Mavzu: Naqllar Kirish Asosiy qism



Yüklə 41,16 Kb.
səhifə4/9
tarix05.05.2023
ölçüsü41,16 Kb.
#107746
1   2   3   4   5   6   7   8   9
naqllar

An’anaviylik. An’ana deganda, uzoq vaqt davomida xalq tajribasidan o‘tib odat tusiga kirgan tadbir yoki amal tushuniladi. Xalq og‘zaki ijodidagi an’anaviylik bir necha ko‘ri - nishlarda namoyon bo‘ladi.
Jumladan:
a) folklor asarlarining og‘zaki tarzda yaratilishida (bu haqda og‘zakilik yuzasidan fikr yuritilganda ma’lumot beriladi);
b) og‘zaki ijod asarlarining matnida;
d) mazkur asarlarning ijrosida.
Xalq yaratgan asarlarning matni janrlarga ko‘ra uzoq muddat davomida doimiy ravishda takrorlanib turadigan qismlarga ega. Ertaklarning boshlanishi, yakunlanishi, xalq dostonlaridagi qahramonlarning ot egarlashi, poygada qatnashishi, dushman bilan jang olib borishi kabi lavhalari asardan asarga ijrochining ixtiyori va maho ratiga ko‘ra ko‘chib o‘taveradi. Undan tashqari, doston va ertaklarda ko‘pincha tak ror lanib turadigan farzandsiz lik, farzandga ega bo‘lish, shartning buzilishi, safarga chiqish, turli to‘siqlarni bosib o‘tish, to‘y kabi voqealar ham an’anaviylikka xosdir. Agar biz xalqimiz yaratgan og‘zaki ijod asarlari bilan yaxshiroq tanishsak, ertakdagi suluv qiz yuzining o‘n to‘rt kunlik oyga o‘xshatilganligini, jahli chiqqan qahramonimiz mo‘ylovida qirov paydo bo‘lganligini, yoki shu qahramon bir oyog‘ini daryoning o‘ng qirg‘og‘iga, ikkinchi oyog‘ini chap qirg‘og‘iga qo‘yib, narsalarni u qirg‘oqdan bu qirg‘oqqa o‘tkazayotganini bilamiz.
Ma’lum bo‘ladiki, og‘zaki ijodiyo timizdagi asarlarda o‘xshatish, sifatlash, mubolag‘a kabi tasvir vositalarida ham an’anaviylik namo - yon bo‘lar ekan. Shuningdek, biz folklorda ajdar, dev, yalmog‘iz kampir, pari, uchar ot, uchar gilam, sehrli pat kabi obraz larga duch kelamiz. Bu o‘rinda ham an’anaviylik ma’lum darajada o‘z ta’sirini o‘tkazganligiga guvoh bo‘lamiz.
Shunday qilib, og‘zaki ijod asarlari matnidagi an’anaviylik deganda, an’anaviy parchalar, tasvir vositalari, obraz yaratish kabi bir necha jihatlar nazarda tutiladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalarini ijro etishda ham an’anaviylik mavjuddir. Avvalo aytish kerakki, O‘zbekistonda xalq dostonlarini ijro etish an’anasi uch ko‘ri - nishga egadir. Ularni Samarqand, Xorazm, Farg‘ona dostonchilik an’analari deb ataydilar. Samarqand dostonchiligida baxshi dostonni yakka holda do‘mbira jo‘rligida ichki ovozda aytadi. Xorazmda esa doston tor, doira, dutor, garmon jo‘rligida ochiq ovozda aytiladi. Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek xalq og‘zaki ijodining salmoq li qismini tashkil etuv - chi dostonlar ijrosi uzoq muddat davomida o‘ziga xos an’anada shakllangan. Shuningdek, uzoq o‘tgan zamonlarda xalq topishmoqlari ko‘pincha qish kecha larida, qiziqqiziq shartlar (qo‘shiq aytib be rish, raqsga tushish, hatto, qor kurash) bilan aytilgan. Qo‘qon, Namangan, Xorazm va boshqa viloyatlardagi maxsus tayyorgarlik ko‘rgan odamlar ertakni aytishdan avval atrofiga suv, isiriq, non, tuz, supurgi va boshqa shunga o‘xshash narsalarni hozirlar, ertak ijrosi jarayonida ulardan foydalanar edilar. Askiya ulfat yigitlarning gap-gashtaklarida, o‘zaro yig‘ilib osh-palov qilish paytlarida aytilgan. Ammo ko‘pincha bu janr asarlari an’anaviy sunnat to‘ylarida, hofizlar dam olayotgan paytda, tarafma-taraf bo‘lgan holda ijro etilgan. Marosim qo‘shiqlari ham to‘ylarda, sayillarda maxsus tayyorgarlik ko‘rilgan holda ijro etilgan. Bolalar folkloriga oid asarlar ijrosidagi an’anani bugungi kunda ham bog‘larda, mak tablarning hovlisida yoki ko‘rik-tanlovlarda kuzatish mumkin. Ma’lum bo‘ladiki, xalqimiz og‘zaki ijodidagi an’anaviylik asarlarning matniga, yaratilishi usuliga, ijrosiga singib ketgan xususiyat hisoblanar ekan.

Yüklə 41,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin