Narshaxiyning Buxoro tarixi asarida toponimik malumotlar
«Buxoro tarixi» asarida toponomik, etnografik ma’lumotlar talqini va jahon tarixi darslarida ulardan foydalanish usullari. “O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi milliy madaniyatimiz tarixini o’rganishga, u haqida xolisona fikr bildirishga katta imkoniyatlar yaratdi, osori - atiqa yodgorliklarimizni asrash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, qadimiy boy tariximizni bir yoqlama yoritish, chegaralash, ma’lum jarayon va ilm - fam arboblarining faoliyati va xizmatini inkor etishdek noto’g’ri g’oyalar va usullardan tozalashga, hur fikrlilikka sharoit tug’dirdi”13.
Madaniy merosimizni, o’tmish qadriyatlarimizni keng va har tomonlama o’rganish O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning ma’ruzalarida bir necha bor ta’kidlanganidek, hozirgi milliy ma’naviyatimizning chuqur tarixiy ildizlarini, shakllanish bosqichlari va xususiyatlarini ochib berish zarurdir. Bu esa, o’z navbatida, milliy g’urur, tariximiz, o’tmish avlodlar xizmatiga hurmat - e’tiborni, xalq mehnatiga, vatanga sevgi tuyg’usini shakllantirish, yangi jamiyatimizning to’g’ri rivojini, kelajagini oqilona belgilash, yuksak demokratik davlat qurish uchun xizmar qiladi.
Mo’g’ullar istilosi butun Mashriq zaminga zarba berganidek, Karmana viloyatiga ham unglanmas fatorat yetkazdiki, faqat Temuriylar va xususan SHayboniylardan Abdullaxon II (1533-1557-1598-yillarda) davrida SHayx Xudoydod Azizon va Qosim SHayx Azizon singari kutb zamonlar hamda boshqa allomalar yetishib, qadim shahar xukuk bagishladi, ashtarxoniylar va mashkitiylar xumronligi yillarida esa Eshon Imlo (Avliyoullox, shoir, olim Buxoroi SHarifdagi xonakasi mang’it amirlarining sulolaviy qabristoni bo’lgan, 1920-yillarda bu mozoristonni sho’rolar yo’qotgan) Qozi Zuxayr (1688-1758) fikxga oid asarlar bitgan. (Buxoro xonligida Qozikalon vazifasini bajargan).Qozi Zuxayrning o’g’li Mirmuhammal Vafo Karminiy (1712-1784) esa «Tuhfai xoniy» yirik tarixiy asar muallifidir.
Toxiriylar va somoniylar hukmronligi davridagi kabi ilm fan kishilariga davlat gamxurligi asosan Temuriylar va SHayboniylar davrida davom ettirilgan bo’lsada, Ashtarxoniylar va mang’itlar davrida bu an’ana deyarli zaiflashib, Mavorounnaxrda jumladan, tarixiy Karmana viloyatida ham ilm fan rivojlanishiga ta’sir etib, yirik allomalar yetishishi zaminini ancha susaytirib yubordi. Xullas tarixiy Karmana viloyati (1868 yilda Zirabuloq jangidan so’ng Xatirchi, Ziyovuddin, Karmana bekliklari paydo bo’lgan)14ning butun mintaqada kechgan tarixiy jarayonlarni to’liq aks ettiradi.
So’nggi O’rta asrlar xususan, Buxoro xonligida mang’itlar sulolasi hukmronlik qilgan davr (XVIII-asrning oxiri XX-asrning 20 -yillari) da Karmana viloyati alohida imtiyozli beklikka ajralib, u Buxoro Amirining valiahdi tomonidan boshqarilgan. Jumladan, Amir Abdulahad vafotidan so’ng Karmanada dafn etilgan.
SHular singari zoti azizlaru va shayxlar faoliyatini, ularning boy tarixiy merosini tadqiq va tashfiq etishga bugungi kunda ma’naviy extiyoj tug’ildi. Zeroki ular jamiyatdagi ma’naviy muvozanatni saklab turishga harakat qilganlar, konli nizolarni oldini olishga intilganlar, ko’pgina Amir Kulolning 4 o’g’illaridan to’ng’ichi Amir Burxonni hazrat Bahovuddin Naqshband 3-o’g’illari amir Hamzani mavlono Orif Degarroniy o’z tarbiyalariga olganlar.
Bahovuddin Naqshband 7 yil davomida o’z ustozlari yashagan Karmananing Raboti Malik karvonsaroyidan uzoq bo’lmagan Hazora qishog’iga tez-tez tashrif buyurib, hatto Raboti Malik qo’rg’onida mardikorlik kilib, ustozlari Orif Degarroniyga sovga salom bilan borib turganlar.15 Bahovuddin Naqshband har safar Xatirchiga qarindoshlari huzuriga borganda ham Hazora, Raboti Malik va Karmana orqali o’tganlar.
V.V.Bartoldning e’tirof etishicha Xll-asrda xorazmshox Elbarsxon (1156-1172) tomonidan Karmana shahri vayron qilingan. 1153 yilda O’rta Osiyoning mashhur muarrixi va adibi Abdulkarim As-Samoniy (1153-1167) Buxorodan Samarqandga qilgan safari vaqtida Karminada 1 kecha kundo’z tuxtab uni harobazor bo’lib qolganini kuzatgan. Keyinchalik u qayta tiklanib ayniksa Temur va Temuriylar davrida, SHayboniy va SHayboniylar davrida yana yirik shaharga aylangan.
Aynan XVI-XIX asrlar mobaynida Karmana Buxoro xonligining yirik viloyat markazlaridan biri sifatida muhim siyosiy mavqega ega edi. Ayniksa XVI asrda u SHayboniyzodalarning yirik mulklaridan biriga hamda katta ahamiyatga molik harbiy platdarmiga aylandi. 1512-13 yillarda Karmanada SHayboniylardan Jonibek Sulton XVI 30-yillaridan boshlab esa Abdullaxon 2 ning otasi Iskandarxon hukmronlik qildi.
Karmana nomi XVI-XIX asrlarda yaratilgan tarixiy asarlarning kariyb barchasida qayd etiladi.Bo’lar Hofiz Tanish Buxoriyning «Abdullanoma», Muhammadiyor ibn Arab Katagonning «Musaxxir al-Bilot», Mirmuhammad Amin Buxoriyning «Ubaydullonoma», «Muxit at-tavorix», Abdurahmon Davlat Tolening «Tarixi Abdulfayzxon», Hazrat Olim SHayx Azizonning «Lamaxot min nafaxot al- quds», Muhammad Vafo Karmanagiyning «Tarixi Raximxoniy», Mirza Somiyning «Tarixi salotin-i mang’itiya» asarlaridir.
Mamlakat hayotida kechayotgan jushkin ijtimoiy siyosiy voqealar davrida mashhur shaxslar yetishib chikadi. Bu ijtimoiy tarixiy zaruriyat hisoblanadi.XVI asrda Mavorounnaxrda shunday tarixiy vaziyat vujudga keldi.Temuriylar o’rniga hokimiyat tepasiga kelgan yangi sulola-SHayboniylar sulolasi o’zining bir asrlik hukmronligi davrida Mavorounnaxr ijtimoiy madaniy hayotida ko’zga ko’rinarli iz qoldirdi. XVI asrning 2-yarmida Buxoro poytaxtga aylanib, gullab yashnashida mamlakat hukmdori Abdullaxonni xizmatlari salmoqli bo’lgan bo’lsa, zabardast hukmdorning harbiy siyosiy muvaffaqiyatlarida esa Karmanalik mashhur so’fiy hazrat Qutb ul-avliyo Qosim SHayx Azizonning xissasi beqiyosdir. Qosim SHayx to’g’risidagi ma’lumotlar asrlardan asrlarga kuchib, bizning davrimizgacha yetib keldi.SHayx to’g’risidagi ma’lumotlar hofiz Tanish al-Buxoriyning «Abdullanoma» (SHaraf-nomai shoxiy) Xasan Xo’ja Nisoriyning «Muzakkir ul-axbob», Hazrat Olim SHayx Azizonning «Lama’ot min nafaxot ul-kuds», Muhammad Toxir Eshon Xorazmiyning «Tazkirat ul-avliyo» (Tazkiran Toxir Eshon), Sayyid Muhammad Nosiriddinning «Tuxfat az-zoirin» asarlarida uchraydi.Muhammad Toxir Eshon «tazkirasi» Qosim SHayx to’g’risida qimmatli ma’lumotlarni beribgina qolmay,
SHayx ma’naviy silsilasi davomchilari, ya’ni halifalari haqida ham so’z yuritadi. Asar hijriy 1159-60 melodiy 1746-47 yillarda yozilgan bo’lib qo’lyozma nusxalari O’zbekiston fanlar akademiyasi SHarqshunoslik institutida saklanadi.16Unda Qosim SHayx faoliyatiga keng o’rin berilgan hamda boshqa tarixiy manbalarda uchramayligan muhim ma’lumotlar keltirilgan.
Hazrat kutb ul-avliyo Qosim SHayx Azizon taxminan XVI asr boshlarida Karmanada tavallud topdi. Ul zotning tug’ilgan yili biror bir manbada aniq ko’rsatilmagan, shu sababdan bu karash faqat taxminlarga qurilgan. U tasavvufining jaxriya (zoxiriy fikr) sulukiga mansub bo’lib, ma’naviy ruxoniy silsilasi Hazrat Xo’ja Ahmad YAssaviyga bog’lanadi. Qosim SHayx Xo’ja Ahmad YAssaviydan boshlanadigan jaxriya silsilasida 13-xalqada turadi: Xo’ja YUsuf Hamadoniy, Sulton ul Orfin Xo’ja Ahmad YAssaviy, Xakim Ota, Hazrat Zangiota, Hazrat Sayyid Ota, Hazrat Sadr, Hazrat Elomon Ota, SHayx Ali SHayx, Mavdud SHayx, Xodim SHayx, SHayx Jamoliddin, SHayx Xudoydod, Xo’ja Mulloi Nuriy, Qosim SHayx. Qosim SHayxning buzrukvor shayx darajasiga yetishishida Shayx Xudoydod valiyning ta’siri katta bo’ldi. SHayx Xudoydod valiy XVI asrning 30-yillarigacha jaxriya sulukining yirik namoyondasi sifatida faoliyat ko’rsatadi. Muhammad Toxir Eshon «Tazkira»sida qayd etilishicha, SHayx Xudoydodning otasi juda kambag’al bo’lib, chuponlik orkasidan kun kechirgan. Xotinni xomila tulgogi tutganda, ya’ni SHayx Xudoydod to’g’ilayotganda chirok yogi topilmay kolibdi. Lekin nogox gaybdan yongan chirok paydo bo’lib, 40 kecha-kundo’z ravshanlik bo’libdi. SHayx Xudoydod to’g’ilayotganda sodir bo’lgan bu karomat sirlari chakalokning o’ziga ham yukkan ekan, hazratining avlodlaridan biri Xo’ja Fuzayl (XVIII asr)dir.
SHayx Xudoydod ota yurti bo’lmish Samarqand yaqinidagi Gazira qishog’idan Buxoroga kelganda Jo’yboriy SHayxlar bilan suxbatda bo’lgan. Buxoroga kelayotib u Karmanada ham tuxtab, shahar buzrukvorlari bilan mulokotda bo’ladi. Bu davrda hali yosh bo’lgan Qosim SHayx ham usha suxbatlar ishtirokchisi bo’lgan, SHayx
Xudoydodning zikri sa’molarida qatnashgan. SHayxning pand nasihatlarini, tasavvuf nazariyasiga oid va’zlarini eshitgan va ularda aytilganlarga rioya qilgan.
SHayx Xudoydod Valiy vafotidan so’ng (1532) Qosim SHayx jaxriya sulukining yetakchi shayxlaridan biriga aylanib qoldi, atrofiga muridlar to’plana boshlandi. Hatto shayboniy sultonlar ham bundan mustasno emasdilar. Buxoro hukmdori Abdullaxonning Qosim SHayxga bo’lgan ixlos-e’tikodi manbalarda qayd etilgan ma’lumotlardan ma’lum. U Qosim SHayxga bo’lgan e’tikodi yuzasidan hijriy 966 chi, melodiy 1558 yilda Karmanada xonaqoh barpo etdi. Xonaqoh Abdullaxon hokimiyat tepasiga kelgandan so’ng Buxoro viloyatida kurdirgan birinchi binolaridan hisobalanadi. Bino qurilishiga Qosim SHayxning ham mablagi sarflanganligi va uning o’zi ham tashabbuskor bo’lganligi ehtimoldan xoli emas.
SHayboniylardan biri kechasi Qosim SHayx etagini tutishga jazm etgan. Rustam Bahodirxon ibn Jonibek sulton shundaylardan bo’lib, u dastlab Mavlono SHamsi (SHayx Halaf)ga murid tushgan.Buxorolik tazkiranavis XasanXo’ja Nisoriy (1516-1597) ning «Muzakkir ul-axbob» (dustlar yodnomasi) asarida ta’kidlanishicha, Rustam Bahodirxon saltanat ishlaridan kura suluk yo’lini afzal ko’rib, Mavlono SHamsi Halafga ergashadi. Mavlono SHamsi Halaf qayerda kavushini yechsa uni qo’liga olib ko’tarib turar va bu ishni sharaf deb hisoblar ekan.
Mavlono SHamsi Halaf vafotidan so’ng Rustam Bahodirxon zamona murshidi va davron muktadosi Qosim SHayx Azizonga e’tikod kuyadi.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosida maktabda o’qitiladigan fanlarni zamon talablari asosida, jahon mamlakatlari ta’lim tizimi darajasidagi darslar tashkil etishni amalga oshirish borasidagi sa’ay-harakatlar tashkil etadi. Tarix ta’limida, ayniqsa Jahon tarixi darslarini manbaalar asosida, zamonaviy, interfaol usullarga tayanib darslar tashkil etish bugungi kun tarix fani o’qituvchisi va zamonaviy tarix darslari oldidagi fazifalar sirasiga kiradi.
Tarix darslarida moddiy va ma’naviy merosimiz xazinasidan foydalanish bir oz talabchanlikka so’raydi. SHu asoslda tashkil etilajak darslar esa ayni tarix darslarining o’zagini tashkil etadi.
Jahon tarixi darslarida Muhammad Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asaridan foydalanish bu tarix darslarini har jihatdan boyitishini maktab tajribasida ko’rdik. YAna shuni aytish kerakkki, bu asar orqali, o’lka tarixiga doir nodir va noyob manbalardan, etnografik, toponimik ma’lumotlardan foydalana turib, o’quvchilarda yurtga sadoqat, milliyligimiz, o’zligimizga hurmat, tariximizga munosabat qayta shakllangandek bo’ldi.
Noan’anaviy dars turlari va dars usullari turli tuman bo’lib, zamonaviy tarix fani o’qituvchisi darsni jonli va zamon talablari asosida tashqil etishda albatta o’ziga mos va yaxshi natijaga erishish qulay bo’lgan usullarni tanlashi lozim. Shulardan biri muammoli dars o’tish turiga kiruvchi “Aqliy hujum” usuli orqali “XII - XIII asrlarda yevropa madaniyati” mavzusini o’rganishda etnografik materiallardan foydalanish, ulardan jahon tarixi darslarida qo’llash usullaridir. Bu o’rinda o’qituvchi Narshaxiyning “Buxoro tarixi” asarida uchraydigan etnografik, toponimik ma’lumotlar bilan jahon tarixining ushbu davrlarga oid mavzularini qiyosiy o’rganishdan iboratdir. Biz quyida Jahon tarixi fanidan “XII - XIII asrlarda yevropa madaniyati” mavzusini o’tishda shu davrlarda O’rta Osiyo madaniyati, uni o’rganishda “Buxoro tarixi” asaridan foydalanish usullari haqida to’xtalib o’tmoqchimiz. Biz Abu (Ja’far) Bakr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiyning bebaho merosi, tariximizning haqiqat nuri xotiralar tirikligi sanalgan «Buxoro tarixi» asarini o’rganib chiqar ekanmiz, jahon tarixi darslarida unda uchraydigan Jaloyir, Dashtak kabi nomlarni Osiyo mamlakatlarida bugungi kungacha ham tillarda yuritilishi, bu ko’hna tarixda butun dunyo xalqlari tarixini qiyoslab tahlil etadigan jihatlar borligini hisobga olishimiz kerak deb hisoblaymiz.