Mavzu: Mutaxassis nutqining kommunikativ xususiyatlari Reja



Yüklə 289,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix18.10.2022
ölçüsü289,51 Kb.
#65384
1   2   3   4
sohada qollanilish 7mavzu

sintaktik-uslubiy.  
1. Bir so’zni qayta-qayta ishlatish. Bunday xatoning kelib chiqishiga sabab
birinchidan, o’quvchi so’zni ishlatishga kam e’tibor beradi va faol lug’atidagi 
so’zdan takroriy foydalanadi; ikkinchidan, o’quvchining so’z boyligi kam, 
sinonimlarni bilmaydi, takrorlanadigan so’zlar o’rniga olmoshlardan foydalana 
olmaydi.
Agar o’qituvchi bir so’zni qayta-qayta ishlatmaslik uchun uning 
ma’nodoshlaridan yoki shu so’z o’rniga olmoshlardan foydalanish kerakligini 
yaxshi tushuntirsa, kichik yoshdagi o’quvchi matnni e’tibor bilan o’qib, takrorlarini 
nisbatan tez tuzata oladi.
2. So’zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq 
ma’nosida ishlata olmaslik. Bunday xato bolaning nutqi yaxshi rivojlanmaganligi, 
so’z boyligining kamligi sababli yuzaga keladi.
Leksik xatolar xilma-xil bo’lgani uchun uni to’g’rilash va tushuntirish usullari ham 
turlicha, ammo bunday xatolarning oldini olishning umumiy yo’li bor: bu yaxshi 
nutqiy sharoit yaratish, o’qilgan va qayta hikoya qilingan matnni til tomondan tahlil 
qilish, matndagi so’zlarning ma’no qirrasini tushuntirishdir.
3. Morfologik-uslubiy xatolarga so’z shaklini, so’z o’zgartuvchi va so’z yasovchi 
qo’shimchalarni noto’g’ri qo’llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
Sintaktik-uslubiy xatolarga so’z birikmasi va gap tuzishga oid xatolar kiradi. 
Bunday xatolar juda xilma-xildir.
Kompozitsion, mantiqiy va dalillarni noto’g’ri bayon qilish nutqiy xato 
hisoblanmaydi.
Tipik kompozitsion xatoga insho, hikoya, bayonning tuzilgan rejaga mos 
kelmasligi, ya’ni voqea, kuzatishlarni bayon etishda izchillikning buzilishi kiradi. 
Mantiqiy xatolar:
1. Tasvirlanayotgan voqea-hodisa uchun zarur bo’lgan so’z, ba’zan zarur lavha, dalil 
tushirib qoldiriladi. Bunday xatoning sababini tushunish uchun o’quvchining insho 


yozish vaqtidagi ruhiy holatini kuzatish talab etiladi. U sekin yozadi, ammo ishga 
berilib ketib, tez fikrlaydi, ya’ni u hikoya mazmunini biladi, ammo tez fikrlash va 
sekin yozish natijasida ayrim o’rinlar yozuvda aks etmay qoladi.
2. Mantiqiy izchillik buziladi. Masalan, Zavodda paxtadan ip qilinadi. Terimchi 
paxtani paxta terish mashinasida teradi. Bunday mantiqiy xatolarni o’quvchilar 
matnni qayta o’qish va tahlil qilish jarayonida oson to’g’rilaydilar. 

Yüklə 289,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin