Mavzu Nafas olish mexanizmi Nafas olish jarayoni haqida umumiy -fayllar.org
Xarorat. O`simliklarning nafas olish jarayoni xarorat ta`siriga uzviy bog’liq. Bu bog’liqlik ma`lum xarorat darajalarida Vant-Goff qoidasiga bo`ysunadi. Ya`ni xarorat har safar 100 C ga ko`tarilganda nafas olish tezligi ikki barobar oshadi. Masalan, u 00 C dan 200 C gacha oshib borganda reaksiya tezligi ham 2-3 marta oshib boradi. Lekin 200 C dan yuqori xaroratda reaksiya tezligi kamroq oshib boradi. O`simlik turlari va a`zolarining xarorat chegaralari bo`ladi (minimal, optimal va maksimal). Nafas olishning minimal (pastki) chegarasi ko`pchilik o`simliklar uchun juda past. Masalan, qarag’ay va archalar uchun – 250 C Albatta issiqsevar o`simliklar uchun bu ko`rsatgich ancha yuqori, ayrimlari uchun 00 C atrofida bo`ladi. Xarorat oshganda nafas olish kuchi ham oshadi va u 400 C etguncha Vant-Goff qoidasiga bo`ysunadi. Ko`pchilik madaniy o`simliklarda, 400 C dan oshgach, nafas olish ham darxol yuqoriga ko`tariladi, 500 C atrofida keskin pasayib qoladi va o`simlik qattiq zararlanadi. Shuning uchun ham nafas olish dastlab kuchayib so`ngra pasayadigan xarorat emas, balki bu jarayon doim yuqori darajada bo`ladigan xarorat optimal deyiladi. Ko`pchilik o`simliklar uchun 300-400C atrofida bo`ladi. Bu fotosintezning optimum darajasidan 5-100 C yuqori. Maksimal xarorat esa 45-550 C atrofida bo`lib, har bir o`simlik oqsilining xususiyatlariga bog’liq. Nafas olishning optimal xarorat darajasi tanadagi modda almashinuv jarayonidagi barcha bioximik reaksiyalar va fermentlarning faolligi uchun ham ancha qulaydir.
Nafas olish protsessi fotosintezga teskari, ya’ni moddalar yo‘qolishi to‘xtamaydigan protsessdir. U kechayu-kunduz davom etadi. Nafas olishning temperaturaga bog‘liqlik egri chizigi prinsip jihatidan optimal shaklga ega. Lekin uning uchun eng yuqori nuqta xosdir va u temperatura yuqori bo‘ladigan oblastlarda keskin ravishda pasayib ketadi. Masalan, kartoshkada egri chiziqning keskin egilishi temperatura taxminan 500 ga yetganda boshlanib, bundan bir oz ko‘tariladigan bo‘lsa, u vaqtda nafas olish keskin pasayadi, o‘simlikning barglari optimum darajadan yuqori temperaturaga hammasi bo‘lib bir necha minut davomida chidaydi, shundan keyin nobud bo‘la boshlaydi. Bundan tashqari, temperaturaning nafas olishga ta’siri vaqt faktori bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Yuqori temperatura uzoq vaqt davomida ta’sir etishi oqibatida nafas olish tezligi doim pasayib ketadi.
Shunday qilib, nafas olishda temperatura optimumining holati ko‘p jixatdan isishning davomiyligigaborliq, ya’ni ujuda qay harakatchan bo‘lib,uning qandaydir o‘zgarmas kardinal nuqtada bo‘lishi haqida hulosa chiqarish qiyin, chunki bunda ko‘p faktorlarni hisobga olish kerak bo‘ladi.
Kuzatishlardan ma’lum bo‘lishicha, haqiqatdan ham 10° dan past temperaturada ayniqsa tropik o‘simliklarda nafas olish o‘rta hisobda uch baravar tezlashgani holda 25-30° dan yuqori bo‘lsa yoki o‘simliklar uzoq vaqt isib ketsa, nafas olish koeffitsenga so‘zsiz pasayadi (temperaturaning ta’siri oqibati).
Nafas olish intensivligi o‘simliklarning butun oziqlanish balansiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Shimol sharoitida minimal temperaturada nafas olish intensivligining pasayishi yoki ortishi o‘simliklar «ochlik»ning pastki va yuqori chegarasida o‘sishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Temperatura yuqori bo‘ladigan oblastlarda o‘sadigan o‘simliklarda nafas olish intensivligi, odatda, past bo‘ladi va bu holat ularning uglevodorodni saqlab qolishi uchun moslashuvini ta’min etadi. Iqlimi birmuncha sovuq oblastlar o‘simliklarida nafas olish intensivligi oldingi tur o‘simliklarnikiga qaraganda yuqori bo‘ladi. Bu esa metabolism intensivligini tartibga solishga va past temperaturada o‘sishning yaxshilanishiga imkon beradi. B. A. Tixomirovning (1963) qayd qilishicha, Chekka Shimol o‘simliklari nafas olish intensivligi yuqoriligi bilan harakterlanadi, shunga ko‘ra, ular maqsuldorligining pastligi bilan farq qiladi.
Nafas olish protsessining tartibga solinishida tungi past temperatura katta ahamiyatga ega: tungi soatlarda havo qancha sovuq bo‘lsa, nafas olish shuncha kuchsiz bo‘ladi, shunga ko‘ra, tungi nurlanish kuchli bo‘ladigan joylarda nafas olishda uglevodlar ancha kam sarflanadi. Suli ekilgan dalalarda olib borilgan kuzatishlar natijasiga ko‘ra, tunda temperatura 10° pasayganda temperatura doimiy ravishda 20° bo‘ladigan joylardagiga qaraganda hosil qariyb 30% ga ortar ekan. Lekin shuni qayd qilib o‘tish kerakki, o‘simliklarda nafas olish intensivligining pasayishi o‘sish tezligining susayishiga olib keladi. Shu bilan birga tunda temperaturaning ma’lum minimum darajagacha pasayishi o‘sish fazasi tugagan o‘simliklar uchun ancha foydali hisoblanadi.