MAVZU: Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar. O`zbekistonni yanada rivojlantirish bo`yicha “Harakatlar strategiyasi”ning asosiy yo`nalishlari.
Reja:
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha
“Harakatlar strategiyasi”ning mazmun va mohiyati.
2. Milliy go‘yaning mustaqil demokratik taraqqiyotni ta’minlashning muhim sharti ekanligi.
3. Yoshlarda milliy va umumbashariy qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik fazilatlarini mustahkamlash va unga yo‘naltirish.
Adabiyotlar
Har bir davrning o‘z taraqqiyot omillari, ehtiyojlari, talablari va hayotiy tamoyillari bo‘ladi. Har bir zamonning o‘z zayli, qarashlari, munosabatlari, tafakkur tarzi bo‘ladi. Ana shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, 2017 yil O‘zbekistonning tarixiy taraqqiyot va rivojlanishida butunlay yangi bosqichni boshlab berdi. Bu bevosita zamon bilan hamnafas, hozirgi sivilizatsiya talablariga javob beradigan, bugungi kun milliy va dunyoviy ehtiyojlarini nazarda tutgan, jahon davlatchiligi ilg‘or tajribalari bilan milliy xususiyatlarimiz, qadriyatlarimiz, davlatchilik usul va uslublarimiz bilan uyg‘unlashib ketgan, sintezlashgan kuchli va qudratli siyosiy tafakkur bilan bog‘liq. “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” ayni ana shu zamonaviy tafakkurni mamlakatni modernizatsiya qilish, jamiyatni rivojlantirish, boshqaruvni erkinlashtirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish bilan birga xalqaro maydonda O‘zbekistonning o‘z so‘zi, qat’iy xulosasi, umumsayyoraviy masalalarni hal qilishda, ichki va tashqi siyosatda o‘zgarmas, izchil pozytsiyaning mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.
O‘zbekistonda mustaqillikka erishgach yangi tarixiy sharoitlarda, yangi davlatchilikka asos solindi. Huquqiy demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati vujudga keltirildi. Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy sohada tub burilishlar yasaldi. Tashqi siyosatda O‘zbekiston jahon hamjamiyatining teng huquqli subyektiga aylandi va o‘zining qat’iyatli siyosiy pozitsiyasini namoyon etdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Bu Farmon har tomonlama taraqqiyotning muhim asosi bo‘lib xizmat qiladi. Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan mamlakatni ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy, madaniy-gumanitar rivojlantirishning konseptual masalalari kiritildi. Harakatlar strategiyasining maqsadi olib borilayotgan islohotlar samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, Farmonda mamlakatni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari belgilangandi. Mazkur yo‘nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat:
I. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish:
1.1. Demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish; 1.2. Davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish;
1.3. Jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish;
II. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish:
2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish;
2.2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlash;
2.3. Ma’muriy, jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik qonunchiligini takomillashtirish;
2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish;
2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash;
2.6. Yuridik yordam va xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish.
III. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish:
3.1. Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish:
3.2. Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish: 3.3. Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish:
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
IV. Ijtimoiy sohani rivojlantirish:
4.1. Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish;
4.2. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish;
4.3. Arzon uy-joylar barpo etish bo‘yicha maqsadli dasturlarni amalga oshirish, aholining hayot sharoitlari yaxshilanishini ta’minlovchi yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish;
4.4. Ta’lim va fan sohasini rivojlantirish;
4.5. Yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish
V. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
5.1. Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar;
5.2. Chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda tutilgan, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanib boriladi.
Dostları ilə paylaş: |