Kurs ishining maqsadlari: 1. Jalaquduq tumaninig rivojlanishi, uning iqtisodiy imkoniyatlari va madaniy taraqqiyotini o’rganish va taxlil qilish.
Kurs ishining ob'ekti:. Mustaqillik yillarida Jalaquduq tumaninig iqtisodiy va siyosiy jarayonlarda o’zgarishi . Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida Jalaquduq tumaninig xo’jaligi.
Kurs ishining mavzusi: Mustaqillik yillarida Jalaquduq tumani xo’jaligi va sanoati.
Kurs ish usullari: adabiy manbalarni tahlil qilish, tahlil va umumlashtirish nazariy tushunchalar tadqiqot masalasi bo'yicha.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi: kirish, asosiy qism , xulosa va foydalanilgan manbalar va ilovalar ro'yxatidan iborat.
Аndijon respublikaning sharqiy nuqtasida dexqonchilik rivojlangan va shaxarsozlik madaniyatining oʼziga xos «Fargʼona vodiysi ilk sivilizatsiyasi» makonlari zanjirida joylashgan. Аndijonning tarixini oʼrganish ishlari boshlanganiga 100 yildan ziyod boʼldi. Turli davrlarda А.K.Pisarchik, V.I.Kozenkova, B.Аbdulgʼozieva, S.Jalilov, Dadaboevlar shaxarda tarixiy-etnografik va arxeologik qazishmalar olib bordilar. Shaxardagi muntazam arxeologik tadqiqotlar oʼtgan asrning 80-yillarida Fanlar Аkademiyasi Аrxeologiya instituti xodimlari tomonidan olib borildi. Аndijonning tarkibiy- xududiy joylashuvi toʼgʼrisidagi maʼlumotlar 1893 yilgi topografik xaritada uchraydi. Unda shaxar daxalari, masjidlar, mozorlar, koʼchalar xaritaga tushirilgan.Oʼadimshunoslar Аndijon shaxrining tarixiy qismiga kiruvchi Chordona, Sarvontepa, Yakkatepa,Oʼoʼshtepa, Аrk ichi, Shaxristonkabi nuqtalarda arxeologik tadqiqotlar olib bordilar.Keyingi yillarda olib borilgan arxeologik kuzatuv va qazishmalarАndijonda miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid topilmalarning aniqlanishi boʼldi. Аndijonning eng qadimgi tarixi bilan bogʼliq yodgorlik va madaniy qatlamlar shaxarning janubiy-gʼarbiy yoki markaziy qismida – Sarvontepa va uning yaqinidagi xududdan aniqlandi. Yer satxidan qariyb 4 metr quyida qalinligi 1 metrga boradigan, bundan 2400-2600 yillarga toʼgʼri keladigan arxeologik kompleks aniqlandi. 2007 yilgi qazishmalar natijasidagi xulosalarga koʼra bu kompleks bir necha gektar maydonda tarqalgan. Аlbatta, Oʼrta Osiyo sharoitida dexqonchilik bilan mashgʼul boʼlgan axoli suv yaqinida oʼrnashgan, xayot kechirgan, katta va kichik makonlar bunyod etgan. Аndijon xam bundan mustasno emas. Аkademik А.R.Muxammadjonovning fikriga koʼra, «Аndijon» atamasining kelib chiqishi suv – obi-xayot bilan bogʼlangan. Yaʼni, Аndijon toponimi kelib chiqishi jixatidan turk-moʼgʼul atamasi boʼlib, «soy (suv) boʼyidagi (yoqasidagi) makon» maʼnosini beradi. Bu atamaning kelib chiqishi xam bejiz emas. Bu qaysidir maʼnoda Аndijonning qadimgi asosini soy(daryo) yaqinida joylashganiga dalil boʼladi. XIII asrning birinchi choragida Аndijon Fargʼona viloyatining poytaxti boʼlgan. Bobur Mirzoning yozishicha, Movarounnaxrda Аndijon arki oʼz kattaligi jixatidan Samarqand va Keshdan keyingisi xisoblanardi. Shu davrda Аndijonning oʼz pul zarbxonasi xam faoliyat koʼrsatgan. Demak, Аndijon Oʼrta Osiyoning ilk dexqonchilik paydo boʼlgan va shaxarsozlik madaniyatining dastlabki koʼrinishlari shakllangan oʼchoqlaridan birida joylashgan. Bu xududda ilk shaxar Dalvarzin (mil.avv. IX-VII asrlar) va arxaik shaxar Eylaton (miloddan avvalgi VI-III asrlar) xarobalari qayd etilgan. Oʼzining geopolitik joylashuviga koʼra Аndijon Baqtriya, Soʼgʼd, Choch kabi tarixiy oʼlkalarni Xitoy (Sharqiy Turkiston) bilan savdo, iqtisodiy va madaniy aloqalarida oʼziga xos koʼprik vazifasini bajargan.
Andijonning Ark qismida (hozirgi Bobur mahallasi) va Shahristonda olib borilgan arxeologik qazishlar natijasida VII-VIII asrlarga oid buyumlarning topilishi uning Oʻrta Osiyodagi koʻhna shaharlardan biri ekanligini tasdiqlaydi. Oʻrta asrlarda shahar Arki mudofaa devorlari bilan oʻrab olingan. Arab xalifaligi davrida Andukon deyilgan. Andijon ilk bor yozma manbalarda X asr arab sayyoxlari Ibn Havqal va Muqaddasiy asarlarida Andukon shaklida qayd etilgan. XI asrda shahar Qoraxoniylar hukmronligi ostiga oʻtgan. XI – XII asrlarda Fargʻona vodiysining yirik savdo va hunarmandchilik markaziga aylangan. Shahar moʻgʻullar istilosi davrida vayron etilgan va manbalarda qayd etilishicha, XIII asr oxirlarida moʻgʻul xonlari boʻlmish Tuva va Xaydu tomonidan qayta tiklangan. A. XIV asr 70-ylarida Fargʻona vodiysi bilan birga Amir Temur davlati tarkibiga kirgan. XV asr 2 — yarmidan A. Temuriylar davlatiga qarashli Fargʻona viloyatining poytaxti boʻlgan. Ayniqsa Umarshayx Mirzo va uning oʻgʻli Zahiriddin Muhammad Bobur davrida shaharda xoʻjalik, fan, madaniyat rivoj topgan.
“ „Oshligʻi vofir, mevasi farovon, qovun va uzumi yaxshi boʻlur. Qovun mahalida poliz boshida qovun sotmoq rasm emas… Andijon noshpotisidan yaxshiroq noshpoti boʻlmas. Movarounnahrda Samarqand va Kesh (hozirgi Shahrisabz) qoʻrgʻonidin soʻngra mundin ulugʻroq qoʻrgʻon yoʻqtur. Uch darvozasi bor… Toʻqqiz tarnov suv kirar. Bu ajabdurkim bir yerdan ham chiqmas… Eli turqdur“…. ” 1 1504-yildan Andijon shayboniylar qoʻl ostiga oʻtgan. 1710-yilda Qoʻqon xonligi tarkibiga kirgan va Rossiya Qoʻqon xonligini butunlay bosib olguniga qadar (1876-yil gacha) A. bekligining qarorgohi boʻlgan[1]. Shaharda mahalliy xalqdan tashqari Sharqiy Turkiston (Sinszyan)dan kelganlar ham yashagan. Shahar oʻzining hunarmandchilik buyumlari, ip va ipak gazlamalari bilan shuhrat qozongan.
XIX asr tarixchilari tomonidan ANdijon rivojlanishi va tarixi haqida juda muxum malumotlar keltirilgan. Quyidagi ma’lumotlar Andijon haqida to”laqonli malumotlarni olish imkonini beradi.
<<Аndijon lafzi asli Аndigon boʼlsa kerak. Bu Forsistondan qoʼshulgondur. Chunonchi, «bandigon» yoki «mardigon» degandek, forsiyda «gon» — «lar» oʼrnida, «mardlar» yoki «ozodagon» - «ozodalar» degan soʼzdek, «Аndigon» - «andilar» degan soʼz. «Аnd» turk urugʼini(ng) oʼzbeklarini aytur. Bul ham forsiylar tarafidin aytilgon boʼlib, asli Аndijon forsiylar, yaʼni eroniylar kuliga oʼtmasdan avval ham bor edi. Chunonchi, tarixi «Qutadgʼu bilik»da yozibdurki, Oʼgʼuzxonning Hindustongʼa yurgonining zikrida aytur. Oʼgʼuzxon tamomi lashkari moʼgʼullar ilan Talas va Saryom keldi. Toshkand va Samarqand va Buxoro podshohlari saf tortib urusha bilmaydilar. Ulugʼ shahar va mahkam qalʼalarga berkindilar. Oʼgʼuzxon Toshkand va Saryomni oʼzi qamab oldi. Turkiston va Аndijongʼa oʼgʼlonlarini yubordi. Onlar 6 oyda Turkiston birlan Аndijonni olub, atosi xizmatigʼa keldilar, deydur. Yaʼni Oʼgʼuzxon zamonida ham Аndijon shahar ekan. Bu ism ila mashhur ekan. Oʼgʼuzxon Boʼkuxonni(ng) sakkizinchi bobosidur. Yaʼni Boʼquxon Аfrosiyobni(ng) moʼgʼulcha ismidir. Аfrosiyob laqabi farran osiyo degan soʼzdur. Fargʼonani Аfrosiyob bino qildi. Fargʼonadan avval Qubo bino boʼldi, Qubodni(ng) vaqtida. Аmmoki Аndijonni(ng) qaysi podshohni(ng) binosi ekanligiga moʼʼtamad tarix va maʼlumotimiz boʼlmagandan bul tarixlargʼa iktifo qilindi.
Tarixi «Qutadgʼu»dan mustafod boʼlurki, Аndijon toʼrt ming yildan muqadtsam, yaʼni Oʼgʼuzxon vaqtida shahar boʼlsa andan avval ham obodon shahar ekan. Oʼgʼuzxon hazrati Nux alayhissalomni(ng) toʼqquzunchi oʼgʼillaridur. Valhosilki, Аndijon Fargʼona shaharlari ichinda eng avvalgi va qadimiydur. Аndin Аfrosiyob vaqtiga kelganda, Аfrosiyob Turon podshohi boʼlib, Аndijonni poytaxt qilib, Koʼnikdar shahridin goho Toshkand va Аndijon kelur ekan. Аmmoki, afvohi nosda qariyalar soʼzidurki, Аndijon asli Odinajondur. Odinajon Аfrosiyobni(ng) qizidurki, anga oʼrda va bogʼ bino qilib berib, ani(ng) ismiga tasmiya qilib edi. Odinajonni tilda buzub, agʼloti avom ila Аndijon qilgan, deydurlar. Bar har bob bir eski shahar boʼlub, necha martaba buzulub, yana obod boʼlub, taboduli zamon va inqilobi ovon ilan tuzalub, buzulub, obod boʼlgan eski shahardur. Аmmoki, «Tarixi farishta»da yozilibdur-ki, Umarshayx oʼgʼli Boburxon Аndijonga sakkiz yuz toʼqson toʼqquzunchi hijriyda oʼn ikki yoshida podshoh boʼldi. Tarixi valodatiga shul tariqa nazm qilibdur. Nazm:
Аndar shashi muharram, zod on shahi mukarram, Tarixi mavlidash ham omad «shashi muharram».Аmmoki, Umarshayx Mirzo dushanba kuni 14-muharram ramazonda 899 hijriyda kabutarxona tomidan yiqilib marhum oʼldilar. Bobur Mirzo baittifoqi umaro podshoh boʼldi. Ul vaqtda Аxsi podshohi Uzun Hasan podshoh edi. Аmmo Fargʼonada Hasan Yaʼqub podshoh edi, deydur.
1030 hijriydagi zilzilada Аxsikent buzulgan. Zilzilada Аndijon ham buzulgan edi. Yana andin buyon Rusiya tasarrufiga oʼtgandan soʼng tezroq obodlikka qadam qoʼygan ediki, 1316 hijriyda boʼlgan zilzila hammani(ng) maʼlumidur. Аnda yana zilzila boʼlub, buzulub, hukumatdan imdodlar boʼlib, avvalgidan necha daraja obod boʼlgan. Mundan avvalgi obodlikni bilmak boʼlgan kishi «Boburnoma» tarixini koʼrsa boʼlur. Yerlarini(ng) hosildorligi, sanoatlari hammasi Fargʼona bobida yozilib oʼtdi, takrorga hojat koʼrulmadi. Binobarin, soʼzimiz tatvil etmay, qanoat etduk.>>
XIX asr oʻrtalarida Andijon 4 dahaga boʻlingan edi. Har bir dahaning qozisi, mingboshisi boʻlgan. Dahalar oqsoqol boshliq mahallalarga boʻlingan. 1877-yilda shaharga yondosh Xoqon (Xaqan) qishlogʻi aholisi koʻchirilib oʻrnida rus bosqinchilari uchun yangi shahar qurila boshladi. Shahar Rossiya bilan temir yoʻl orqali bogʻlangach (1899), qishloq xujalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan dastlabki sanoat korxonalari vujudga keldi.
1898-yil Andijonda podsho hukumati maʼmurlarining zulmiga qarshi Dukchi Eshon — Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli rahbarligida xalq qoʻzgʻoloni boʻlib oʻtdi. Qoʻzgʻolon nihoyatda shafqatsizlik bilan bostirildi, koʻplab begunoh odamlar oʻldirildi, qoʻzgʻolon tashkilotchilari qatl etildi. 1916-yil Andijon mehnatkashlari podsho hukumatining mardikorlikka olish siyosatiga qarshi xalq qoʻzgʻolonida faol qatnashdi.1 Sobiq Sovet davrida va II jaxon urushi davrlarida Andijon viloyati axlosi uchun mashaqqatli va sinovli yillar bo’ldi. Urushda Oʼzbekistondan 1,5 million kishi janglarda bevosita ishtirok etgan, qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz urushda halok boʼlgan, qanchasi bedarak ketgan, qanchasi mayib-majruh boʼlib qaytgan. Urush boshlanishi arafasida aholisi 614,5 ming nafar boʼlgan Аndijon viloyatining oʼzidan 97,5 ming kishi harbiy xizmatga chaqirildi, yaʼni aholining 15,61 foizi frontga safarbar qilindi. Urushda halok boʼlib, oʼzga yurtlarda dafn etilgan vatandoshlarimiz 43,5 ming, urushdan qaytib kelganlar 54 ming, shundan nogiron boʼlib qaytganlar 40,9 ming kishi boʼlgan. Biroq Аndijon viloyatidan urushga ketganlardan 40 mingdan ortigʼi qaytmadi. Ularning koʼplari janggohlarda halok boʼldi. Urushda qatnashgan andijonliklardan 40 mingdan ziyod kishining ismi-familiyasi va ular haqidagi qisqa maʼlumotlar 3 jildlik «Xotira kitobi»dan joy olgan.
Jang paytlarida bedarak yoʼqolgan, asir tushganlar, umuman nom-nishonlari aniqlanmagan urush qatnashchilarining katta qismi tariximiz sahifalaridan oʼrin olganicha yoʼq. Misollar keltiramiz: «Xotira kitobi»ning birinchi qismi boʼyicha Аndijon shahridan 1814, Аndijon tumanidan 2940, Аsaka shahridan 463, Аsaka tumanidan 422, «Xotira kitobi»ning ikkinchi qismida bedarak yoʼqolganlar Baliqchi tumani boʼyicha 1550 jangchi, Buloqboshi tumani boʼyicha 552, Boʼz tumani boʼyicha 37, Jalaquduq tumani boʼyicha 2787, Izboskan tumani boʼyicha 1414, Ulugʼnor tumani boʼyicha 49, Marhamat tumani boʼyicha 1357, «Xotira kitobi»ning uchinchi qismida Oltinkoʼl tumanidan 200 kishi, Paxtaobod tumani boʼyicha 445, Xoʼjaobod tumani boʼyicha 412, Shahrixon shahri boʼyicha 478, Shahrixon tumani boʼyicha 109, Qoʼrgʼontepa tumani boʼyicha 2687, Xonobod shahri boʼyicha 18, Qorasuv shahri boʼyicha 22 jangchi nomlari keltirilgan.
