Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi. Texnologiya darslarini integratsiyalash Reja



Yüklə 24,07 Kb.
səhifə2/3
tarix07.01.2024
ölçüsü24,07 Kb.
#204344
1   2   3
Hafiza ikki

O’z mehnatidan non yegan kishi,
Xotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo’lgani uchun emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi. Halq pedagogikasida “Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o’yib yozilgan hikmatdur” – deb ta’kidlanadi.
“Farzandlarga odob-hunar o’rgatmak merosdur” – deb nasihat qilinadi Qobusnomada “Sen odob, hunar va donishini o’zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish bo’lgaysan”. Chunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros yo’qdir
Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabr-qanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rolь o’ynaydi
Abu Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo’lib o’tishini sinchiklab o’rgangan va hunarni yuqori baholagan. U “Hunarmandchilikda, mehnatda to’liq ustozlik sa’natini egallab olishi kerak”, degan fikrni aytadi.
«Integratsiya» tushunchasi ta'lim jarayoniga tatbiq etilganda ikkita ma'noni anglatadi: birinchidan, bu maktab o‘quvchilarida bizni o‘rab turgan atrof-olamni bir butunlikda deb qabul qilinishiga erishish (bunda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida maydonga chiqadi); ikkinchidan, fanga doir bilimlarni umumiy jihatlarini yaqinlashtirish (bunda integratsiyaga ta'lim vositasi sifatida qaraladi).
Integratsiya - «butun» degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur o‘sishi jarayonining turli qism va elementlarini bitta butunga birlashtirish bo‘lib hisoblanadi. Integratsiya fanlarning mexanik birlashishi emas, bu sintez, yangi narsaning kelib chiqishi, kashfiyotdir. Alohida tizimlarning yaqinlashishi, bog‘lanishi va yagona bir yangi narsaning yaratilishidir
Integrativ ta'limda - fanlararo bilimlarni (integrativ bilimlarni) chuqurlashtirish va oshirish, ularni shakllantirish o‘rganiladi.
Ta'limdagi integratsiyani quyidagicha ifodalashni lozim topdik:
1. Butun borliq haqida yaxlit tassavvur hosil qilish (bu yerda integratsiya ta'lim maqsadi sifatida qaraladi);
2. Turli fan bilimlarini yaqinlashtirish uchun umumiy platforma topish (bunda integratsiya vosita sifatida ishlatiladi).
3. Rivojlantiruvchi ta'lim berish vositasi sifatida.
4. Umuminsoniy, milliy tarbiya vositasi sifatida.

Yüklə 24,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin