Kurs ishning obyekti: Mutafakkirlar allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan o‘rni o’tish metodikasi
Kurs ishning predmeti: Mutafakkirlar allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan o‘rni uslubiy asoslari.
Kurs ishining maqsadi: Mutafakkirlar allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan o‘rni tatbiq etish.
Kurs ishining vazifalari: 1. Allomalarimiz asarlarida farzand tarbiyasi.
2. Sharq uyg’onish davridagi allomalarimiz asarlarida tarbiya masalalar.
3. Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda allomalar asarlaridan foydalanish yo’llari
Kurs ishining amaliy ahamiyati:Tadqiqot natijasida umumiy o‘rta ta‘lim boshlang‘ich sinflarida ona tili o’qitish metodikasini o‘rgatish bo‘yicha ta‘limiy topshiriqlar, dars ishlanmalar, dars modellari, ilmiy-metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, Asosiy qism, 4 band, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat..
Allomalarimiz asarlarida farzand tarbiyasi.
Oilada axloqiy tarbiyaning rolini ko’rsatish, unda ota-bobolarimizdan meros bo’lib qolgan axloqiy fazilatlarni egallashning naqadar ahamiyatli ekanligini ilmiy nazariy jihatdan tahlil etish juda muhimdir.
“Xalqning axloqiy mezonlari uning yillar davomida yerishgan ulkan ma’naviyati bilan uzviy bog’langan. Ana shuning uchun axloqiy tasavvurlarimiz, axloqiy qadriyatlarimiz millat uchun, uning obro’yi va istiqboli uchun xizmat qilsagina, o’z o’timishini, ma’naviy merosini, qadriyatlarini unutmaydi”4.
“Ota-bobolarimizning asrlar davomida to’plagan hayotiy tajribalarini o’zida mujassam etgan bu nodir qo’lyozmalarni jiddiy o’rganish davri keldi”5, - deb o’rinli ta’kidlagan edi prezidentimiz I.A.Karimov.
Haqiqatdan o’zbekona milliy axloqda ota-bobolarimizning nodir qo’lyozmalari tarixiy-tajribalari davrlar sinovidan o’tgan saboqlari va bizga doimo madad bo’lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Ularning sharofatlari tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz asrlar osha avlodlardan-avlodlarga o’tib kelmoqda. Chunki bir tomchi bo’lsa ham ularning qoni tomirimizda oqayotir. Ana shu qonni jo’sh urdirmoq bilan yuraklarimiz uyg’oq, dilimiz ravshan, tafakkurimiz munavvar. Ana shunday kayfiyat bizning dilimizda ko’p yillardan beri yashirinib kelinar edi. Endilikda milliy istiqlol tufayli milliy-axloqiy qadriyatlarimiz qaytadan tiklandi. Ulardan bolalarni ma’naviy jihatdan tarbiyalashda foydalanish oilaviy tarbiyamiz uchun obektiv zarurtga aylandi.
Sharq xalqlarining bir necha ming yillar mobaynida yaratgan bebaho odob-axloq qoidalari, qadriyatlari mavjud. Ularni qaytadan tiklash va hayotga tadbiq etish muhim masalalardan biridir.
Sharq mutafakkirlarining ilmiy merosida ta’lim-tarbiya masalalari muhim o’rin egallaydi. Ayniqsa, ular oila va oilada farzand tarbiyasiga katta e’tibor berganlar. Zero yosh avlod tarbiyasi insoniyatning kelajak taqdirini belgilaydigan, ularni ijobiy mezon bilan qurollantiradigan sifatlar bo’lganligi uchun ham mutafakkirlar bu muammoni hal qilishga harakat qilib kelganlar. Muhamad ibn Muso al Xorazmiy, Abu Nosr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn sino, Muhamad Qoshg’oriy, Yusuf Xos Hojib, Kaykovus, Umar Xayyom, Ahmad Yugnakiy, Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o’rtaga qo’yilgan va ularni hal etish yo’llari ko’rsatib berilgan.
Shoir mutafakkirlar qomusiy asarlarida va odob axloqqa bag’ishlangan risolalarida o’zlarining pedagogik qarashlarini ifodalaganlar va ular pedagogik hamda falsafiy-didaktik xarakterga egadirlar. Bular jumlasiga Yusuf Xos Xojibning “Qutadg’u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul Haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa’diyning “Bo’ston va guliston”, Jomiyning “Bahoriston”, Alisher Navoiyning “Hayrat-ul abror” va “Mahbub-ul qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzda yozilgan asarlari kiradi.
Shuningdek, o’tmishda diniy-tasavvufiy asarlar ham yozildiki, ularda bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari ilgari surilgan bo’lib, ular ma’naviyatimiz tarixida munosib o’rin egallaganlar. Imomo al-Buxoriy, Imom al-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Az-Zamaxshariy, Sulaymon Boqirg’oniy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro va boshqalar shular jumlasidandir.
“Bizga tarixdan ma’lumki, qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o’z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim”,6 - degan g’oyani ilgari surgan edilar. Bu g’oya fransuz xayoliy sosialistlari Sen-Simon, Sharl Fure va David Rikardolarning asarlarida keyinchalik rivojlantirildi. Ular o’z fikrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog’liq deb isbotlamoqchi bo’lganlar. Shunga ko’ra, bola tarbiyasi bilan asosan davlat shug’ullanishi kerak, degan g’oyani ilgari surganlar. Ammo Sharq mutaffakkirlari, bola tarbiyasi bilan ota-ona shug’ullanishi kerak, degan xulosaga kelganlar. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e’tibor beradilar.
Umuman, oilada bola tarbiyasi masalasi juda qadimdan mutafakkirlarni qiziqtirib kelgan, ular bu masalaga hayotiy faoliyatning muhim bir tomoni sifatida qaraganlar va uni hal etishni o’zlarining vazifasi deb hisoblaganlar.
Eramizdan avvalgi 528-529 yillar orasida buyuk mutafakkir Zardusht tomonidan yaratilgan “Avesto” kitobida ham ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarni ko’rish mumkin.
“Avesto”da ta’kidlanishicha, tarbiya hayotning eng muhim tayanchi bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash zarurki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pag’onaga ko’tarilsin. Shu boisdan, har bir bolani yosh paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini anglatish uchun daraxt ko’chati o’tqazishga, uy-ro’zg’or qurollari yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug’ullanishga o’rgatilishi shart.
Bizga tarixda ma’lumki zardushtiylik dinidan so’ng islom dini hukmronligi boshlanadi. Islom dinining tarqalishi kengayib borganligi sari uning qonun-qoidalari, g’oyaviy fikr-mulohazalarni kelib chiqishi tabiiy edi. Shu sababdan, payg’ambarimiz Muhammad Allayhissalomning hayotlik chog’larida aytgan so’zlari, qilgan ishlari, yo’l-yo’riqlari, pand-nasihatlari uning hadislari va sunnatlari hisoblanib, islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyin ikkinchi manba hisoblanadi.
1) Sharq uyg’onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Farobiy o’zining ko’p qirrali ijodi bilan inson bilimlari rivoji asarlarida oqilona davlat tizimi, insoniyat jamiyati haqidagi nodir va dono fikrlarga duch kelamiz. Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri”, “Baxt saodatga yerishuv haqida”, “Aql ma’noli haqida risola” kabi asarlarning muallifidir. Uning uqtirishicha, insonning barcha qobiliyat va fazilatlari ikki tomonga ega. Birinchisi – tug’ma, irsiy, tabiiy xislatlar bo’lsa, ikkinchisi, tajriba, amaliyot, sharoit ta’sirida tarkib topadigan xislatlardir. Shuningdek, bola tarbiyasida bir-biri bilan bog’liq bo’lgan xislatlarni hisobga olish lozimligini ta’kidlaydi. Mutafakkirning bu qarashlari hozirgi zamon pedagogikasining muhim tamoyillaridan biri bo’lgan ijtimoiy va biologik tomonlarning o’zaro munosabatining birligi degan qoidaga juda mos keladi.
Farobiy o’zining odob-axloq haqidagi ta’bir joiz bo’lsa, axloqiy tarbiya haqidagi qarashlarini muayyan bir tizimga tushiradi. Uning so’ziga qaraganda, nimaiki baxtni qo’lga kiritishga xizmat qilsa – yaxshilikdir, nimaiki baxtga erishishga xalaqit bersa, mutlaq yomonlikdir. Bu fikr uning axloqiy qarashlarida asosiy mezon bo’lib xizmat qiladi. Shunga ko’ra, u o’z fikrini yanada chuqurlashtirib, ko’zda tutilgan maqsadni qo’lga kiritishga yordam beruvchi qobiliyat va xatti-harakat – yaxshilik, uning aksi bo’lsa yomonlikdir, degan g’oyani ilgari suradiki, bola tarbiyasi bir maqsadga qaratilgan holda olib borilmog’i va u aqliy va axloqiy tarbiya birligidan iborat bo’lmog’i lozim degan xulosa kelib chiqadi.
2) Oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Bakr Muhammad ibn Al-Abbos Al-Xorazmiy qarashlarida ham mavjud. Uning aytishicha “ota-onalar ikki xil: tug’ilish otasi va ta’lim berish – otasi: birinchisi, jismoniy hayot sababli, ikkinchisi, ruhiy xayot sababli”. Shunga ko’ra ularni uzviy birlikda olib qarash tarbiya ishida muhimdir. Uning quyidagi so’zi ancha ibratlidir:
“Zamondan yaxshiroq ta’lim beruvchi muallimni, insondan yaxshiroq ta’lim oladigan o’quvchini ko’rmadim”7. Uning bu so’zlaridan bir tomondan ijtimoiy muhitni bola tarbiyasi uchun hal qiluvchi ta’sirni anglasak, ikkinchi tomondan inson shaxsi ta’lim natijasida kamolotga yerishib borishi mumkinligini anglaymiz.
3) Abu Rayhon Beruniy “O’tmish avlodlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “E’tiqodlar va dinlar haqida” kabi ko’pgina asarlarida bolalarni axloqiy tarbiyasiga oid qimmatli fikrlarni yozadi. Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog’laydi. Inson tabiati ota-ona. Avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko’ra, bola tarbiyasida ota-ona ta’siri va namunaga benihoya kattadir. Masalan, u ayollarga nasihat qilib, Abdulla ibn Ja’far tilidan shunday deb yozadi. “Rashkdan saqlangin. U taloqning kalitidir. Yeringga tez-tez tanbeh qilishni senga ta’qiqlayman. Chunki, tanbeh nafrat uyg’otadi. O’zingni bezab yurgin. Buning uchun yaxshi vosita surmadir. Yana xushbo’y atirlardan foydalangin. Ularnig ichida eng yaxshisi suvdir”8. Uning bu fikrlari bevosita oilada farzand tarbiyasiga ta’lluqlidir.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini ham o’rtaga tashlaydi. Oilada tozalik, pokizalik va tartib mavjud emas ekan, u yerda ma’naviy poklik ham bo’lmaydi. Bu fikrini tanni toza tutish bilangina cheklab bo’lmaydi, balki ko’p harakat qilishga chaqiradi. Bu harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat haqidagi fikri insonning tani bilan ruhi pokligini bir butunligi to’g’risidagi g’oya bilan bog’liqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy sog’lomlik bilan ma’naviy kamolot o’rtasidagi o’zaro muvofiqlik, mutanosiblik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy aytishicha, odam-odamni talamaydigan va xo’rlamaydigan yomonchilik bo’lmaydigan davrlarda odamlar tinch-totuv yashaganlar, ular o’rtasida o’zaro oqibat bo’lgan, birgalashib savob ish qilganlar. Binobarin, bunday ma’naviy muhit bolalarning tarbiyasiga ham ijobiy ta’sir qiladi. Oliyjanoblik odamgarchilik jamiyatda qaror topsa, bu fazilatlar kishilar hayotiy faoliyatiga kirib borishi oson bo’ladi, degan fikrni olg’a surgan.
Beruniyning yozishicha, kishilar hayotlarida turli holatda bo’ladilar va turlicha harakat qiladilar. Ularning ayrimlari bilan maqtaladilar, boshqalari bilan qoralanadilar. Bularning hammasi bolalar ko’z o’ngida yuz beradi. Buni to’la his etgan ota-ona ehtiyot bo’lmoqlari zarur. Ota-onalar bilan birga harakat qilishlari, turli o’yinlar uyushtirishlari, ular bilan birga o’zaro suhbatlar o’tkazishlari maqsadga muvofiq deb maslahat beradi. Bu bilan Beruniy bolalarni tarbiyalashning muayyan uslubiyotini ham asoslab bergan.
Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishdan, qo’rqish va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali yerishilishini aytib, ularni hohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-onaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.
Beruniy ota-onalarga qarata bolaning mo’tadillikda saqlashni tavsiya etadi. Bunga asosan bolani qattiq g’azablanishidan, qo’rqishdan va xafalikdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtiriladi. Ota-oaning bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Yaxshi xulqlarni paydo bo’lishi, bola ruhiyatiga ta’sir qilibgina qolmasdan, uning fiziologik o’sishiga ham yordam beradi. Yomon xulq esa turli mijoz buzilishlariga ham olib keladi. Aksincha, bola organizmidagi o’zgarishlar uning ruhiyatidagi, xatti-harakatidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaradi. Mutafakkir bola xulq-atvorining mo’tadilligi natijasida tan va ruh sog’lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab beradi.
Oila va oilada bola tarbiyasi masalasi Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosida ham muhim o’rinni egallaydi. U o’zining qator asarlarida bolani salomatligi, uning tarbiyasi haqida eng muhimi bola – ruhiyatini o’rganish borasida ko’plab qimmatbaho fikrlarni asoslagan. Ularning hammasi bir butun bo’lib, muayyan pedagogik qarashlar tizimini tashkil etadi va u ma’naviy axloqiy barkamol insonni shakllantirish haqidagi g’oyaga borib taqaladi.
Ibn Sinoning “Inshorat”, “Donishnoma”, “Xay ibn yaqzon”, “Salamon va ibsol”, “Tib qonunlari”, “Tadbir ul-manozil” kabi asarlarida tarbiyaning barcha shakllariga oid qarashlari mavjud. Bu qarashlar yuz yillar davomida avlodlar uchun tarbiyalash maktabi bo’lib kelmoqda. Masalan, uning “Tadbir ul-manozil” nomli asarida katta bir bob oila va oilaviy tarbiya masalasiga bag’ishlangandir.
Ibn Sino oilada bola tarbiyasi ancha murakkab va nozik bo’lib, uni bolaning yoshligidan boshlash va izchillik bilan olib borish lozimligini uqtiradi. U ona allasining tarbiyaviy ahamiyati haqida to’xtalib “Alla” ikki vazifani bajaradi, deydi. Birinchisi, uni tebratish orqali bolaga jismoniy orom bag’ishlanadi; Ikkinchisi, beshikni bir maromda tebratishdan onaning mehri jo’sh uradi, bolasiga bo’lgan muhabbatidan onaning orzu-umidi yurak to’ridan siqilib chiqaradi. Bu o’ziga qo’shiq bolasiga qasidadek yangraydi va u farzandining murg’ak qalbiga, butun shuuriga singib boradi. Shu tarzda bolada o’zi ham anglamagan holat paydo bo’ladi. U asta-sekin bu yorug’ olamni anglay boshlaydi. Ana shu anglashdan o’rganish boshlanadi. Xuddi shu o’rganish tarbiyalanishdir. Zotan, o’rganish sezishdan boshlanadi. Ibn Sino ana shu holatga e’tiborini qaratib, “Yosh bolaning sezgirlik quvvati katta odamga teng keladi”9, - degan fikrni bildirgan.
Ibn Sino “Tib qonunlari”nomli asarida bolaga tug’ilmasdan turib g’amxo’rlik qilish uchun onaning salomatligi, jismoniy va ruhiy pokligi zarurligini ta’kidlab, shaxs salomatligini saqlashni faoliyatning boshqa tomonlari bilan birga olib borish g’oyasini ilgari suradi.
Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig’i – otaning roliga alohida e’tibor beradi. “Aga oilada, - deydi u, - oila boshlig’i tajribasizlik, no’noqlik qilsa, u oila a’zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda undan yomon natijalar kelib chig’ishi mumkin”.Bola tarbiyasi yaxshi yo’lga qo’yilsa, oila baxtli bo’ladi. Oilaning eng muhim vazifasi bola tarbiyasi hisoblanadi. Ota-ona kim bo’lishidan qat’iy nazar bu vazifani mas’uliyat bilan ado etishi lozim.