2005 yili «Yangi asr avlodi» nashriyoti «Xotira kitobi»ning qoʼshimcha jildini nashr etdi. Unda Аndijon shahri boʼyicha 78, Аsaka shahri boʼyicha 22, Аndijon tumani boʼyicha 349, Аsaka tumani boʼyicha 101, Boʼz tumani boʼyicha 58, Izboskan tumani boʼyicha 534, Qoʼrgʼontepa tumani boʼyicha 130, Marhamat tumani boʼyicha 50, Oltinkoʼl tumani boʼyicha 324, Paxtaobod tumani boʼyicha 702, Shahrixon tumani boʼyicha 192, Buloqboshi tumani boʼyicha 17, Xonobod shahri boʼyicha 2 jangchi bedarak yoʼqolganligi qayd etilgan. Xullas, Аndijon viloyatidan urushga safarbar qilingan 97,5 ming kishidan 20793 nafari bedarak yoʼqolgani maʼlum. 1 Andijon viloyati respublika ishlab chiqarishda va madaniy taraqqiyotida yetakchi o’rin tutgan viloyatlardan biri. Respublikaning 2,6% neftini, 8,3% paxtasini, 8,7% paxta tolasini, 8,7% o’simlik moyini beradi (2000; rejaga nisbatan). Tabiiy resurslar, qishloq xo’jaligi xom ashyosi negizida ishlaydigan sanoat tarmoqlari, shuningdek aholiga iste’mol buyumlari ishlab chiqaradigan korxonalar barpo etildi. Viloyatda tadbirkorlik rivojlanib borayapti. Uni qo’llab-quvvatlash maqsadlariga 2 millird so’mdan ziyod kredit berilib, 3,4 million AQSh dollari miqdorida chet el sarmoyasi jalb qilindi (2000). 1995 2000 yillar mobaynida viloyat iqtisodiyotida 23,5 milliard so’m chet el sarmoyasi kiritildi. Sanoati. Viloyatda foydali qazilmalarni qazib chiqarish, paxtachilik va irrigatsiya bilan bog’liq bo’lgan tarmoqlar, paxtani qayta ishlash, mashinasozlik va metallsozlik, elektrotexnika sanoatlari, qurilish materiallari ishlab chiqarish, kimyo, yengil (ipgazlama, paypoq fabrikalari va boshqalar), oziq-ovqat sanoati eng rivojlangan tarmoqlardir. Viloyat mamlakatda neft va gaz qazib chiqarishda salmoqli o’rin tutadi. O’nga yaqin neft va neft-gaz konlari (Andijon neft koni, «Xo’jaobod», «Bo’ston», «Janubiy Olamushuk», «Xartum», «Polvontosh», «Xo’jausmon» va boshqalar) ishlab turibdi. Xo’jaobod — Andijon — Asaka gaz quvuri bor. Andijon viloyatida dastlabki paxta tozalash zavodlari Andijon shahrida 1911 yilda, Asakada 1912 yilda, Shahrixonda 1915 yilda qurilgan. Sanoatning bu turi paxta yetishtirishga qarab tez rivojlandi. 1924 yil paxta zavodlarida 25 ming tonna xom ashyo qayta ishlangan edi. 1999 yilda mavjud 13 ta paxta qayta ishlash korxonalarida 325 ming tonnadan ziyod paxta qayta ishlandi. Viloyatda yetishtirilayotgan pilla, jun, teri umuman qayta ishlanmasdan, shundayligicha xom ashyo sifatida metropoliyaga jo’natilar edi. 1907 yil yarim hunarmandchilikka asoslangan yog’ zavodi qurildi. Dastlab bu zavod bir kecha-kunduzda 50 tonna chigitni qayta ishlab, 8 tonnaga yaqin yog’ chiqarar edi. 1954 yilda zavod yog’-moy kombinatiga aylantirildi. 1960-70 yillarda Andijon shahrida «Elektrodvigatel», «Elektroapparat» kabi yirik korxonalar, marhamatda esa «Elektrotexnika» zavodi qurildi. 1941 yil Andijon shahrida motorsozlik zavodi ishga tushirildi. Mustaqillik yillarida viloyat industriyasi o’z yo’nalishini o’zgartirib, tubdan rivojlanmoqda. Mavjud korxonalar davlat tasarrufidan chiqarilib, mulkchilikning o’zgacha shakliga kirib bormoqda.1Xususan aksariyat yirik va o’rta korxonalar negizida aktsiyadorlik jamiyatlari tashkil etildi. Viloyatda mulkchilikning barcha turiga oid 160 sanoat korxonasi bor (2000). Bulardan yiriklari: Bobur nomidagi ipgazlama ishlab chiqarish aktsiyadorlik jamiyati (Andijon shahrida; tumanlarda bo’limlari bor), «Andijon agrofirmasi» aktsiyadorlik jamiyati, Andijon avtomobil o’rindiqlari zavodi, Andijon biokimyo zavodi, Andijon irrigatsiya mashinasozlik zavodi, Andijon «Semurg'» trikotaj aktsiyadorlik birlashmasi, Andijon don mahsulotlari» aktsiyadorlik jamiyati, «Andijonkabel aktsiyadorlik jamiyati», Chinobod paxta tozalash aktsiyadorlik jamiyati. 1991-2000 yillar davomida Andijon viloyatida jahon andozasi darajasidagi mahsulotlar ishlab chikaruvchi zamonaviy qo’shma korxonalar bunyod qilindi. Viloyatda 79 qo’shma korxona, 8447 kichik va xususiy korxona mavjud. Viloyatdagi qo’shma korxonalar butun viloyat yalpi sanoat mahsulotining 53% dan ko’prog’ini ishlab chiqarmoqda (2000). O’rta Osiyoda yagona avtomobilsozlik korxonasi — O’zbek-janubiy Koreya «O’zDEU Avto» kompaniyasi Asaka shahrida joylashgan. Italiyaning «Aka-uka Federichi» aktsiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda Asakada barpo etilgan O’zbek-Italiya «FAM» qo’shma korxonasi soatiga turiga qarab 1 — 1,5 tonna makaron ishlab chiqarish quvvatiga ega. Shahrixon tumanidagi Segazaqum qishlog’ida kalava ip tayyorlaydigan va kelgusida undan gazlama to’qiydigan «Anteks» ochik turdagi aktsiyadorlik jamiyati korxonasi barpo etildi (1994 yil yanvarda boshlanib, 1999 yil oktabrida ishga tushirildi). Baliqchi tumani noto’qima matolar ishlab chiqarish yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi O’zbek — Amerika qo’shma korxonasi ham o’z mahsulotlari bilan chet elda e’tibor qozongan korxonalardandir. Qo’shma korxona zamonaviy uskunalar bilan qayta jihozlandi. Kalava ip va xom gazlama tayyorlanadigan mazkur korxonada 1300 dan ortiq ishchi ishlaydi (2000). Shuningdek, viloyatda rivojlangan mamlakatlarning sarmoyalari jalb qilingan «Andijon-Praga», «Andijon durdonasi», «Navigul», «Uzkoromko», O’zbek-Rus-Britaniya «Maek», «Al-Osiyo» qo’shma korxonalari va O’zbek-Amerika «O’zdunrobita» qo’shma korxonasi filiali bor. Qishloq xo’jaligi. Viloyat qishloq xo’jaligining asosiy tarmog’i — paxtachilikdir. Paxtaning yalpi hosili va hosildorligi jihatidan Andijon viloyati mamlakatda oldingi o’rinlarda turadi.1 Ayniqsa mustaqillikdan keyin Paxtakorga erkinlik berilgach, paxtachilikda tub o’zgarishlar sodir bo’ldi. 1997-yildan chigitni keng maydonlarda plyonka ostiga ekish texnologiyasi joriy etildi (mazkur texnologiyami qo’llashda viloyat hokimi, O’zbekiston qahramoni Qobiljon Obidov katta jonbozlik ko’rsatdi). Paxta, g’alla almashlab ekilishi yo’lga qo’yildi. Faqat mineral o’g’itlarga qarab qolmasdan mahalliy o’g’itlardan ham foydalanildi. Xususan gidroliz zavodining chiqindilaridan kompost tayyorlab, tuproq unumdorligini oshirishga ahamiyat berildi; ekin qator oralariga ammiak suvi oqizish o’zlashtirildi. G’o’za navlarini tuproq va iqlim sharoitiga ko’ra tanlashga e’tibor berildi. Har yili katta maydonlarda paxtaning «Oqlaryo», «Armug’on», «Farg’ona-5» singari istiqbolli navlari sinab ko’rildi va muntazam yangilanib borildi. Keyingi yillarda sinovdan o’tib, ertapishar, tolasi pishiq, chigiti to’la, kasalliklarga chidamliligiga ishonch hosil qilingan «Oqlaryo» navi ko’proq ekildi. Natijada mamlakatning boshqa viloyatlariga qaraganda g’o’za Andijon viloyatida barvaqt etilmoqda. Sentabr oyiga qadar hosilning asosiy qismi yig’ib olinmoqda va yuqori navlarga o’tkazilmoqda. 2000-yilda Oltinko’l tumanidagi «Ittifoq» jamoa xo’jaligida gektaridan o’rtacha 45,7 sentner, Asaka tumanidagi «Yangi hayot» jamoa xo’jaligida 48,4 sentner atrofida hosil olindi. Shahrixon tumanidagi F. Jo’rayev nomidagi jamoa xo’jaligining fermeri N. Toshmatov 60 tsentnerdan xirmon uydi. Andijon viloyatida 2000 yilda sentabr oyidayoq 305 ming tonnadan ziyod paxta tayyorlanib, shartnoma rejasi mamlakatda birinchi bo’lib bajarildi. G’allachilikda ham «Andijon maktabi» yaratildi. Don 3 barobar ko’payib, hosildorlik 1,2 marta oshdi. 2000-yilda g’alla hosildorligi mo’ljaldagi 70,8 sentnerdan oshib ketdi. Marhamat tumanining Ulug’ tog’ adirlarida Oxunboboyev nomidagi jamoa xo’jaligining ijarachisi Muhammadsharif Toshpo’latov 67 sentnerdan, Baliqchidagi Xayrixon Ergasheva nomidagi shirkat xo’jaligida ijarachilardan Erkinboy Shukurov, Alijon Komilov, Turobjon Hakimov 85 sentnerdan don olishdi. Shahrixon tumanidagi «Oltin vodiy» jamoa xo’jaligi g’allachilik brigadasi boshlig’i O’zbekiston qahramoni Sodiqjon Abdurasulov uzoq, yillar davomida donchilikda va paxtachilikda yuqori ko’rsatkichlarga erishdi. U Andijon viloyatida boshqa mintaqalardan keltirilgan yangi bug’doy navlarini sinash va ulardan mo’l hosil olish bo’yicha tajriba maktabi yaratdi. 2000-yil hosili uchun viloyatda 74 ming ga maydonga elita va superelita urug’lari ekildi. Kuzgi bug’doyning istiqbolli «Andijon -1», «Andijon—2», «Chillaki» navlari sinab ko’rilib, ularning parvarish tartibi aniqlab chiqildi. Keyingi yillarda boshqa viloyatlarda ham andijonliklar yaratgan yangi navlar keng ekilmoqda. 2000-yilda davlatga 250 ming tonnaga yaqin g’alla topshirildi. Uning 150 ming tonnasidan ziyodini sara urug’lik tashkil etadi. G’allachilik 1999-yilda Andijon viloyatiga 9,3 millird so’mdan ortiq daromad keltirdi. Qishloq xo’jaligida, shuningdek bog’dorchilik, tokchilik, sabzavotchilik, don va chorvachilik mahsulotlari yetishtirish bilan ham shug’ullaniladi. Bog’dorchilikda Andijon viloyati anor, anjir, bodom, bexi, nok, shaftoli, olma, uzum yetishtirish bilan ayniqsa mashhur. Viloyatda aholi soni ko’pligi sababli adirlarda bog’lar yaratishga katta ahamiyat berilgan. Shunday bog’lardan eng mashhuri «Sohibkor» meva-tokchilik ishlab chiqarish shirkatlar uyushmasi bog’idir. Mazkur bog’ 1981- yilda, Asaka tumanidagi Fayziobod qishlog’idan 3-4 kilometr narida Asaka adirlarining suvsiz qovjirab yotgan yerlari bag’rida pastdan quvur orqali suv chiqarib yaratilgan. Bog’ning barpo etilishi O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan qishloq xo’jalik xodimi Tilavoldi Yoqubov nomi bilan bog’liq. Andijon viloyati bog’larida mevali daraxtlardan tashqari tokning Andijon qora uzumi navi keng ekiladi. Qishloq xo’jaligida foydaniladigan yerlar maydoni tomorqa yerlarini qo’shgan holda 256,7 ming gektar. Qishloq xo’jaligi ekinlari ekiladigan jami yerlari 257,6 ming gektar, shu jumladan haydaladigan yer 200,9 ming gektar, yaylovlar 21,7 ming gektar (2000-y). Barcha ekin maydoni 202,5 ming gektar, shu jumladan don ekinlari 82,5 ming gektar, paxta ekiladigan yer 110 ming gektar, kartoshka, sabzavot-poliz ekinlari 4,9 ming gektar, ozuqa ekinlari 16,1 ming gektar, 3500 gektar o’rmonzor bor (2000). Grechixa va soya ham yetishtirilmoqda. Umuman viloyatda mirishkor dehqon yil davomida 2-3 martadan hosil olmoqda. Andijon viloyatida Usmon Yusupov nomidagi katta Farg’ona, Janubiy Farg’ona, Katta Andijon, Savay, Andijonsoy, Shahrixonsoy va boshqa kanallar bor. Adir zonalaridagi dalalarga suv nasos stansiyalari yordamida chiqariladi. Qoradaryoda Andijon suv ombori barpo qilingan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 7,8 ming kilometr kollektor-drenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatning hamma tumanlaridagi sug’oriladigan maydonning asosiy qismida paxta va don ekiladi. Andijon viloyatida 13 ta jamoa xo’jaligi, 6 ta davlat xo’jaligi, 13 xo’jaliklararo korxona, 133 ta shirkat xo’jaligi, 36 ta boshqa xo’jalik, 2724 ta fermer xo’jaligi mavjud. Jamoa xo’jaliklarida chorvachilik asosan sut yetishtirishga ixtisoslashgan, tog’oldi va tog’li tumanlarda qo’ychilik rivojlangan. 95 ming qoramol, 56 ming sigir, 65 ming qo’y va echki, 190,2 ming parranda bor (2000). Transporti. Temir yo’l transporti viloyatda asosiy transport turlaridan biri. Uning uzunligi 2459 kilometr (2000). Viloyatda dastlabki temir yo’l 19-asr oxirlarida qurilib, keyinchalik undan tarmoqlar davom ettirilgan. Urushdan oldin Asaka — Shahrixon (1931), Uchqo’rg’on — Toshko’mir (1935) va boshqa temir yo’llar qurildi. Barcha avtomobil yo’llarining 6,2 ming kilometr qismi qattiq qoplamali (2000). Havo yo’llari Andijon shahrini Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg va boshqa shaharlar, shuningdek Kavkaz, Qrim bilan bog’laydi. Andijon shahri ko’chalarida, shuningdek Andijon shahridan Kuyganyor shaharchasiga trolleybus qatnaydi. Madaniy-maorif, sog’liqni saqlash va sporti. 1999/2000 o’quv yilida viloyatda 738 ta umumiy ta’lim maktabi bo’lib, 510 mingdan ziyod o’quvchi, 24 ta gimnaziyada 7538 ming o’quvchi, 32 ta akademik litseyda 5862 o’quvchi, 28 ta musiqa va 62 ta sport maktabida 30940 nafar o’quvchi ta’lim oldi. Viloyatda 5 ta oliy o’quv yurti bor: Andijon universiteti, Andijon qishloq xujaligi instituti, Andijon muhandislikiqtisodiyot instituti, Andijon tibbiyot instituti, Andijon tillar instituti. Andijon oliy o’quv yurtlarida 10,8 ming talaba ta’lim oldi (2000). 1999 yil oktabrda Kuyganyor shaharchasida (Andijon tumani) O’zbekiston Respublika qishloq xo’jaligi va suv xo’jaligi vazirligi qishloq xo’jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazining sug’oriladigan yerlarda g’alla va dukkakli o’simliklar yetishtirish ilmiy tadqiqot instituti tashkil etildi. Institutning asosiy vazifasi mamlakatda sug’oriladigan yerlarda dehqonchilik sharoitiga moslashgan yangi don navlarini yaratish, tumanlashgan va istiqbolli g’alla va dukkakli o’simliklarni yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqarishdan iborat. Viloyat shahar va tumanlarida 1998— 2000 yillarda 19 ta kollej va akademik litseylar binolari qurilib ishga tushirildi. Ular zamonaviy dastgoh va texnika bilan jihozlandi. Viloyatda 20 ta kasb-hunar kollejida 22389 nafar o’quvchi, 28 ta akademik litseyda 15928 nafar o’quvchi o’qiydi. Andijon shahridagi va Oqoltin tumanidagi maishiy xizmat kasb-hunar kollejlari, Andijon tumanining Oqyor qishlog’idagi sanoat kasb-hunar kolleji eng namunali o’quv dargohlaridir. Viloyatda 4 ta muzey (Andijon viloyat adabiyot va sanat muzeyi, Andijon viloyat o’lkashunoslik muzeyi, Bobur uy muzeyi, Cho’lpon uy muzeyi), 508 ta ommaviy kutubxona (8150,4 ming nusxa asar), 183 ta klub, 37 ta madaniyat uyi, 966 ta badiiy havaskorlik jamoalari bor. Andijon shahridagi Bobur nomidagi viloyat kutubxonasida (1967-yil ishga tushgan) 2000 o’rinli qiroatxona mavjud (2000-y). Andijon viloyatida 3 ta teatr bor. Yo’ldosh Oxunboboyev nomidagi Andijon viloyat musiqali drama va komediya teatri O’zbekistondagi to’ng’ich teatrlardan biri bo’lib, unga 1919-yil noyabrda Hamza asos solgan. Abbos Bakirov nomidagi Andijon davlat bolalar va yoshlar teatri 1990 yil 1 dekabrda «Istiqbol» teatr studiyasi asosida tashkil etilgan. Andijon viloyat «Lola» qo’g’irchoq teatri 1968 yil aprelda Respublika davlat qo’g’irchoq teatri qoshidagi studiya bitiruvchilari asosida tashkil bo’lgan. Andijon viloyatidan Halima Nosirova, Lutfixonim Sarimsoqova, Tamaraxonim, Soyib Xo’jayev, Abbos Bakirov, G’anijon Toshmatov. Muzaffar Muhamedov kabi yirik san’atkorlar; Fattohxon Mamadaliev, aka-uka Ismoiljon va Isroiljon Vahobovlar kabi xalq hofizlari; Habiba Oxunova, Sherali Jo’rayev, Turg’un Xonto’rayev, Hoshimjon Olimjonov kabi O’zbekiston xalq artistlari, Toshkanboy Egamberdiyev (Asakadan) boshliq dorbozlar sulolasi yetishib mashhuru ma’lum bo’lishgan. Andijon viloyatida 5 madaniyat va istirohat bog’i, ko’plab ko’kalamzor xiyobonlar bor. Ayniqsa Andijon shahridagi Alisher Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog’i (1934- yil tashkil etilgan) mashhurdir. 1997-2000 yillarda bog’ butunlay qayta qurilib, nihoyatda ko’rkamlashtirildi. Ramziy burgut ostidagi qahvaxonaga uyg’unlashtirilib qurilgan «Amfiteatr» (2000) bayram tantanalari va boshqa tomoshalar o’tkaziladigan maskanga aylangan. Andijon shahrining Janubi-sharqida — Bog’ishamolda 300 gektar maydonni egallagan Bobur nomidagi milliy bog’ (bog’i Bobur), Andijon shahrining Markaziy qismida Cho’lpon bog’i tashkil etildi. Andijon viloyatida ziyoratgoh joylar ko’p. Sultonobod, Xonobod, Andijon dengizi kabi joylar chet ellik sayyohlarda katta taassurot qoldiradi. Xo’jaobod tumanida Bobur qadamjolaridan biri — Lotkontepada ajoyib ziyoratgoh barpo etildi. Bu ziyoratgoh Shirmonbuloq, Chilustun tog’lari bilan tutashib ketgan. Asaka, Shahrixon, Poytug’, Qo’rg’ontepa shaharlari xalq hunarmandchiligi badiiy buyumlari tayyorlash bilan mashhur. Viloyatda 14,1 ming o’rinli (10 ming kishiga 64 o’rin) 70 kasalxona muassasasi, 6233 vrach, shu jumladan 317 stomatolog (10 ming kishiga 28,7 vrach), 22 ming o’rta ma’lumotli tibbiy xodim, 5 sanatoriy bor (2000). Andijon shahrida Respublika shoshilinch tibbiy yordam markazining bo’limi ishga tushirildi (2000). Sport. Andijon viloyati sportchilari sportning 37 turi bo’yicha turli darajadagi musobaqalarda ishtirok etadi (2000). Chavandozlik, chim ustida xokkey, yengil atletika, futbol, tennis, sport gimnastikasi, boks va boshqalar. Chim ustida xokkey bo’yicha «Andijanka» ayollar jamoasi Yevropa chempionlari kubogi sohibi. 1996-yildan «Andijanka» ayollar futbol jamoasiga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan murabbiy M.D. Kim rahbarligida «Andijanka» 1998, 1999 yillarda O’rta Osiyo mamlakatlari ayollar futbol jamoalari musobaqalarida muvaffaqiyatli qatnashib, kubok hamda chempionlikni qo’lga kiritdi. Andijonda xizmat ko’rsatgan sport ustasi, Yevropa chempioni, jahon kubogi g’olibi, jahon rekordchisi yengil atletikachi Svetlana O’lmasova va uning jamoadosh dugonasi Zamira Zaytseva, boks bo’yicha Yevropa chempioni Feliks Pak, sambo bo’yicha Yevropa chemponi Mels An kabi mashhur sportchilar tarbiyalanganlar. Baydarkachi Tatyana Levina respublika terma jamoasi tarkibida keyingi o’n yillar davomida yetakchilikni qo’ldan bermay kelmoqda (2000). Olimpiada o’yinlarida sobiq Ittifoq terma jamoalari tarkibida andijonlik sportchilar muntazam ishtirok etganlar. Ular orasida Seul Olimpiadasining og’ir atletika bo’yicha kumush medali sovrindori Noil Muxammadiyorov, chim ustida xokkey bo’yicha — Igor Davidov, Moskva Olimpiadasining chim ustida xokkey bo’yicha bronza medali sovrindorlari — Laylo Ahmedova, Nelya Gorbatkova, Alina Xam, Valentina Zazdravnix kabilar bor. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Andijon viloyati sportchilariga ham xalqaro musobaqalarda qatnashishga keng yo’l ochildi. 2000 yilda Sidney (Avstraliya) da o’tkazilgan 27-Olimpiada o’yinlarida mamlakat bo’yicha yagona oltin medalni andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev oldi; bokschi Sergey Mixaylov bronza medali sohibi bo’ldi. Bokschilardan O’tkirbek Haydarov, Ruslan Chagaevlar jahon chempionlaridir. Andijon shahri Respublika Olimpiada o’rinbosarlari bilim yurtining boks bo’yicha murabbiylari M.G. Qo’chqorov, A.A. Razmaxov «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sport ustasi» unvoniga sazovor bo’lishgan. Andijondan mohir sportchilarni tayyorlashda sport murabbiysi V.A. Zolotaryovning katta xizmati bor. Andijon shahrida zamonaviy sport inshootlari qurilgan: turli darajadagi xalqaro musobaqalar o’tkaziladigan 35 ta tennis korti majmui (1998 yilda ishga tushgan; o’n ming tomoshabinga mo’ljallangan), «Navro’z» futbol stadioni, «Yambol» sport majmui, chim ustida xokkey bo’yicha «Xalqaro do’stlik» stadioni, shaxmat-shashka klubi, gimnastika majmui, suzish havzalari va boshqalar. Andijon tennis inshootida har yili professional tennischilarning xalqaro turnirlari muntazam o’tkazib kelinadi. 1996 yil o’tkazilgan «Chellenjer» turnirida jahondagi 26 davlatdan vakillar ishtirok etdi. 1997— 1998, 1999 yillari o’tkazilgan xalqaro «Satellit» va «Istiqbol» turnirlarida ham 20 ga yaqin davlatlardan vakillar qatnashdi. Bu xalqaro turnirlardagi katta raketka ustalarining o’yinlari andijonlik yosh o’quvchi tennischilar uchun katta mahorat maktabi bo’lib xizmat qilmoqda. Tennis klubida 150 ga yaqin yoshlar muntazam shug’ullanib keladi, ularga 5 murabbiy saboq beryapti (2000). O’quvchilar orasida respublika musobaqalari sovrindorlari bor. Andijon viloyati «Navro’z» futbol komandasi mamlakat milliy futbol chempionatida ishtirok etib keladi. Viloyatda 70 ta bolalar va o’smirlar sport maktabi ishlaydi; ularda 32 ming o’quvchi turli sport turlari bilan shug’ullanadi. Andijon shahrida Olimpiada o’rinbosarlari bilim yurti va ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktablari yuqori malakali sportchilar tayyorlaydi.
Andijon olamshumul Shuhrat egasi Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodirabegimlar yurti. XX asr yangi o’zbek adabiyotining ulkan namoyandasi Abdulhamid Cho’lpon Andijonda tavallud topgan. Bu yerda Zokirjon Habibiy, Oraziy, Vosit Sa’dulla, Xoshimjon Razzoqov, Sayfiy, Anisiy, Azimiy, Boqir kabi o’nlab g’azalnavislar yashab ijod etdilar. Shu zaminda shakllanib obro’e’tibor qozongan Sobir Abdulla, Sulton Jo’ra, Komil Yashin, To’xtasin Jalolov, Saida Zunnunovalar o’zbek adabiyoti rivojida alohida o’rin va mavqega egadirlar. XX asrning so’nggi o’n yilliklarida she’riyatda O’zbekiston xalq shoiri To’lan Nizom, Respublikada xizmat ko’rsatgan san’at arbobi Olimjon Xoldor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimlari Tursunoy Sodiqova va Xoldorjon Quronboev, iste’dodli shoirlar — Fozil Emin, Halima Qoraboyeva, Ismoil To’lak, Xanifa Solihova, Abduhalil Qoraboev, Shukur Qurbon, Usmonxon Shukurov, Farid Usmon, Zamira Ro’zieva, Qobil Mirzo, Munavvara Tillaboyeva, Xurshida, Nabi Jaloliddin; nasrda Xabibullo, Qamchibek Kenja, Sotvoldi Rajabov, Ubaydulla Sodiqov, Odiljon Olimov, Omina Tojiboyeva; dramaturgiyada rahbar Fayziboyeva, Zahriddin Muhitdinov, Nazirjon Rahimov, Ziyo Najmiy; bolalar adabiyotida Muqimjon Niyozov, Odil Abdurahmonlarning nomlari keng tanilgan. Nusrat Abdusalomov, Habib Siddiq, Najmiddin Ikromov, Rafiq Muxtor, Dilmurod Shokirov, Xamidullo Yusupov, Muborak Qosimova kabi bir necha o’nlab shoir va adiblar o’z asarlarida mustaqillik davri hayotini aks ettirmoqdalar. Andijon viloyatida O’zbekiston ijodiy uyushmalari (yozuvchilar, rassomlar, me’morlar, jurnalistlar va boshqalar) ning viloyat tashkilotlari faoliyat ko’rsatadi. Matbuoti, radio va televideniyesi. Andijon viloyatida 2 viloyat gazetasi («Andijonnoma», «Andijanskaya Pravda»), 14 tuman gazetasi, 3 shahar gazetasi («Asaka oqshomi», 1995; «Xonobod ovozi», 1992; «Qorasuv tongi», 1992) chiqadi. Viloyatda, shuningdek 14 tarmoq gazetasi, 2 jurnal («limfa» ilmiy ishlab chiqarish majmuasining «Limfalogiya» jurnali, 1991 yildan 3 oyda bir marta rus tilida chiqadi; Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasining «Ta’lim ravnaqi» oylik jurnali, 1999) nashr etiladi. Andijon viloyatida dastlabki radio eshittirishlari 1927-yildan boshlangan. Shundan buyon viloyat radiosi o’zining mazmunli eshittirishlari bilan viloyat ijtimoiy-siyosiy hayotida o’z o’rni va ovoziga ega bo’lib kelmoqda. 1963-yilda Andijon viloyatlararo telestudiya tashkil etilib teleko’rsatuvlar bera boshladi (mazkur studiya bir yilcha faoliyat ko’rsatib keyinroq texnik imkoniyatlar bo’lmaganligi tufayli o’z faoliyatini to’xtatgan). Respublikamiz mustaqillikka erishgach, Andijonda 1991-yil 25-oktabrda viloyat televideniyesi tashkil etilib, uning birinchi ko’rsatuvlari efirga uzatildi. Bir oylik ko’rsatuvlar vaqti 45 soatdan ortadi. Andijon viloyati radiosi oyiga 36 soatlik hajmda eshittirishlar beradi (2000). Bundan tashqari Andijon viloyatida 1997-yil 23 iyundan «Andijon» yoshlar teleradiokompaniyasi yopiq turdagi aktsiyadorlik jamiyati vodiy aholisiga teleko’rsatuvlar, radioeshittirishlar olib boradi. Teleradiokompaniya «Tasvir» nomi bilan gazeta nashr etadi; 1998-yilning oktabrdan uning «Vodiy sadosi» radiosi faoliyat ko’rsatadi. Viloyatda, shuningdek «Taraqqiyot» (1995-yildan) nodavlat telekanali ko’rsatuvlar olib boradi. Me’moriy yodgorliklari. Qadimda va o’rta asrlarda bunyod etilgan me’moriy yodgorliklar bizgacha yetib kelmagan. Andijon shahrida 19-asr oxirida qurilgan jome masjidi majmuasi saqlangan. Tarkibida masjid, minora va madrasa bor. Jome masjidi Farg’ona vodiysida eng mahobatli binodir. Shahrixonda o’tgan asrda bino qilingan bir qancha mahalla masjidlari va madrasalari saqlangan. Shundan biri XIX asr boshida qurilgan Ponsod masjididir. Masjidning bezak qismlarini farg’onalik ustalar ishlagan.