11 Mutafakkir allomalarimiz merosining farzand kamolotida tutgan
3. Dars va darsdan tashqari mashg’ulotlarda allomalar asarlaridan foydalanish yo’llari Tarbiyaviy ishlar jarayonida barkamol avlodni tarbiyalash muhim o’rin tutadi. Aniq maqsadga qaratilgan tarbiya ishida jamoaga va ba’zi bir talablarga ta’sir qilishini tashkil etish tarbiyaviy ishlarning asosini belgilaydi.
Tarbiyaviy ishlarning asosiy jihati barkamol avlodni har tomonlama kamol topishini hisobga olgan holda ularning tarbiyaviy jihatiga e’tiborni qaratish zarur bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi va tarbiyachilar yoshlar bilan tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda metodikaga tayanish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya metodlari. Yosh avlodni tarbiyalashda turli xil metod va vositalardan, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalaniladi. Metod (lotincha-metodos-yo’l so’zidan olingan bo’lib) tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot deb tarjima qilingan. Metodika (yunonchametodika) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish tarbiyalash usullari va vositalari degan tushunchani anglatadi. Tarbiya metodlari - pedagog-o’qituvchilarning o’quvchilarga ta’sir ko’rsatish usullari, vositalari, tarbiyalanuvchilarga barkamol shaxs xislatlarini singdirish maqsadida tarbiya jarayonini pedagogik jihatdan maqsadga muvofiq tashkil etish yo’llaridir. Tarbiya metodlari tarbiyaviy ishlar metodikasi fani ishlarini to’g’ri tashkil etishda muhim vosita bo’lib, bola shaxsining har tamonlama kamol topishi bilan belgilanadi va tarbiyaviy ishlar jarayoniga taalluqli bo’lgan ko’pgina tarbiyaviy ta’sirlarni o’z ichiga oladi. Tarbiya metodlari ijtimoiy jamiyat tamonidan ta’lim muassalari oldiga Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti va vazifalari o’quvchilarni yuksak darajada tarbiyalash san’atining qirralari, shakllari va yo’llari hamda o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida baxs yuritadi; ta’lim muassasalarida tarbiya ishlarini to’g’ri tashkil etish. O’quvchilarni ma’naviy, axloqiy jihatdan intellektual salohiyatli etib tarbiyalash o’quvchilarning tarbiyalanganlik darajasini aniqlash, tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish mahoratiga ega bo’lish, tarbiya ishlarida zarur bo’lgan metodlarni qo’llay bilish,tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’z bilimini rivojlantirib borish, har tamonlama barkamol, erkin, ijodkor, tashkilotchi, mustaqil fikr egasi bo’lgan shaxsni tarbiyalash vazifasini o’z ichiga oladi. Tarbiya metodlari o’qituvchi va jamoa tamonidan tarbiyalanuvchilarning g’oyaviy va ma’naviy e’tiqodlarini, ma’naviy his tuyg’u va odatlarini tarkib toptirish maqsadida qo’llanadigan shaxsga tarbiyaviy ta’sir ko’rsatish yo’llarini anglatadi. Metodlar tarbiyaning maqsad va mazmuniga bog’liq bo’ladi. Shuning uchun tarbiyalanuvchilarning rivojlanganlik darajasini hisobga olish tarbiya metodlaridan samarali foydalanishning muhim shartlari hisoblanadi. O’qituvchi o’quvchilar bilan tarbiyaviy ishlarni olib borganda turli xil usul va vositalarni qo’llaydi. Tarbiya metodlarining xilma-xilligi ularni turlarga ajratish, ta’sir qilish zarurligini ko’rsatadi.
Sharqu Gʻarbni oʻzaro bogʻlagan, buyuk sivilizatsiyalar tutashgan yurtimiz hududida ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, oʻrta asrlarda ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimë, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi koʻplab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar butun bashariyatning maʼnaviy mulki hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganidek: «tarixiy merosni asrab-avaylash, oʻrganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish ham davlat siyosatining eng muhim ustuvor yoʻnalishlaridan biridir” [1].
Sharqning ulugʻ allomalari va mutafakkirlarining kashfiyotlari zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot poydevori. Jamiyat taraqqiyotidagi har qanday oʻzgarishlar, yangiliklar, ayniqsa, insoniyat rivojiga katta turtki beradigan jarayonlar, kashfiyotlar oʻz–oʻzidan yuz bermaydi. Buning uchun avvalo asriy anʼanalar, tegishli shart–sharoit, tafakkur maktabi, madaniy–maʼnaviy muhit mavjud boʻlmogʻi kerak. Ilm–fan, taraqqiyot avvalo nimaga bogʻliq? Oʻrta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va taʼlim-tarbiya, tibbiyot, adabiyot, sanʼat va arxitektura sohalaridagi beqiyo
s yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi, yangi-yangi isteʼdodli avlodlar toʼlqinining paydo boʼlishi va voyaga yetishi — bularning barchasi, birinchi navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar xoʼjaligining ancha jadal oʼsishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yoʼllar qurilishi, yangi karvon yoʼllarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning taʼminlanishi bilan bevosita bogʼliq boʼlgan.
Sharq olamida, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari hayotida rivojlangan madaniyatning mavjud boʻlgani haqida qadimgi baqtriya, soʻgʻd, oʻrxun, xorazm yozuvlarida bitilgan yodgorliklar, devoriy tasviriy sanʼat asarlari va haykalchalar, arxitektura namunalari dalolat beradi.
XI-XIII asrlarda asos solingan Xorazm davlati, Fors koʻrfazigacha boʻlgan hududlardagi qoʻshni xalqlar yerlarini birlashtirgan holda, Osiyo qitʼasining katta qismini qamrab olgan. Milodgacha boʻlgan II asrdan milodiy XV asrga qadar qadimiy xalqaro transport arteriyasi vazifasini bajarib, Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, Oʻrta va Yaqin Sharq, Oʻrta yer dengizi mintaqasi kabi hudud va mamlakatlarni bogʻlab kelgan Buyuk Ipak yoʻlining ahamiyati beqiyos boʻlgan.
Buyuk Ipak yoʻli — Xitoy, Hindiston va Markaziy Osiyo, Oʻrta va Yaqin Sharq, Oʻrta yer dengizi mintaqasi kabi hududlar oʻrtasida savdo-sotiq aloqalarini, balki qitʼalar va davlatlar oʻrtasida axborot almashuvini taʼminlashga xizmat qildi, yangi texnologiya va ishlanmalarning (ipak, chinni buyumlar, porox, qogʻoz va boshqa koʻplab mahsulotlar) tez tarqalishida, qishloq xoʻjaligi ekinlari va agrotexnologiyalarning, madaniy qadriyatlarning rivojlanishida muhim vosita vazifasini bajardi, shu tariqa sivilizatsiyalararo muloqot va texnologiyalar almashuvi uchun shart-sharoitlar yaratdi.
Bu davrlarda turli mamlakatlar xalqlarining ilmiy bilim va yutuqlar bilan bir-birini boyitib borishi bilan Buyuk Ipak yoʻli alohida rol oʻynadi. Buyuk Ipak yoʻli orqali Yevropaga, Yevropadan esa Osiyoga Sharq va Gʻarb olamidagi ulugʻ alloma va mutafakkirlar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yetkazildi. Sokrat, Platon, Aristotel, Ptolomey va antik davrga mansub boshqa buyuk allomalarning ilmiy asarlari, gʻoya va kashfiyotlarini oʻrganish uchun amaliy imkoniyat vujudga keldi.
Maʼlumki, oʻsha davrlarning anʼanalariga koʻra, maʼrifatparvar mutafakkir va faylasuflar, olimlar va shoirlar odatda hukmdorlar va sultonlar saroylarida panoh topganlar. Ular orasida IX-XI asrlarda Xivada tashkil etilgan Maʼmun akademiyasi va “Baytulhikma”, yaʼni “Donishmandlik uyi” degan nom bilan shuhrat qozongan Bagʻdod akademiyasida, shuningdek, XV asrda Samarqandda shakllangan Mirzo Ulugʻbekning ilmiy maktabida samarali mehnat qilgan bir guruh olimlar butun dunëga dong taratdilar.
Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Sharq uygʻonish davri — Sharq Renessansi sifatida dunë ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan. Agar Yevropa Uygʻonish davrining natijalari sifatida adabiyot va sanʼat asarlari, arxitektura durdonalari, tibbiyot va insonni anglash borasida yangi kashfiyotlar yuzaga kelgan boʻlsa, Sharq Uygʻonish davrining oʻziga xos xususiyati, avvalo, matematika, astronomiya, fizika, ximiya, geodeziya, farmakologiya, tibbiyot kabi aniq va tabiiy fanlarning, shuningdek, tarix, falsafa va adabiyotning rivojlanishida namoyon boʻladi.
Oʻrta asrlarda Sharq ilm-fani rivojida Xorazm Maʼmun akademiyasi alohida oʻrin tutgan. Ulkan kutubxona, madrasa, tarjimon va xattotlar maktabi kabi tuzilmalarga ega boʻlgan bu dargohda yuzdan ortiq allomalar, isteʼdodli talabalar ilmiy izlanishlar olib borgan. Abu Nasr ibn Iroq, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Xoʻjandiy, Ahmad ibn Muhammad Xorazmiy kabi qomusiy olimlarning umumbashariy tafakkur rivojiga qoʻshgan hissasi beqiyosdir.
YUNESKO shafeligida Xorazm Maʼmun akademiyasining 1000-yilligi nishonlangani, uning faoliyati qayta tashkil etilgani mamlakatimizda ajdodlar xotirasiga, ilm-fan rivojiga qaratilayotgan eʼtiborning yorqin namunasidir.
Oʻsha davrdagi eng buyuk mutafakkir olimlardan biri Muhammad Muso Xorazmiydir. Bugun butun dunë foydalanadigan hisob-kitob amallari, zamonaviy texnologiyalar faoliyati ana shu bobokalonimiz yaratgan qoidalarga asoslanadi. Butun dunë Xorazmiyning ilm-fan rivoji yoʻlidagi hissasini yuksak qadrlaydi.
Al-Xorazmiy algebra faniga asos soldi, ilmiy maʼlumot va traktatlarni bayon etishning aniq qoidalarini ishlab chiqdi, u astronomiya, geografiya va iqlim nazariyasi boʻyicha koʻplab ilmiy asarlar muallifidir. Allomaning dunë ilm-fani rivojidagi xizmatlari umumeʼtirof etilgan boʻlib, Sharq olimlari orasida faqat uning nomi va asarlari “algoritm” va “algebra” kabi zamonaviy ilmiy atamalarda abadiylashtirildi.
Keyingi alloma Ahmad Fargʻoniyning “Astronomiya asoslari” nomli asari oʻn ikkinchi asrda lotin va ivrit tillariga tarjima qilingani, keyinchalik Italiya, Germaniya, Fransiya, Gollandiya va AQSH kabi koʻplab mamlakatlarda qayta-qayta chop etilgani uning naqadar ulkan ahamiyatga egaligini koʻrsatadi. Allomaning Yer sharsimon shaklda ekanligi borasidagi qarashlarini oradan sakkiz yuz yil oʻtib amalda isbotlagan mashhur sayoh Xristofor Kolumb “Er meridianining bir darajasi miqdori haqidagi al-Fargʻoniy hisoblarining toʻgʻriligiga toʻla ishonch hosil qildim”, deya dastxat qoldirgan.
Oʻn oltinchi asrda Oydagi kraterlardan biriga bobokalonimiz nomi berilgan. YUNESKO qaroriga muvofiq 1998 yilda Ahmad Fargʻoniy tavalludining 1200-yilligi xalqaro miqësda nishonlandi. Bu buyuk ajdodimizning jahon sivilizatsiyasi rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi, xalqimiz ilmiy salohiyatining yana bir eʼtirofi boʻldi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Quva va Fargʻona shaharlarida mutafakkir haykallari bunëd etildi, Fargʻona davlat universitetiga Ahmad Fargʻoniy nomi berildi.
