11 Mutafakkir allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan
2. Sharq uyg’onish davridagi allomalarimiz asarlarida tarbiya masalalar. Ma’lumki, Sharqda, aynan O’rta Osiyo zaminida yuz bergan Uyg’onish jarayoni xususan dunyoviy fanlar rivojida alog’ida yuksalish bosqichi bo’ldi. Bu borada ilm-fan va madaniyat taraqqiyotida turli tarixiy davrlarda faoliyat ko’rsatgan «Ilm uylari» - Bag’doddagi (819-833) «Bayt ul-hikmat» (Bag’dod akademiyasi), Хorazm poytaxti Urganchdagi «Ma’mun akademiyasi», shuningdek «Ulug’bek akademiyasi» va boshqa ko’plab yuksak ilm dargohlarining o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Uyg’onish davri o’z yuksak aql-zakovati, salohiyati, izlanishlari bilan fanning ko’plab sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan qanchalab buyuk daholarni yetishtirib berdi. Ular jahon fanining tibbiyot, falakiyot, matematika, jug’rofiya, tarix, geologiya, geodeziya, minerologiya, farmakologiya va boshqa yo’nalishlarining tamal toshini yaratdilar. Bu muqaddas zamindan yetishib chiqqan Muhammad Muso al-Хorazmiy, Ahmad al-Farg’oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Bakr Muhammad Narshaxiy, Abu Abdullo Хorazmiy, Mahmud az-Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy, Nizomulmulk, Kaffol ash-Shoshiy, Mirzo Ulug’bek, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi va boshqa buyuk siymolar nomini haqli ravishda ehtirom bilan tilga olamiz. Milliy mustaqilligimiz sharofati tufayli ularning boy ilmiy merosi sarchashmalaridan tag’inda mo’l-ko’l baxramand bo’la boshladik. «Istiqlol sharofati bilan, - degan edi Islom Karimov, - ma’naviyat buloqlarining ko’zi ochildi, biz bu buloqning zilol suvlaridan bahramand bo’la boshladik. Sho’ro davrida unutilgan qadriyatlarimiz, nomi qoralangan bobokalonlarimizning durdona so’zlarini biz obi kavsardek ko’zimizga surtmoqdamiz. O’ylaymanki, biz nimaga erishgan bo’lsak, ana shu savobli ishlarimiz uchun Allohning bizga in’om etgan marhamatidandir».[2] Allomalarimizning qomusiy bilimdonliklari shundaki, ularning har biri bir emas, balki ko’plab ilm-fan yo’nalishlarida ulkan kashfiyotlar o’ildilar. Bu jihatdan Muhammad Muso al-Хorazmiy (783-850), Ahmad al-Far¨oniy (797-865), Abu Nasr Forobiy (873-950)larning fandagi jasoratlari ibratlidir. Agar al-Хorazmiy matematikaga oid «Hisob aljabr va al-Muqobala», «Hind hisobi haqida kitob», «Astronomik jadvallar», «quyosh soatlari haqida risola» asarlari bilan matematika (algoritm) va astronomiya fanlarining tamal toshini qo’ygan bo’lsa, uning «Kitob surat al-arz» asari arab geografiyasi fanining tom ma’noda yaratilishiga negiz bo’lib xizmat qildi. Olimning «Kitob at-tarix»i esa Movarounnahr, Хuroson va Kichik Osiyo xalqlari tarixining VIII-IХ asrlari davrini o’rganish uchun muhim manba hisoblanadi.
Ma’lumki arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VII asrdan boshlab esa arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qo’llanilgan edi. Al-Хorazmiy Hindistonda kashf qilingan o’n raqamidan iborat sanoq tizimini o’rgandi, soddalashtirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Хorazmiy «Arifmetika» si bilan birga hind raqamlari ham arab dunyosiga kirib keladi. XII asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaladi. Arab raqami hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tanitgan Al-Хorazmiy ekani Abu Rayxon Beruniyning «Hindiston» asarida ham aytib o’tilgan. U o’z davridagi Bag’dod ilmiy Akademiyasi faoliyatiga rahbarlik qilgan, bu esa uning nufuzining ko’tarilishiga katga ta’sir ko’rsatgan. Astronomiya, geografiya va boshqa fan sohalarida muhim kashfiyotlar o’ilgan Ahmad al-Farg’oniy nomi ham mangulikka daxldordir. Chunonchi, olimning «Astronomiya asoslari haqida kitob», «Al-Farg’oniy jadvallari», «Yetti iqlimni hisoblash haqida» singari asarlari allomaga astronomiya ilmida jahoniy shuhrat keltirdi. U Yer sharining ilk bor xaritasini tuzgan birinchi buyuk geograf olim hamdir. U nafaqat Sharq dunyosida shuhrat qozonib qolmay, balki G’arb olimlari e’tirofiga ham sazovor bo’lgan. Shu bois u Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhurdir. Bejiz yurtboshimiz Al-Farg’oniyni «...kishilik tarixidagi ilk Uyg’onish davrining eng zabardast va yorqin namoyandalaridan biri, o’z zamonasi fundamental fan asoschilaridan edi. Uning merosi insoniyatning yangi ilm cho’qqilariga ko’tarilishiga sababchi bo’ldi, butun ma’rifiy dunyo olimlari uchun dasturulamal bo’lib xizmat qildi», deb ta’rif etgan edi.
Хalifa Usmon Qur’oni Amir Тemur Shom (Suriya) yurishidan o’lja sifatida o’z poytaxtiga olib kelgan. Тemuriylar tarixi Davlat muzeyida saqlanayotgan mavjud “Qur’oni Karim” dastlabki tayyorlangan islomiy manbadir. Ayni chog’da islom madaniyatining gultojisi hisoblangan hadisshunoslik ilmi rivoj topib bordiki, bunda xam peshqadamlikni o’rta Osiyolik buyuk muhaddis olimlar egalladilar. Islom olamida Qur’oni Karimdan keyin mo’’tabar manba, bu hadisi sharifdir. Sharif degan so’z arabcha bo’lib, sharafli, aziz, qadrli degan ma’nolarni anglatadi. Sharif unvoniga sazovor bo’lgan shaharlar,bular: Shom, Bag’dod, Quddus, Mozori Sharif va Buxoroyi Sharifdir. Muhammad sallollohu alayhi va sallamning aytgan gaplari, qilgan ishlari, shularning hammasi sunnat hisoblanadi. Bular haqidagi dalolat esa xadisdir.
Butun musulmon dunyosida birdan-bir to’g’ri, ishonchli deb tan olingan 6 nafar hadischilar: Imom Buxoriy, Imom Muslim al Hajjoj, Iso at-Тermiziy, Imom Abu Dovud Sijistoniy, Imom An-Nasafiy, Imom Abdulla ibn Yazib ibn Mojjalar hammasi aslan Markaziy Osiyolik bo’lib, ularning «qutubi sitta» («Olti kitob») asari butun dunyoga mashhurdir. Ular orasida Imom Buxoriy (810-870) va ul zotga mansub «Al jome’ as-sahih» («Ishonarli to’plam») asari yagonadir. Bu asarni islomshunoslar «qur’oni Karim»dan keyingi ulug’ o’ringa qo’yadilar. 4 jilddan iborat bu muborak kitobga 7275 ta eng sahih (ishonarli) hadislar kiritilgan bo’lib, ular nihoyatda qimmatli tarbiyaviy-ma’rifiy ahamiyatga egadir. Allomaning «Al adab al-mufrad» («Adab durdonalari») asari ham mashhurdir. Bular mustaqillik yillarida o’zbek tilida birinchi bor chop etildi. Uning bulardan tashqari yana 20 dan ziyod asarlari mavjud. Alloma tavalludining 1225 yilligi o’lkamizda 1998 yilning oktabrida keng nishonlandi hamda uning xoki-poyi dafn etilgan Samarqand yaqinidagi Hartang qishlog’ida esa unga bag’ishlab yodgorlik majmui barpo etildi.
Imom Buxoriy shogirdi va izdoshi Imom at-Тermiziy (824-892) xam buyuk xadisshunos allomalardan biridir. Uning mashxur asari «Al-jome’» deb ataladi. «Ash-shamoil an-nabaviyya» («Payg’ambarning aloxida fazilatlari», 408 ta xadisu sharifni o’z ichiga olgan mazkur asar 1991 yilda o’zbek tilida birinchi bor chop etilgan), «Kitob az-zuxd» («Тaqvo haqida») va boshqa kitoblar ham bu zoti sharif qalamiga mansubdir. Islom ta’limotida shariat va uning ruknlari xam muxim o’rin tutadi. Shariat (arabchada to’g’ri yo’l, qonunchilik ma’nosida) - islom diniy xuquqi, ya’ni barcha musulmonlar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qonunlar, huquqiy-axloqiy ko’rsatmalar majmuidir.
Islomiy ilm taraqqiyotida alloma Burhoniddin Marg’inoniy (1123-1197) ning xizmati ham buyukdir. U 1178 yili “Hidoya” (“Тo’g’ri yo’l”) noyob asarini yaratadi. Bu kitobda o’sha zamonlarda, jumlai musulmonlar duch keladigan dolzarb masalalar, jumladan, oilaviy va ijtimoiy munosabatlar, mulkchilik, savdo-sotiq, jinoiy jazo va insonning burch va mas’uliyatlariga taalluqli juda ko’p murakkab muammolarni islomiy huquq nuqtai nazaridan hal etib beradi. Mazkur kitob nafaqat Movarounnahrda, balki butun islom Sharqida xam islom-huquqshunosligi bo’yicha nufuzli huquqiy manba – asosiy qo’llanma sifatida foydalanilgan. Alloma «Bidoyat al-mubtadiy» («Boshlovchilar uchun dastlabki ta’lim»), «Kifoyat al-muntaxiy» («Yakunlovchilar uchun tugal ta’lim»), «Nashr ul-mazhab» («Mazhabning yoyilishi»), «Kitob ul-mazid» («Ilmni ziyoda qiluvchi kitob»), «Kitob al-faroiz» («Farzlar kitobi»), «Manosik ul-xaj» («Haj marosimlari»), Kitob ul-mashoyix («Shayxlar haqida kitob») va boshqa ko’plab asarlar muallifidir. Bu asarlarda adolat tuy¨usi, o’z davrining xuquqiy mezonlari asosida yashash, o’zganing mol-mulkiga ko’z olaytirmaslik, haromdan hazar qilish, insof va diyonat, mehr-oqibat kabi ezgu tushunchalarning moxiyati ochib berilgan. Allomaning ilmiy merosi jahonning ko’plab oliy o’quv yurtlarida musulmon xuquqshunosligi yo’nalishida o’rganiladi.