2.Shimoliy Amerikadagi integratsiyaning boshqa mintaqalardagi integratsiya modellari bilan qiyosiy tahlili Globallashuv sharoitida xalqaro iqtisodiy munosabatlaning yangi qiyofasi integratsion jarayonlarning jo‘shqinlashuvi va shakllangan integratsion uyushmalarning rivojlanishi bilan bir qatorda o‘zining tarixi va xususiyatlariga ega bo‘lgan integratsiyaning yangi markazlari yuzaga kelayotganligi bilan tavsiflanadi.
1994-yilning 1 yanvarida AQSh, Kanada va Meksika hududida
Shimoliy Amerika erkin iqtisodiy zonasi — NAFTA (North American Free Trade Agreement - NAFTA) ni tashkil etish to‘g ‘risidagi kelishuv kuchga kirgan bo‘lib, u jahon iqtisodiyoti globallashuvining yangi bosqichida ishtirokchilarning o ‘rnini mustahkamlash va ularning milliy manfaatlarini himoya qilish vositasiga aylandi.
Bir qator holatlar, shu jumladan ushbu mamlakatlaning geografik yaqinligi, NAFTA kelishuvining imzolanishiga qadar mintaqaviy integratsiya shartnomaviy-huquqiy asosining rivojlanishi, davlatlararo rasmiylashtirilishini talab qilgan ishtirokchi mamlakatlarning o‘zaro bog‘liqligining o‘sishi mazkur Kelishuvning
imzolanishiga turtki berdi. Buning ustiga Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida integratsion jarayonlarning faollashishi, Yaponiya tomonidan raqobatning kuchayishi sharoitida Amerika mahsulotlarining raqobatbardoshligini saqlash uchun AQSh oldiga Shimoliy Amerika qit’asida integratsion jarayonlarni rivojlantirish masalasini ko‘ndalang qo‘ydi. NAFTAni tashkil etishning dastlabki shart-sharoitlarini ko`rib chiqamiz. Shimoliy Amerikadagi integratsion jarayonlar ikki mamlakat — AQSh va Kanadaning o‘zaro munosabatlaridan boshlandi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab Kanadaning AQSh bilan iqtisodiy munosabatlari uning iqtisodiy taraqqiyotida asosiy omillardan biriga aylandi. Bu davrga kelib, tovarlar, kapitallar, xizmatlarning intensiv ayirboshlanishi kuzatilgan bo‘lib, u mazkur ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin iqtisodiy mintaqaviylashuvdan guvohlik berardi. Ko‘p sonli savdo kelishuvlarining imzolanishi iqtisodiy integratsiyaga sabab bo‘ldi. AQSh va Kanada o'rtasida erkin savdo zonasini tashkil etishga bo‘lgan dastlabki intilish 1854-yildayoq boshlangan edi, biroq kelishuv AQShdagi fuqarolar urushi (1861-1865 yy.) oqibatida 1866- yilda bekor qilinib, keyingi yillarda Kanada - Amerika savdo munosabatlari turli maxsus kelishuvlar bilan tartibga solingan. AQSh hukumati har doyim ham Kanada tovarlarining importini rag‘batlantirmagan. Masalan, 1930-yilda juda yuqori darajadagi proteksionistik tariflarning joriy etilishi ko'pgina kanadalik ishlab chiqaruvchilar uchun AQSh bozorini yopib qo‘ydi. 1947-yilda «Ebbot(Kanada moliya vaziri) rejasi»ning qabul qilinishi Shimoliy Amerikada integratsion jarayonlarning faollashishiga yo‘naltirilgan rasmiy harakat bo`ladi. Yevropadagi «Marshallrejasi» kabi Shimoliy Amerikadagi «Ebbot rejasi» Kanada iqtisodiyotining yetakchi sanoat tarmoqlariga xorijiy (eng avvalo, Amerika) kapitalining oqib kelishi uchun ochiqligi va bu bilan Kanada-Amerika iqtisodiy integratsiyasining rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilishini ko‘zda tutgan. Boshqa tomondan, Kanada hukumati GATT kelishuvi bo‘yicha xalqaro savdoni erkinlashtirish jarayonini qo`llab-quvvatlagan holda, AQSh bilan ikki tomonlama iqtisodiy kelishuvlaning imzolanishini istamagan. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, ikki mamlakat o‘rtasidagi savdoning erkinlashtirilishiga yo‘naltirilgan ayrim kelishuvlar imzolangan. Shunday qilib, qo'shma harbiy ishlab chiqarishga oid bo`lgan 1959-yilgi Kelishuv Kanadada harbiy mahsulotlami ishlab chiqarishda Amerika standartlarining joriy etilishiga olib kelgan hamda Shimoliy Amerikada butun harbiy sanoatning chuqur integratsiyalashishini ta’minlagan dastlabki tarmoqli Amerika - Kanada kelishuviga asos solgan. Keyinchalik, 1965-yilda AQSh va Kanada ko‘pgina boshqa tarmoqlarning integratsiyasini rag‘batlantirgan, jum ladan avtomobilsozlik mahsulotlari savdosini erkinlashtirish to‘g ‘risidagi Kelishuvni imzoladi. Umuman olganda, ikkala kelishuv ishlab chiqarish va xizmat doirasidagi hamkorlikning kengayishiga yordam berdi va tegishli tarmoqlardagi texnika taraqqiyotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Kanada - Amerika xo‘jalik munosabatlaridagi erkinlashtirisli jarayonining boshqa tarmoqlarga keyingi tatbiq etilishi 70-yillarda savdo-sotiq shart-sharoitlari keskin yomonlashgan, iqtisodiy o‘sish sekinlashgan, proteksionizm darajasi o‘sgan va nihoyat xalqaro valyuta va energetika sohasidagi tanglik oqibatida to‘xtatildi. Natijada 70-yillar mobaynida Amerika kapitalining oqib kelishini cheklashga qaratilgan iqtisodiy millatchilik va yetakchi sanoat tarmoqlarini «kanadalashtirish» siyosati Kanada iqtisodiy hayotining asosiga aylandi. Bunday shart-sharoitlarda Kanada bozorining Amerika tovarlari uchun ochiqlik darajasi pasayib, va faqat o‘n besh-yildan so‘ng mamlakatning boshqaruv doiralari mintaqaviy integratsion blokning yaratilish jarayonini tezlashtirish taraddudiga tushdilar. 70-yillaning oxiridan boshlab, AQSh Kanada va Meksika bilan savdo-siyosiy birlashish yo‘lida faol harakatlarni boshladi. Amerika kongressi 1979-yilda savdo kelishuvlari to‘g‘risidagi qonunda AQSh prezidenti nomiga Shimoliy Amerika erkin savdo
zonasini tashkil etish istiqbollarini (1 104-seksiya) o‘rganish yo‘l-yo'riqlarini yo‘lladi. 80-yillarda R.Reygan va J.Bush bir necha marotaba Shimoliy Amerika mintaqasida erkin savdoni ta’minlashning uzoq muddatli maqsadlarini qo‘llab-quvvatlashlari to‘g‘risida bayonot berganlar. Natijada 1988-yilning sentyabrida
Shimoliy Amerikada integratsion jarayonlarni rivojlantirishdagi yangi sifat bosqichi sifatida erkin savdo zonasining shakllanishiga yo‘naltirilgan AQSh - Kanada erkin savdo kelishuvi (Canada — USA Free Trade Agreement - CUSFTA) imzolandi (1989-yil 1 yanvardan kuchga kirdi). Mazkur kelishuv o‘n-yil mobaynida tarif va ko‘pgina notarif cheklovlarning bekor qilinishi, shuningdek xorijiy investitsiyalarning nazorat qilinishining erkinlashtirilishini ko‘zda
tutgan bo`lib, uning amalga oshirilishi bir qator murakkabliklar bilan bog‘liq bo‘ldi. Chunonchi Kanada kompaniyalari raqobatbardoshligining mustahkamlanishi yuqori ishsizlik va real daromadlar o‘sishining sekinlashishi evaziga erishildi.
Kanada — Amerika erkin savdo zonasi tashkil etilganidan so‘ng
AQSh unga Meksikaning ham qo‘shilishi bo‘yicha faol ish harakatlarni boshlab yubordi. 80-yillarda Amerika - Meksika munosabatlarining istiqbollari bo‘yicha ikki tomonlama komissiya tuzilgan bo‘lib, uning yakuniy ma'ruzasida AQSh va Meksikaning davlatlararo darajadagi o‘sib boruvchi o‘zaro iqtisodiy bog`liqligini
tartibga solish zarurati to‘g‘risida xulosa chiqarildi.
80-yillarning oxirlarida Amerika - Meksika savdosini erkinlashtirishga yo‘naltirilgan bir nechta kelishuvlar imzolandi: 1985-yilda eksportni subsidiyalash qoidalari to‘g‘risidagi Amerika - Meksika kelishuvi, 1987-yilda — AQShga Meksikadan to'qimachilik va ayrim boshqa tovarlarning (po‘lat, pivo va vino) olib kirilishini kengaytirishga qaratilgan savdo kelishuvi shular jumlasidandir.
AQSh, Meksika prezidentlari va Kanada bosh vaziri tomonidan erkin savdo to‘g‘risidagi Shimoliy Amerika kelishuvining imzolanishiga olib kelgan 1991 -yilning iyunida boshlangan murakkab muzokaralar Amerika qit’asida yangi savdo uyushmasiga yaratgan holda, muvaffaqiyatli yakunlandi. NAFTAga a’zo alohida mamlakat uchun Shimoliy Amerikada integratsion uyushmani tashkil etishning turli jihatlarini e’tirof etish mumkin. AQSh uchun NAFTA kelishuvi kelajakda «Alyaskadan Otash Yerga qadar» yagona erkin savdo zonasini tashkil etish yo`li bilan uning G‘arbiy yarimshardagi rolini mustahkamlashga qaratilgan strategik reja rolini o ‘ynaydi. Mazkur uyushma Amerika Qo‘shma Shtatlarining nafaqat iqtisodiy, balki geosiyosiy qudratining ortishini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, AQShning sifat jihatidan yangi mazmunda, ya’ni ustun davlat sifatida emas, balki hamkor sifatida Lotin Amerikasi mamlakatlarining iqtisodiyotiga yanada chuqur kirib borishi uchun o'ziga xos tramplin bo‘lib hisoblanadi. Bunda quyidagilar AQShning pirovard maqsadlari sifatida qaraladi: Amerika tovarlari va xizmatlarining erkin harakati, Amerika investitsiyalari uchun qulay muhit, intellektual mulk huquqlarini liimoya qilish, AQShning yuqori texnologiyalari va investitsiyalarini Meksikaning arzon ishchi kuchi va ikkala qo‘shni mamlakatlaning arzon tabiiy resurslari bilan birlashtirish hisobiga yangi mintaqaviy nisbiy afzalliklardan foydalanish, raqobatbardoshlikning o‘sishi, mehnattalab va xomashyo sig‘imi ishlab chiqarishlarning AQShdan Meksikaga ko‘chirilishi natijasida ishlab chiqarish
xarajatlari darajasining kamaytirilishi va shu tarzda Amerika tovarlari raqobatbardoshligini oshirish mumkinligi AQShning G‘arbiy Yevropa va Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari integratsion uyushmalari ishtirokchilari bilan o‘sib boruvchi raqobati sharoitida juda muhim omil bo‘ldi. Bundan tashqari, AQSh NAFTA Kelishuvi orqali GATTning Urugvay raundidagi muzokaralarda Osiyo va Yevropadagi savdo hamkorlariga ularning o‘zaro bitimga kelishlariga tayyorligi yo‘nalishida bosim o‘tkazishga imkon beruvchi mexanizmga ega bo‘ldi.