Mavzu: Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida toponimik malumotlar Narshaxiy



Yüklə 38,09 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2023
ölçüsü38,09 Kb.
#171009
  1   2   3
Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida toponimik malumotlar


Mavzu: Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida toponimik malumotlar
Narshaxiy, Abu Bakr Muhammad ibn Jaʼfar ibn Zakariyya al-Xattob ibn Sharik an-Narshaxiy (899—959) — tarixchi olim.
Narshaxiyning Buxoro tarixi asarining fransuzcha tarjimasi, 1892-yil
Buxoroning Narshax qishlogʻida tugʻilgan. Tarjimai holiga oid maʼlumotlar kam. Somoniylar saroy-ida kotiblik qilgan. N. 943—944 yillarda "Buxoro tarixi" ("Tahqiqi viloyati Buxoro") nomli asarini arab tilida yozib, uni somoniylar amiri Nuh ibn Nasr (hukmronlik davri: 943—954)ga bagʻishlagan. N.ning oʻgʻli Abu Bakr Mansur va nevarasi hadisshunos olim Abu Rafi al-Ala ibn Mansur ibn Muhammad ibn Jaʼfar asarni arab tilida davom ettirishib, Mansur ibn Nuh (hukmronlik davri: 997—999), yaʼni soʻnggi somoniylar davrigacha toʻldirishgan. Nasafiyning "Kitob al-qand" ("Samarqandiya") va Abu Saʼd as-Samʼoniy (1113— 1167)ning "Kitob al-ansob" asarlarida N. haqida maʼlumotlar mavjud. N. oʻz tugʻilgan qishlogʻida vafot etgan. Asarning asl nusxasi bizgacha yetib kelmagan. 1128-yil quvalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Qubaviy asarni fors tiliga qisqartirib tarjima qilgan. 1178—79 yillarda asar 2-marta qisqartirilgan. Tarjimonlar qisqartirish bilan birga uni yangi maʼlumotlar bilan maʼlum maʼnoda toʻldirganlar. "Buxoro tarixi" 36 bobdan ibo-rat boʻlib, asosan, Buxoro vohasining tarixiga bagʻishlangan. Ki-tobning bir necha bobi Buxoroning barpo etilishi, qad. nomlari, qad. podshox,lariga bagʻishlangan. Asarning maxsus bir bobi Buxoro atrofidagi Karmana, Hyp, Tavois, Iskajkat, Shargʻ, Zandana, Vardona, Afshona, Barkat, Romitan, Varaxsha, Baykand (Poykend), Forob va boshqa
"Tarixi Narshaxiy" kitobining birinchi begi (Yangi Buxoro, 1904). "Buxoro tarixi" kitobining birinchi beti (Toshkent, 1966).shahar va qishloklarning tasviriga ba-gʻishlangan. Unda bu joylarning tarixi, axrlisi va uning mashgʻuloti, faoliyati hamda tashqi shaharlar bilan munosabatlari hikoya qilinadi. Buxoro aholisining ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida sodir boʻlgan muhim tarixiy voqealar bayon qilinadi. Kitobda Oʻrta Osiyoda arab xalifaligi hukmronligining oʻrnatilishi, islom dinining yoyilishi va Buxoroning arablar tomonidan taqsimlab olinishi hamda xalifalikka qarshi kurashlar, ayniqsa, Muqanna, Abu Muslim va boshqa boshchiligidagi xalq qoʻzgʻolonlari batafsil hikoya qilinadi. "Buxoro tarixi"da 9-asrda Oʻrta Osiyoning arab xalifaligidan ajralib chiqishi, Movarounnahr va Xurosonda somoniylar davlatining barpo boʻlishi va somoniylar davrida Buxoroning iqtisodiy va madaniy hayoti tasvirlangan. Asarda Buxoroning tarixiy topografiyasiga oid maʼlumotlar boʻlib, unda Buxoro shahrining darvozalari, ichki va tashqi devorlarining qurilishi ham ark va shah-ristonning bino qilinishi hikoya qilinadi. Asar faqat Buxoro tarixi-nigina emas, balki butun Oʻrta Osiyo tarixini oʻrganishda hamda nodir manbadir. "Buxoro tarixi" Parij (1892)da fransuz, Buxoro (1904) va Tehron (1939)da fors, Toshkent (1897)da rus, Kembrij (1954)da ingliz, Toshkent (1966, 1993)da oʻzbek tilida, Dushanba (1979)da tojik tilida nashr etilgan.
Tarixdan ma’lumki, Abu Bakr Narshaxiy-Markaziy Osiyo tarixnavisligining ilk qadimiy durdonalaridan biri bo’lmish “Tarixi Buxoro” deb shuxrat topgan, o’rta asr Buxoro va uning atroflarining tarixiy topografiyasi, tabiati, halqlarning madaniy va ijtimoiy hayoti, savdo-sotiq, ishlab chiqarish, to’qmachilik, va eng asosiysi konchilik masalalari xususida qimmatli ma’lumotlar beradigan nodir asarning muallifidir.
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» asari 943-944 (boshqa ma’lumotlarga ko’ra 948-949) yillarda arab tilida yozilgan. Afsuski bu asarning ilk to’liq matni saqlanmagan. Asarning bizgacha yetib kelgan qismi esa arab tilidan fors tiliga qisqartirilib qilingan tarjima varianti bo’lib uni 1128 yilda Farg’onalik Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad ibn Nasr al-Kubaviy tarjima qilgan.Tarixchi Narshaxiyning «Buxoro tarixi ”asarida o’rta asrlarda Buxoroning ikki darvozasi (“Dari Registon”, “Dari G’o’riyon”) bo’lganligi va bu darvozalar jimjimador bezaklari va tosh supalari bilan ko’zni quvontirgani xikoya qilinadi.
Tarixchi Narshaxiyning ushbu asari O’rta asr shaharlari, ularda yashagan xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli, toponimlar, numizmatik va boshqa ma’lumotlarga to’la bo’lishi bilan birga ayni paytda biz yashab turgan Karmana hududi tarixiy joylari, uning toponimikasi va etnografiyasi, tabiati xususida hikoya qiluvchi tarixiy manba hisoblanadi. Aynan biz yashayotgan hudud tarixiga oid manbalar mavjudligi bois tarix darslarida ushbu asarni o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi degan maqsadda bitiruv malakaviy ishimizni yozish uchun biz bu mavzuni tanladik. SHuningdek, mavzu shunchaki tarixiy manbalarga asoslanib tarix darslarini mukammal o’rganish imkoniyatini bermasdan, balki, jahon tarixiga oid ayrim mavzularni ham ushbu asardan foydalanib tayyorlashga bizga yordam berajagini maktabda amaliyot o’tash jarayonida sinov darslari o’tib tajribada ko’rganmiz.
O’rta asr shaharlarining rivojlanishi agrar yo’nalishda bo’lganligini bilamiz. Hatto metallurgiya sanoati bilan shug’ullanuvchi shaharlar ham o’rta asr davri sharoitida tog’ mintaqasi qishloqlariga bog’liq edi. Biz O’zbekiston tarixidan o’rta asr
madaniyati, san’at, me’morchilik, din, savdo-sotiq, pul zarb etish masalalari xususida gapirayotib, bevosita o’sha davr yevropa mamlakatlaridagi ushbu masalalarga oid tarixiy faktlarni keltirib o’tishimiz mumkin. YA’ni biz bu o’rinda bevosita mavzulararo aloqadorlik va fanlararo aloqadorlik asosida dars tashqil etamiz. Bu esa zamonaviy tarix darslari va zamonaviy tarix fani o’qituvchisi oldiga qo’yilgan asosiy vazifalardan sanaladi. Asarni o’rgana turib, o’quvchilarga Somoniylar davlati, Qoraxoniylar davlati, ularning o’zaro boshqa o’rta asr davlatlari bilan olib borgan savdo-sotiq ishlari, pul munosabatlari xususida gapirish mumkinligini angladik. Bu esa o’z navbatida o’quvchilarni mavzular va darslarni o’zlari tahlil etish va manbalar asosida ularni mustaqil izlanishga undashi mumkinligini ko’rdik.
Somoniylarning mamlakatni boshqaruv tizimidagi markazlashtirish siyosati uning yuksak darajada rivojlanishiga xizmat qildi. SHaharlar o’sdi va ularning iqtisodiy - savdo aloqalari kengaydi, mustahkamlandi. CHoch, Iloq va Buxoroda shu asrlarda 50 dan ortiq shaharlar bo’lgan. Ikkita savdo yo’li CHochga g’arbdan, Samarqand tomondan kelib bu yo’l Buxoroning konchilik maxsulotlarini tashish, ayriboshlash va boshqa amallarni bajarishga xizmat qilgan. Qadim CHoch ham metallurgiya sanoati boy makon bo’lgan, ammo kulolchilik, shishasozlik, ganchkorlik, yog’och va teri maxsulotlari bir yurtnikidan ikkinchi biriniki qaysidir jihati bilan farq qilgan, bunday mahsulotlar bozorlarni bezagan.
X asr oxiridan Mavorounnahrda qoraxoniylar hukmronligi o’rnatildi. Qoraxoniylar mamlakatni boshqarishda somoniylardan juda ko’p narsalarni shu jumladan , pult zarb etish an’analarini ham qabul qilganlar.
Asarni Jahon tarixi darslarida o’rganishning yana bir o’ziga xos tomoni mavjudki, tarix fani o’qituvchisi o’rta asr madaniyati va san’ati, savdo-sotiq masalalari, konchilik va qurilishlar, pullar zarb etilishi, karvonsaroylar, ulardagi ijtimoiy hayot masalalari bilan yevropa va Osiyo mamlakatlari xalqlari tarixiga o’xshash va farqli jihatlarini topib ularni qiyosiy tahlil etish orqali ham o’quvchida katta qiziqish uyg’otishi mumkin.

Yüklə 38,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin