Mavzu: Naqllar Kirish Asosiy qism


Asosiy qism Xalq og‘zaki ijodi va qadriyatlari davlat maqomida



Yüklə 41,16 Kb.
səhifə2/9
tarix05.05.2023
ölçüsü41,16 Kb.
#107746
1   2   3   4   5   6   7   8   9
naqllar

Asosiy qism

  1. Xalq og‘zaki ijodi va qadriyatlari davlat maqomida

1991-yil 1 sentyabrda O‘zbekiston mustaqil respublika deb e’lon qilindi. Yurtimizdagi, o‘nlab yillar davomida kutilgan bu xabar butun o‘zbek xalqini mamnun etdi. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq davlat o‘tmish madaniy merosimizni qaytadan tiklash, odamlar ning qalbida tutqunlikda yotgan qadriyatlarga keng yo‘l ochish siyosatini amalga oshirdi. Har bir tadbir o‘zining amaliy yechimiga ega bo‘lishi bilan birga xalqqa ozodlik shabadasini yetkazish maqsadini ko‘zlagan holda amalga oshirildi.
Millat o‘tmishi va kelajagi haqidagi mulohazalar, ajdodlarimiz kashfiyotlaridan hosil bo‘lgan g‘urur tuyg‘usi o‘zbekning qalbidan o‘rin ola boshladi: din, madaniy meros, qadriyatlar, milliy g‘urur haqida hadiksiramay, baralla mulohaza yuritish imkoni yaratildi. Aslida, o‘zbeklarning dunyoda ilg‘or madaniyatga ega bo‘lgan xalq ekanligini tasdiqlovchi fikrlar mustabid tuzumda ham aytilgan edi. Ammo bunday hur gaplarning mualliflari qatag‘on qilingandilar. Ularning ko‘pchiligi — Fitrat, Cho‘lpon, Qodiriy, Otajon Hoshim va boshqalar otildi. Ayrimlari — Usmon Nosir, keyinchalik Mirtemir, Said Ahmad, Maqsud Shayxzoda kabilar uzoq muddatga qamoq jazosiga tortildilar. Ammo erkinlikni, o‘tmishdagi xalq allomalarining kashfiyotlarini targ‘ib etuvchi asarlar tizimi to‘xtab qolmadi. 60—70-yillar adabiyotimizning she’riyat maydoniga yosh ijodkorlar sifatida kirib kelgan Erkin Vohidov, Abdulla Oripov kabi shoirlar «O‘zbegim», «O‘zbekiston» kabi lirik asarlar yaratdilarki, bu davrda yashagan yurtdoshlarimiz O‘zbekiston qadimdan ilmma’rifat, kashfiyotlar va qadriyatlar yurti ekaniga komil ishonch bildira boshlagandilar. Shuningdek, 50-yillardan Ibrohim Mo‘minov, Vohid Zohidov, Parso Shams, Solih Mutallibov, Hodi Zarif kabi taniqli ziyolilar turli xil munosabatlar bilan Mahmud Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig», Navoiyning «Xamsa», Boburning «Boburnoma» kabi bir qator asarlarini nashrga tayyorladilar va chop etdilar.
Qizig‘i shundaki, bizning olimlarimiz mumtoz adabiyot namunalaridagi sobiq sovet tuzumi siyosatiga mos kelmaydigan o‘rinlarni keskin tanqid qilishar, boylar va yo‘qsillar madaniyati haqida turli gaplarni topishar, ammo asarlarni to‘liq nashr qilish niyatlariga ham erishar edilar. Tabiiyki: «Sobiq sovet tuzmi davrida bevosita xalq orasida hukmron siyosatni tanqid qiluvchi xalq og‘zaki ijodi asarlari yaratilmadimi?» — degan savol tug‘iladi. Gap shundaki, xalq og‘zaki ijodi asarlari yozib olinmasa, ular ning ommalashuvi uchun sharoit tug‘dirilmasa, ko‘pincha vaqt o‘tishi bilan bu asarlar o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadi, aytuvchining yodidan ko‘tariladi. Ularni yozib olish esa hamisha ham amalga oshavermaydi. Bugungi kunda faqat o‘sha paytlarda diniy mavzudagi rivoyat, afsonalarning mavjudligini va og‘zaki xotiralarda ana shunday yo‘na - lishdagi asarlar bo‘lganligini e’tirof etish mumkin. Jumladan, o‘z paytida O. Hoshim tomonidan yozib olingan qo‘shiqlarda kolxoz tuzumiga, hamma ekin maydonlariga faqat paxta ekish siyosatiga salbiy munosabat bildirilgan qo‘shiqlar borligi haqidagi xotiralar mavjud xolos. Afsuski, turli sabablar bilan bu yozuvlar yo‘qolgan. Yuqorida yurtimiz mustaqil deb e’lon qilinmasdan ham xalq qadriyatlarini tiklashga urinishlar bo‘lganini aytgan edik. Ulardan biri sifatida 1990-yilda davlat tomonidan Navro‘z bayramini umumxalq bayrami deb e’lon qilinganini, bu kun dam olish kuni deb belgilanganini va shu yili Navro‘z tantanalari katta tayyorgarlik bilan o‘tkazilganini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Ammo bari bir 1991-yilda Vatanimizning mustaqil deb e’lon qilinishi va o‘nlab mamlakatlar tomonidan bu mustaqillikning tan olinishi o‘tmish qadriyatlarimizga bo‘lgan munosabatda yangi davr ochdi. Prezidentimiz I. A. Karimovning «O‘zbekiston buyuk kelajak sari» asaridagi «Mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari» deb atalgan bo‘limda: «O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirishning yo‘li to‘rtta asosiy negizga asoslanadi», — deyilgan. «Bu negizlar:
— umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik;
— xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish;
— insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilish;
— vatanparvarlik»2 — deb belgilab qo‘yilgan.
Ma’naviy ruh xalq qadriyatlarini qadam-baqadam o‘zlashtirishda namoyon bo‘ladi. Xalq og‘zaki ijodi esa asrlar davomida qadriyatlarimizning tar - kibiy qismi hisoblangan. Shuning uchun akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarida o‘zbek xalq og‘zaki ijodini alohida fan sifatida o‘qitila boshlashni og‘zaki ijodimizga va qadriyatlarimizga davlat maqomini berish bilan teng tadbir sifatida ta’kidlash mumkindir. «Milliy madaniyatning o‘ziga xosligini tiklashga alohida e’tibor berish kerak»3, — deyiladi bu asarda.
Bu mulohazadagi alohida e’tibor qilishimiz lozim bo‘lgan fikr ma’naviy boyliklarimining, shu jumladan, xalqimiz asrlar bo‘yi yaratgan og‘zaki ijodimiz ning boshqa xalqlarnikidan farqli jihatlarni aniqlashga qarati - lishidir. Ma’lumki, xalq dostonlarimizning ijrosida ming yillik an’analar singdirilgan.
Ayniqsa, Samarqand dostonchiligidagi baxshining do‘mbira jo‘rligida doston aytish usuli, she’riy parchalarni bo‘g‘izda kuylashi Osiyo qit’asi shimolidagi shamanlar ijrosiga hamohangligi bilan diqqatni jalb qiladi. Shamanlar faoliyati esa minglab yillar bilan o‘lchanadi. Demak, o‘zbeklarda ham uzoq-uzoq davrlardan buyon davom etib kelayotgan san’at namunalari belgilari saqlanib qolgan ekan. Shu bilan birga, xalqimizda askiya, yor-yor, o‘lan aytish kabi so‘z san’ati bilan bog‘liq durdo - nalarimiz borki, ularni qayta tiklash, xalqqa qayta rish biz — o‘zbeklarning o‘zbekligini ta’kidlash, milliy ruhimizni rivojlantirish bilan aloqadordir.
Milliy ruhni shakllantirmay, rivojlantirmay, milliy mafkura haqida o‘ylash ham mumkin emas. Yana shuni ta’kidlash ma qsadga muvofiq bo‘ladiki, madaniyatimizning o‘zi ga xosligini tiklash rejasi bevosita bayrog‘imiz, gerbimiz, madhiyamizni xalq noiblari tomonidan tasdiqlanishi bilan boshlandi. Bayrog‘imizdagi hayotbaxsh ranglar, oy va yulduzlar; gerbimizdagi humo qushi, Amu va Sirdaryolaru bug‘doy va paxta tasvirlari, madhiya mizdagi «Avlodlar mardona ruhi senga yor» kabi misralarda aynan biz — o‘zbeklarning tabiati, ajdodlar xotirasi, kelajakka umidimiz o‘z ifodasini topgan. Bularning hammasi: «O‘zbek xalqining yuksak milliy qadr- qimmati, or-nomusi va shon-sharafi, uning o‘ta mehribonligi va sof vijdonligiga asoslangandir».
«Millatni yo‘q qilish uchun uni qirish shart emas, uning madaniyatini, san’atini, tilini yo‘q qilsang bas, tez orada o‘zi tanazzulga uchraydi». Haqiqatan ham, M. Skobolev qo‘lidan kelgan harakatni qilib ketdi. Undan keyin bu harakat sobiq sovet tuzumi tomonidan davom ettirildi. Tabiiyki, 120—130-yil davomida keltirilgan zararni 5—10 yilda bartaraf qilish mumkin emas.
O‘zbek xalq og‘zaki poetik ijodini alohida fan sifatida o‘qitilishi ana shu vazifani ijobiy hal qilishga ham samarali ta’sir ko‘rsatadi.
«Alpomish», Go‘ro‘g‘li turkumi dostonlarida shaxs g‘ururi, vatanga muhabbat, elga xizmat qilish istagi yetakchi g‘oya darajasida ilgari suriladi. Bu asarlarda vatanga xiyonat qilgandan ko‘ra o‘limni afzal ko‘rgan Ravshan, butun harakatini parchalangan yurtni birlashtirishga bag‘ishlagan Alpomish, o‘z yurtini ichki va tashqi dushmandan himoya qilgan Go‘ro‘g‘li kabi el botirlari madh etiladi. Hech ikkilanmay aytish mumkinki, o‘zbekning butun fazilati, falsafasi, dunyoqarashi, turli hayotiy vaziyatlarga munosabati uning maqollarida aks etgandir. Shuning uchun ham xalqimizning ilm-hunarga, oilaga, mehnatga, ahillikka nomardlikka, bo‘lgan muno sabatini bilish uchun uning maqollari bilan tanishish kifoyadir. Ulardan o‘quvchi o‘zbek uchun vatan, xalq, ona, ilm, g‘urur naqadar muqaddas tushunchalar ekanli gini anglab yetadi. Prezidentimiz Islom Karimov ham xalq maqollarining ta’sir kuchidan, hajm jihatdan kichik mazmunan serko‘lam fazilatidan har bir chiqishlarida, savollarga javob berishda, maqola va kitobla - rida unumli foydalanadi. Yurtboshimiz nutqlarida va asarlarida «Vatanni sevmoq iymondandir», «milliy o‘zlik», «xalq boshiga tushgan xavf», «mudhish voqealar oldida holva bo‘lib qo lish», «chalamullalar», «ishimiz bitsa — bo‘lgani» kabi o‘nlab hadis, maqol, matal, ibora va ko‘proq jonli suhbatga xos so‘zlarning qo‘llanganligi fikrimiz dalilidir.


    1. Yüklə 41,16 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin