Solishtirma og‘irlik - neftning hajm birligiga teng miqdorining og‘irligi uning solishtirma og‘irligi deb ataladi va yunoncha (gamma) harfi bilan belgilanadi.
bu yerda V - suyuqlik hajmi (o‘lchov birligi, m3), G – og‘irligi (o‘lchov birligi, N).
Solishtirmahajm - Suyuqlikning og‘irlik birligidagi miqdorining hajmi solishtirma hajm deyiladi va hajmni og‘irlikka bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi:
Solishtirma hajmning o‘lchov birligi SI o‘lchov tizimida:
Neftning zararli xususiyatlari - har qanday moddalar singari neft, gaz va neft mahsulotlari ham zararli xususiyatlarga ega. Ayniqsa oltingugurtli neft bug‘lari inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Odamlarning neft bug‘lari bilan zaxarlanishi gazsizlantirilmagan rezervuar va sisternalar hamda nasos va boshqa mahsulotlarni saqlovchi xonalarda sodir bo‘ladi.
Mahsulotlarning zararli ko‘rsatkichlari hisobga olinib, ularning havo va suvdagi ruxsat etilgan konsentratsiyalari belgilangan. Ayrim mahsulotlarning ish joylari, xonalar va rezervuarlar havosidagi ruxsat etilgan konsentratsiyalari (K) quyida keltirilgan:
2.4-jadval
№
Mahsulot turi
K (mg/l)
1.
Erituvchi benzin
0,3
2.
Yoqilg‘i benzin
0,1
3.
Kerosin
0,3
4.
Ligroin
0,3
5.
Oltingugurtli gaz
0,01
Neftda gazlarning erish xususiyati - qatlam sharoitida neftda hamma vaqt erigan gaz mavjud bo‘ladi, ba’zida 1000 m3/t (o‘rtacha 100 m3/t) gacha bo‘ladi. Neftda gazning erish xususiyati eruvchanlik koeffitsiyenti kattaligini tavsiflaydi yoki gaz omili deyiladi.