bosqichlarida turli shakldagi bo’linishlarga, uning xalqi ozgalar tomonidan tahqirlanishga, kamsitilishlarga duchor bolgani hammamizga ma’lum.
Xalqimizning ahamoniylar, grek-makedoniyaliklar zulmiga, arablar istilosiga, mogul-tatar bosqinchiligiga qarshi va nihoyat chorizm mustamlakachiligiga qarshi olib borgan milliy-ozodlik harakatlari tarix sahifalarida abadiy qolgan.
Ayni chogda, yaqin otmishda, sovet hokimiyati yillarida ozbek xalqi Markazga tobeligiga qarshi, aniqrogi, Ozbekiston milliy mustaqillikka erishish uchun tarixiy vaziyatga qarab goh oshkora, goh pinhona tarzda kurash olib borgan.
Biz bunday kurashlarni yangidan-yangi manbalar orqali tobora chuqurroq anglab bormoqdamiz. Bir soz bilan aytganda, xalqimiz azal-azaldan oz fikri-zikri bilan mustaqil, ozod, erkin yashash uchun tinimsiz intilgan.
SSSR tanazzulga uchragach, O‘zbekiston rahbariyati davlat mustaqilligini to'la o'z qo‘liga olishga kirishdi.
1991— yil 25-avgustda O'zbekiston Prezidentining farmoni e’lon
qilindi. Farmonga binoan, Respublika ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizligi Qo'mitasi O ‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O'zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi.
Respublika ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik Qo‘mitasi, prokuraturasi va adliya organlari, shuningdek, respublika hududida joylashgan ichki qo‘shinlar, Turkiston harbiy okrugi qismlari va q o ‘shilmalari partiyadan butunlay xalos qilindi.
O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov Oliy Kengash Rayosatiga juda qisqa muddatda Respublikaning davlat mustaqilligi to‘g‘risidagi
qonun loyihasini tayyorlash va uni Oliy Kengashning navbatdan tashqari sessiyasi muhokamasiga taqdim etishni taklif qildi.
Oliy Kengash 1991— yil 26-avgust kuni
0‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash haqida va 31-
avgustda Oliy Kengashning navbatdan tashqari VI sessiyasini chaqirishga qaror qildi.
1991— yil 28-avgust kuni O ‘zbekiston Kompartiyasi MQ va
Markaziy nazorat komissiyasining qo‘shma plenumi bo‘lib o‘tdi.
Plenumda Prezident I. Karimovning SSSRda 19-21-avgust kunlari
sodir bo'lgan fojiali voqealar va respublika partiya tashkilotlarining
vazifalari to'g'risidagi axboroti tinglandi va muhokama qilindi. Plenum
Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqalarni
to'xtatishga, KPSSning barcha tuzilmalaridan chiqishga, uning
markaziy organlaridagi o'z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik
to'g'risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif qildi.
Sessiyada "O'zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risidagi Oliy Kengash Bayonoti" qabul qilindi.
Bayonotda bunday deyilgan edi:
"Mustaqillik deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston
Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning Davlat mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi
tashkil etilganligini tantanali ravishda e’lon qiladi".
Oliy Kengash sessiyasida "O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish to'g'risida" qaror qabul qilindi.
MUSTAQILLIK SABAB : o’zb davlat bayrog’i 1991-yil
1992-yil :
1992-yil :
Buyuk va bebaho neʼmat — mustaqillikning milliy taraqqiyotimiz, bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri, kelajagi uchun ahamiyati yillar oʻtishi bilan tobora ortib bormoqda. Oʻzbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning milliy manfaatlarini, tinch va osuda hayotini taʼminlash, mamlakatimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishning mustahkam poydevori boʻlib kelmoqda.