Mavzu: Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi. Texnologiya darslarini integratsiyalash Reja



Yüklə 24,07 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü24,07 Kb.
#204344
1   2   3
Hafiza ikki

Ikki o‘quv fani o‘rtasidagi aloqalarni o‘rnatishda va ularning integratsiyasida vaqti-vaqti bilan u yoki bu fan tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Turli o‘quv fanlardagi mavzularning uzviy bog‘liqligi va mantiqiy o‘zaro aloqadorligi integratsiyalashgan darslarning asosi bo‘lishi kerak.
Integratsiyaning tarkibiy qismlari. Olib borilgan tadqiqotlardan ma'lum bo‘ldiki, integratsiya ma'lum bir tarkibiy qismlarga ega ekan. Quyida ana shu haqda fikr yuritiladi.
Ob'ektga doir integratsiya: bunda bir ob'ektning turli fanlardagi timsollari bir mavzu, bo‘lim yoki kurslarga (yer, suv, havo, oziq-ovqat va boshqa) kiritiladi.
Tushunchaga oid integratsiya: bunda umumiy tushuncha (energiya, harakat, modda, axborot va boshqalar)lar mazmunini ochib beradigan mavzu yoki kurslar qamrab olinadi.
Nazariyaga oid integratsiya: u fizika, kimyo, biologiyadagi kvant nazariyasi; biologiya, kimyo, astronomiya, texnika, sotsiologiyadagi evolyusion nazariyaga asoslanadi.
Metodologik integratsiya: u falsafa metodologiyasi kabi ilmiy bilishning alohida metodlariga taalluqli integratsiya bo‘lib, ularga tizimli yondashuvning qo‘llanilishi va uning mohiyati, tabiatshunoslikka oid muammolarning qo‘yilishi va ularning hal etilishi; fandagi tushuntirish va prognoz qilish; kuzatish, tajriba, modellashtirishning tuzilish mohiyati va qo‘llanilishi kabilar kiritiladi.
Integrativ darslarni tashkil qilish orqali o‘quvchilar bilan munozara qilish, ularni fantaziya qilishga o‘rgatish, guruhlararo musobaqalarni tashkil etish, savoljavoblarni uyushtirish mumkin. Bunday zamonaviy dars turlarini qo‘llashdan asosiy maqsad o‘quv jarayonida o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quv materialini o‘zlashtirishlarining yuqori darajasiga erishishdan iborat. Ana shunday texnologiya o‘quvchilarda dunyoni o‘zgacha tasavvur qilishga o‘rgatadi, amaliyotni hayot bilan bog‘lashga, nazariy qoidalarni so‘zma-so‘z yodlamaslikka, shaxs va jamiyat uyg‘unligini anglashga, fikrlar rang-barangligiga erishishga, nostandart tafakkur qilishga, shuningdek, o‘z-o‘zini rivojlantirish yo‘llarini tushunishga imkon yaratadi.
Yüklə 24,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin