Mavzu: Naqllar Kirish Asosiy qism


Variantlilik va versiyalilik



Yüklə 41,16 Kb.
səhifə7/9
tarix05.05.2023
ölçüsü41,16 Kb.
#107746
1   2   3   4   5   6   7   8   9
naqllar

Variantlilik va versiyalilik. Bir asarning syujet va kompozitsiyasida muhim o‘zgarishlar bilan bir necha nusxalarga ega bo‘lishi xalq og‘zaki ijodidagi variantlilik xususiyatini hosil qiladi. Avvalgi mavzularni bayon qi lishda biz og‘zaki ijod namunasiga ijrochi o‘z dunyoqarashini, ijod usulini, kasb-kori xususiyatlarini singdirishi haqida ma’lumot bergan edik. Bir asarni yoshi, yashash sharoiti, kasbi, tabiati, fe’l-atvori turlicha bo‘lgan odam ijro qilganida, shub17 hasiz, ijro etilayotgan asarda muhim, nomuhim o‘zgarishlar bo‘ladi.
Jumladan, bir ijrochi qahramonlik voqealarini mukammalroq aytadi. Ikkinchi ijrochi ishq-muhabbat, sev - gi lavhalarni ehtiros bilan ta’sirli qilib aytadi. Shuning ta’sirida bir asardagi qahramonlik, jasorat-mardlik bilan bog‘liq qismlar mukammallik kasb etadi. Boshqa ijrochida esa aynan shu qismlar qisqaradi, ammo ishq-muhabbat lavhalari atroflicha, tafsilotlar bilan bayon etiladi.
Folklorshunoslar mashhur «Alpomish» dostonining o‘ttizdan ortiq variantlari borligini qayd etganlar. Qo‘shimcha ravishda aytish mumkinki, ba’zan bir ijrochining o‘zi kayfiyati ning haddan tashqari yaxshiligi yoki o‘ta yomonligi oqibatida ham yangi variantni vujudga keltirib qo‘yishi mumkin. «Alpomish» dostonini Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li, Ergash Jumanbulbul o‘g‘li, Po‘lkan Jonmurod o‘g‘li va boshqa o‘nlab baxshi-shoirlar ijro etganlar. Har bir ijroda baxshining bayon usuli, fe’li, hayot tajribasi o‘z izini qoldirgan. Shuning uchun «Alpomish» dostoni ning Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li varianti, «Alpomish» dostonining Ergash Jumanbulbul o‘g‘li varianti degan tushunchalar vujudga kelgan.
Yozma adabiyotda ham variant tushunchasi bor, ammo yozma adabiyotdagi variantlilik juda tor ma’noni anglatadi. Xususan, agar «Alpomish», «Go‘ ro‘g‘li» dostonlarining xalq orasida yashayotgan o‘nlab variantlari mavjud bo‘lsa, yozma adabiyotda bir yozuvchi bir asarni bir yoki ikki nusxadagina yozgani ma’lum. Chunki yakka ijodkorning o‘zi yozgan asariga muhim o‘zgarishlar kiritib yangi bir nusxada paydo qilishi imkoniyat jihatdan chegaralangandir.
Shuning uchun adabiyotshunoslikda Said Ahma d - ning «Ufq» romani «Sharq yulduzi» jurnali variantida va kitob variantida nashrdan chiqqani qayd etilgan yoki marhum yozuvchi Yoqubjon Yakvalxo‘jayevning «Qaytar dunyo» romanining «Yoshlik» jurnali varianti va kitob varianti borligi ma’lum.
Ko‘rinib turibdiki, xalq og‘zaki ijodidagi variant lilik bilan yozma ijoddagi variantlilik ma’no jihatdan farq qilmasa ham amaliy jihatdan katta farqqa ega. Versiyalik og‘zaki ijodda variantlilikdan kengroq tushuncha hisoblanadi. Agar variantlilikda obrazlar tavsifi, voqealar tizimi, bayon usuli boshqacharoq ko‘rinishga ega bo‘lsa, versiyada asarlarning nomi ham, voqealarning rivo18 ji ham keskin farqlanadi. Jumladan, folklorshunoslikda «Alpomish» dostonining to‘rtta versiyasi qayd etilgan bo‘lib, ular: qo‘ng‘irot, o‘g‘iz, qipchoq, oltoy versiyalari nomi bilan yuritiladi. Bu versiyalar faqat ayrim umumiy voqealar bayoni bilangina «Alpomish» dostonini eslatadi, xolos.
Shuningdek, «Tohir va Zuhra» dostonining qozoq xalqida «Qo‘zi Ko‘rpesh va Bayan Suluv» versiyasi mavjud.

Yüklə 41,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin