2. Jalaquduq tumani iqtisodiyoti va sanoati. Jalolquduq tumanida Soʻfiqishloq paxta zavodi, Oyimda «Bunyod» momiq ishlab chiqarish korxonasi, davlat podshipnik zavodi, parrandachilik fabrikasi, Oxunboboyev makka saralash korxonasi, Yorqishloqda ip yigiruv-toʻquv kombinati, Gurunchmozor neft bazasi, mexanizatsiyalashgan koʻchma kolonna faoliyat koʻrsatmokda. «As-Oyimtekstil», «Topas», Oʻzbekiston-Turkiya, OʻzbekistonRossiya qoʻshma korxonalari tashkil etilgan (1999). 200 dan ziyod kichik korxona va firma mavjud.
Tuman qishloq xo’jaligi asosan paxtachilikka ixtisoslashgan. Gʻallachilik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik, chorvachilik bilan ham shugʻullaniladi. Qishloq xo’jaligida foydalaniladigan yer mayd. 25,1 ming ga. Paxta, gʻalla ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari yetishtiriladi. Pilla yetishtirish yoʻlga qoʻyilgan. qishloq xo’jaligida korporatsiya, dehqon-fermer xoʻjaligi uyushmalari, shirkatlar tashkil qilingan. Chorvachilik fermalari xususiylashtirilgan. Qishloq xo’jaligidagi yalpi mahsulotning 99% mulkchilikning nodavlat sektoriga toʻgʻri keladi. Dehqon-fermer xoʻjaliklari va xususiylashtirilgan shaxsiy fermalarda 5,3 ming qoramol, 6,7 ming qoʻy-echki, 391-yilqi, 70 mingga yaqin parranda boqiladi.
Andijon viloyatining Jalolquduq tumanidagi Oyim shaharchasida O‘zbekiston korxonasi — “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyati hamda Xitoyning “VIMAKOT LTD” (Gonkong) firmasi tomonidan ustav fondi 17379,5 ming yevroga teng bo‘lgan yopiq aksiyadorlik jamiyati shaklidagi “Oyim Tekstil” O‘zbekiston—Xitoy qo‘shma korxonasi tashkil etilayotganligi;

O‘zbekiston tomoni — “Bunyod-M” aksiyadorlik jamiyatining ulushi ustav fondida 8526,7 ming yevroga teng miqdorni (49%), Xitoyning “VIMAKOT LTD” (Gonkong) firmasi ulushi esa 8852,8 ming yevroga teng miqdorni (51%) tashkil etishi;

loyihaga muvofiq “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasi 4365 tonna paxta kalavasi xamda 4200 tonna oqartirilgan gazlama ishlab chiqarilishini ta’minlashi;
loyihaga muvofiq “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasi 4365 tonna paxta kalavasi xamda 4200 tonna oqartirilgan gazlama ishlab chiqarilishini ta’minlashi;
xorijiy muassis hamda “Oyim Tekstil” qo‘shma korxonasi kreditdan foydalanishning butun davri mobaynida marketingni hamda ishlab chiqariladigan mahsulotning kamida 70 foizi tegishli davrda shakllangan jahon narxlari bo‘yicha tashqi bozorda sotilishini ta’minlashi ma’lumot uchun qabul qilindi.