Ahmad Fargʻoniy tomonidan IX asrda yaratilgan “Astronomiya asoslari” fundamental asarida olamning tuzilishi, Yerning oʻlchovi haqidagi dastlabki maʼlumotlar, sayoramizning sharsimon koʻrinishga ega ekani xususidagi dalillar mavjud boʻlib, mazkur kitob XVII asrga qadar Yevropa universitetlarida astronomiya boʻyicha asosiy darslik sifatida oʻqitib kelingan hamda Buyuk geografik kashfiyotlar davrida Kolumb, Magellan va boshqa sayohatchilarning kashfiyotlari uchun ilmiy asos boʻlib xizmat qilgan.
Ahmad Fargʻoniyning amaliy yutuqlaridan biri uning oʻrta asrlardagi asosiy astronomik asbob — usturlob nazariyasini ishlab chiqqani va shuningdek, Nil darësida “Nilomer” degan, koʻp asrlar davomida suv sathini oʻlchaydigan asosiy vosita sifatida xizmat qilib kelgan mashhur inshootni yaratgani boʻldi.
Ibn Sino nomi dunë fani va madaniyati tarixiga zarhal harflar bilan bitilgan. Doimo yashil boʻlib turuvchi tropik oʻsimlik “Avisenniya” deb atalgan. Koʻplab mamlakatlarda koʻchalar, oʻquv va tibbiyot muassasalariga uning nomi qoʻyilgan, alloma sharafiga medal va mukofotlar taʼsis etilgan.
Xulosa Ma’lumki, o’qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda mashaqatli va murakkab kasbdir. Yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun pedagogik nazariyani egallashning o’zigina yetarli emas. Chunki pedagogik nazariyada bolalarni o’qitish va tarbiyalash haqida umumiy qonun- qoidalar, tamoyillar, umumlashtirilgan metodik g’oyalar bayon etiladi, o’quvchilarning yosh va individual xususiyatlarini e’tiborga olish ta’kidlanadi. Maktab hayoti, amaliy pedagogik jarayon esa juda xilma- xil, murakkabdir. Pedagogik nazariyaga mos kelmaydigan vaziyatlar ko’p uchrab turadi. Bu esa o’qituvchidan keng bilimdonlikni, puxta amaliy tayyorgarlik va yuksak pedagogik mahorat hamda ijodkorlikni talab etadi.
Shuningdek, o’qituvchida bolalarni yoqtirish, ular bilan ishlashga mayli borlik, xushmuomalalik, kuzatuvchanlik, keng fikrlay olish, tashkilotchilik, o’ziga va boshqalarga nisbatan talabchanlik kabi shaxsiy sifatlar mavjud bo’lishi zarurdir.
Pedagogik faoliyat – yosh avlodni hayotga, mehnatga tayyorlash uchun xalq, davlat oldida javob beradigan, bolalarga ta’lim- tarbiya berishishi bilan shug’ullanadigan va bu ishga maxsus tayyorlangan odamlarning mehnat faoliyatidir. «Tegishli ma’lumoti, kasb tayyorgarligi bor va yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug’ullanish huquqiga ega», - deyiladi «Ta’lim to’g’risida»gi qonunda.
O’qituvchining barkamol insonni tarbiyalash, unda milliy va umuminsoniy fazilatlarni tarkib toptirish vazifasi eng olijanob, yuksak va shu bilan birga eng murakkab vazifadir. har bir bola o’z xulq- atvoriga, xarakteriga ega. Bolalarni tarbiyalashda ularning anna shu o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olish, o’rganish nihoyatda murakkab. Bunda odamlar o’rtasidagi ijtimoiy munosabatlarning murakkabligiga mos keladigan maxsus usullardan foydalaniladi. Pedagogik faoliyatga tayyorgarlik ko’rayotgan yoshlar uning anna shunday xususiyatlarini bilishlari lozim. o’qituvchilik ixtisosining bu xususiyatlari uning kasbnomasida ifodalanadi.
Shuni ham unitmaslik kerakki, bolaga tarbiyaviy ta'sir etuvchi omillar hozirgi davrda g`oyat darajada ko`paydi: oila, keng jamoatchilik, radio, televideniya, kino, teatr, kitob, jurnal, musiqa va boshqalar.
Sinf rahbari bolalarni yaxshi tarbiyalay olishi uchun ularni, albatta, ajdodlarimiz fikrlari bilan sug’orib borish lozim.