Mavzu: Nafas olish mexanizmi Nafas olish jarayoni haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 22,87 Kb.
səhifə3/6
tarix20.11.2023
ölçüsü22,87 Kb.
#162596
1   2   3   4   5   6
Mavzu Nafas olish mexanizmi Nafas olish jarayoni haqida umumiy -fayllar.org

Kislorodning miqdori. Nafas olish jarayoni uchun kislorodning miqdori eng muxim omillardan biri hisoblanadi. Havo tarkibidagi kislorod (21%) o`simliklarning erkin nafas olishiga to`la etarli bo`lib, hatto uning miqdori 9% gacha kamaysa ham o`simliklarga zararli ta`sir qilmaydi. Faqat atmosferada kislorod miqdori 5% ga tushgandan so`ngina uning etishmasligi sezila boshlaydi.
O`simlik to`qimalaridagi kislorod miqdori atmosfera tarkibidagi kisloroddan kamroq bo`lib, o`zgarib turadi. Masalan, qand lavlagisining barg to`qimalarida bu ko`rsatkich miqdori bir sutka davomida 7,1% dan 17,4% gacha o`zgaradi. Demak atmosferadagi kislorod o`simliklar uchun to`la etadi. Ammo ildiz tizimi joylashgan tuproqda tez-tez kislorod etishmaslik hollari sodir bo`lishi mumkin. Ayniqsa, strukturasi buzilgan, chirindi (gumus) moddalari kam, suv bosib uzoq muddatga saqlanib qolgan qatqaloq hosil bo`lgan yerlarda kislorodning tuproq zarrachalari orasiga kirib turish jarayoni buziladi va ildizlar uchun anaerob sharoit yuzaga keladi. Ildiz tizimi joylashgan tuproq muhitida kislorodning etishmasligi, anaerob nafas olish o`rniga bijg’ish jarayonini faollashtiradi va natijada zapas organik moddalar ko`proq sarflanadi. Oraliq moddalar sifatida spirtlar ajralib to`planib o`simlik ildizlari chiriy boshlaydi. Bu uzoq davom etsa o`simliklarning o`sish va rivojlanishi, hosildorligi keskin kamayadi va hatto o`simlik o`lishi ham mumkin. Shuning uchun bunday yerlarga qo`shimcha ishlov berish, tuproqni yumshatish qatqaloqqa yo`l qo`ymaslik, o`g’itlash (organik va mineral) zarur.


Karbonat angidridning miqdori. Karbonat angidridning miqdori ham nafas olish jarayonida ma`lum axamiyatga ega. To`qimalarda u ko`p miqdorda to`planganda nafas olish tezligi pasayadi. Karbonat angidridning to`planishi ko`pincha pishib etilgan va qattiq po`st bilan qoplangan urug’larda sodir bo`ladi.
Ko`pchilik yovvoyi o`simliklarning qattiq po`st o`ralgan urug’lari uzoq yillar davomida o`zining ko`karish qobilyatini yo`qotishmaydi, chunki ularning po`sti ostida to`plangan karbonat angidrid ta`siridan nafas olish tezligi juda sust bo`lib, organik modda tezda sarflanmaydi. Omborlarda CO2 ning miqdori ko`p bo`lganda mevalar uzoq muddatgacha yaxshi saqlanadi.



Yüklə 22,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin