3. Jalaquduq tumanida joylashgan arxeologik manzilgoxlar.
Jalolquduq tumani hududida 11 arxeologik tepalik, 5 meʼmoriy yodgorlik saqlanib qolgan. Dalvarzintepa, Qoratepa, Eshontogʻa va Qilichmozor tepaliklari eng qad. arxeologik yodgorliklar, Toshmasjid esa milliy meʼmorlik namunasidir. Fargʻonaliklar VIII asr boshida Fargʻona vodiysiga bostirib kelgan Qutayba ibn Muslim boshchiligidagi arab qoʻshinlariga qattiq qarshilik koʻrsatganlar.
Abu Hafs (660—715, Andijon viloyati Jalolquduq tumani, Kox qishlogʻi) — Umaviylarning Xurosondagi noibi (705—715), Movarounnahrni bosib olgan arab sarkardasi. Qutayba ibn Muslim Qays (qaysit) nomli shimoliy arab qabilasiga mansub boʻlgan. Hajjoj ibn Yusuf tomonidan Xuroson amiri (noibi) qilib tayinlangach (705), dastlab Xuroson va Toxaristonni toʻla ravishda arablarga boʻysundirdi. Soʻngra u 706— 715-yillar orasida Movarounnahrning katta qismini (Romitan va Poykendni, 707; Varaxsha, Vardona va Buxoroni, 709; Shuman, Kesh va Nasafni, 710; Xorazm va Samarqandni, 712; Shosh, Fargʻona va Qoshgʻarni, 713—715-y. larda) arab xalifaligiga tobe etgan. Qutayba ibn Muslim qoʻshiniga Buxoro va Samarqanddagi sugʻdiylar va turkiylar, xususan, Vardona mulkining hukmdori Vardonxudot qattiq qarshilik koʻrsatgan.1
Qutayba ibn Muslim tomonidan mahalliy aholini islom diniga kiritish dastlab qattiq qarshilikka uchragan. Masalan u toʻrtinchi marta jang qilib Buxoroni olgach, arablar buxoroliklar bilan birga turib, ularning xatti-harakatlaridan xabardor boʻlib tursalar buxoroliklar zaruratdan musulmon boʻladi degan maqsadda Buxoro aholisiga oʻz uylarining yarmini arablarga berishga undab buyruq chiqardi. Qutayba ibn muslim ibn M. shu yoʻl bilan Buxoro va boshqa shaharlarda musulmonchilikni oʻrnatdi. U Movarounnahrda dastlabki Jomeʼ masjidini Buxoroda qurdirdi (712—713). Qutayba ibn Muslim boshqa shaharlarda ham masjidlar qurdirib, zardushtiylik va buddaviylikka qarshi ayovsiz kurashdi.
Beruniynning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida keltirilishicha, «Qutayba Xorazm xatini yaxshi biladigan, ularning xabar va rivoyatlarini oʻrgangan va bilimini boshqalarga oʻrgatadigan kishilarni halok etib, butkul yoʻq qilib yuborgan edi. Shuning uchun u (xabar va rivoyatlar) islom davridan keyin haqiqatni bilib boʻlmaydigan darajada yashirin qoldi».
Qutayba ibn muslim ning yangi xalifa Sulaymon (hukmronlik davri: 715—717) ga boʻysunmasligi, Movarounnahrdagi arab qoʻshinlari oʻrtasida unga nisbatan norozilik paydo boʻlishi va isyon koʻtarilishiga olib keldi. Arablarning shaybon qabilasiga mansub Hayyon anNabatiy (uning 7 ming kishilik qoʻshini boʻlgan) va tamim (tamimiy) qabilasi vakili Vaqi ibn Abu Sud boshchiligidagi isyonchilar Qutayba ibn Muslimning chodiriga bostirib kirib, u bilan birgalikda Abdurrahmon, Abdulloh, Solih, Husayn, Abdulkarim nomli ukalarini, oʻgʻli Kasir ibn Qutayba va jiyanlarini (jami 11 erkakni) oʻldirishgan. Qutayba ibn Muslim Kox qishlogʻidagi Raboti Sarxang (hoz. Mozorbuva) qabristonida dafn etilgan. Uning shaxsi ilk oʻrta asrlardan boshlab Movarounnahrda islom ulamolari tomonidan muqaddaslashtirilgan.
Xulosa.
Ushbu kurs ishining asosiy maqsadi Jalaquduq tumaninning mustaqillik yillaridagi iqtisodiy va xo’jalik sanoatini yoritish edi va bu masalada tumanning kelib chiqish tarixi va dastlab boshqa tumanlar bilan birlashgani umumiy kelib chiqish tarixi va muhim tarixiy obyektlari haqida malumotlar berib o’tildi. Kurs ishidan shunday qisqacha xulosaga kelish mumkin. Tumanda bir nechta arxeiologik va turizimni ayniqsa ziyorat turizimini rivojlantirish uchun imkoniyatlar va yodgorliklar mavjud. Umumiy aytganda asosiy sanoati qishloq xo’jaligi hisobiga to’g’ri keladi. Chegara hudu hisoblangani uchun ham xizmat ko’rsatish sohasini rivojlantirishga e’tibor qaratish zarur. Tumandagi turizimni nnrivojlantirsh imkoniyati kuchli bo’lgan asosiy manzil bu Qutayba ibn Muslim maqbarasi. Qadimiy maqbara Jalaquduq tumani Paxtakor qishlog‘ida, Andijon shahridan 28 km. uzoqlikda joylashgan.
Arab qo‘mondoni Qutayba ibn Muslim Bohiliy 715-yilda yangi saylangan xalifa Sulaymonga itoat etishdan bosh tortgan isyonchilar tomonidan o‘ldirilgan.
Uning qabri joylashgan qabriston tarixchi Narshaxiy tomonidan “Mozorbuva” nomi bilan tilga olinadi.
Ushbu manzilni yanda obod qilib ichki va tashqi sayyohlar uchun mehmonxonalar qurish va xizmat ko’rsatish sohasini rivojloantirish mumkin. Bundan tashqari tumanda iqtisodiy rivojloanish bo’yicha markazlar qurish, ta’lim sohasini rivojlantirshga ham e’tibor qaratilmoqda. Xususan Andijon Davlat universitetining Axborot texnologiyalari fakultetining Jalaquduq tumaniga ko’chirilishi tumanda ushbu soha bo’yicha yuqori rivojlanish bo’lishiga turtki bo’lsa ajab emas.
Dostları ilə paylaş: |