Ibn Sino bola tarbiyasida otaning burchi haqida to’xtalib o’tadi. Eng avvalo, ota farzandi tug’ilgach unga yaxshi ism qo’yishi va tarbiyalashga kirishmog’i lozim. Ayniqsa, bola tarbiyasida ota-onaning yaxshi fazilati, ular o’rtasidagi o’zaro munosabatlar esa yuksak axloqiylik asosida bo’lishini ta’kidlaydi.
“Tadbir ul-manozil” asarida yer va xotinning yaxshi sifatlari sanab o’tiladi. Ularning shaxsiy namunalari bola uchun o’rnak bo’lib, uning kelajak taqdirini belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida uqtiriladi.
Ibn Sinoning yaxshilik va yomonlik tushunchalariga bo’lgan munosabati Farobiy va Beruniylar fikriga hamohang bo’lib, u ham irsiyat, muhit va tarbiyaning ta’siri bola tarbiyasi uchun birdek muhim deb hisoblaydi. U yaxshi va yomon xulqning hammasi sharoit, tarbiya, muhit odatlani natijasida vujudga kelishini qayd qilib o’tadi.
Ibn Sino oilada bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda mehnasevarlikning roliga alohida urg’u berib, ota-onalarni farzandlarga nisbatan kasb-hunar o’rgatishga chaqiradi. Mehnatni ulug’laydi. Mehnasiz hayot kechirishning bolaga bo’lgan salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi. Ayiqsa, Ibn Sino aqliy, axloqiy, yestetik va jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yo’llari haqidagi fikrlari bugungi kunda ham ijtimoiy va amaliy ahamiyat kasb yetmoqda hamda milliy –ma’naviy qadriyat sifatida e’tiborga loyiqdir.
Oila va oilaviy tarbiya borasida XI asrda yashab, ijod etgan mashhur ulug’ shoiri mutafakkir va donishmandi Yusuf Xos Xojib o’zining “Qutadg’u bilig” (“Qut ato etgan bilim”) nomli asarida keng to’xtalib o’tadi. U o’z davrida va o’zidan oldingi mutafakkirlar o’rtaga surgan barkamol insonni tarbiyalash g’oyasini asosiy maqsad qilib qo’yadi. Insondagi mukammallik esa uning xusni xulqi bilan bog’liq deydi. Husni-xulqining zamirida esa yezgulik yotadi.
Mutafakkir “Qutadg’u bilig” asarida bola tarbiyasi haqida to’xtalib shunda deb yozadi: “Farzand qanchalik bilimli. Aqlli-hushli bo’lsa, ota-onaning yuzi shunchalik yorug’ bo’ladi”. U bola tarbiyasida otaning mas’uliyatiga alohida e’tibor beradi. “Kimning o’g’il qizi yerka bo’lsa, - deb yozadi u, unga shu kishining o’zi mungli bo’lib yig’laydi. Ota bolani kichikligida bebosh qilib qo’ysa bolada gunoh yo’q, barcha jafo otaning o’zida; o’g’il-qizning xulq-atvori yaramas bo’lsa, bu yaramas ishni ota qilgan bo’ladi. Ota bolalarni nazorat qilib, turli hunarlarni o’rgasa, ular ulg’aygan o’g’il-qizim bor deb sevinadi; o’g’il-qizga hunar va bilim o’rgatish kerak, toki bu hunar bilan ularning fe’l-atvorlari go’zal bo’lsin”10-deb ota-onalarga maslahat beradi.Bola asta-sekin hunar o’rganib, hayotdan ta’lim olib bilimdon bo’ladi, chinakam insoniy go’zallika yerishadi. Inson faqat farzandlariga yaxshilik urug’ini sochibgina qolmasdan, bu urug’ni parvarish ham qila bilishi zarur. Bu narsa ular tarbiyasida zohir bo’ladi. Mutafakkir yaxshilik va yezgulik chinakam insonlarning olijanob fazilatidir, degan xulosaga kelar ekan, undan olamda agar yaxshi kishilar bo’lmaganida haqiqiy insoniylik ham bo’lmas edi, degan falsafiy xulosaga keladi.