Mavzu: Neft uglevodorodlarning termik o'zgarishi Reja: 1. Neft mahsulotlarini katalitik tozalash. 2. Jarayonda qо‘llaniladigan katalizatorlar va ularning xossalari. 3. Katalitik kreking va uning mexanizmi. 4. Katalitik kreking jarayonida hosil bо‘luvchi moddalar. Neft mahsulotlarini katalitik tozalash Jarayonda qо‘llaniladigan katalizatorlar va ularning xossalari. Neft sargish, qo’ngir, qoramtir rangli moysimon suyuqlik, zichligi 0,73 dan 0.95 g/sm"' gacha - 20 da +20 °C gacha haroratda qotuvchi juda murakkab tarkibli turli uglevodorodlar va geteroatomli organik birikmalar aralashmasidan tarkib topgan moddalar. U yuqori kolloriyali yoqilgi (40000 dan 44000 gacha k/kg). Neftning kimyoviy tarkibi asosan quyidagi elementlardan tashkil topgan : C = 83-87 % , N = 12-14 % , S = 0,3-3 % , O = 0,1-1,0 % , H=0,001-0,4% Neftning yoshi aromatikdan metanli uglevodorodlarga o’tgan sayin o’sib boradi. Texnologik klassifikatsiyaga binoan neft 0,5 % gacha oltingugurt saqlovchi - kam oltingugurtli 0,51 % dan 2 % gacha oltingugurt saqlovchi oltingugurtli, 2 % dan ortiq oltingugurt saqlovchi – ko’p oltingugurtli, 1,5 % gacha alkan saqlovchi kam alkanli 1,51 dan 6 % gacha alkan saqlovchi-alkanli, 6 % dan ko’proq alkan saqlovchi ko’p alkanli neftlarga bo’linadi. Neftning eng asosiy tabiiy zahiralari Amerika Qo’shma Shtatlarida, Janubiy Afrikaning shimoliy rayonlarida, O’rta Sharqda, ayniqsa, Iroq, Saudiya Arabistonida va Rossiyaning bir qagor rayonlarida topilgan. Ozarbayjon, Shimoliy Kavkaz, Kaspiy bo’yi, Tatariston ASSR, Sibir va O’rta Osiyo respublikalarida juda katta neft konlari joylashgan bo’lib, yer osti zahiralari va uni qayta ishlash jihatidan bu mamlakatlar dunyoda yetakchi o’rinlarni egallaydi.
Katalitik kreking jarayonida hosil bо‘luvchi moddalar
Benzin. Ichki yonuv dvigatel silindrida benzin yonayotganda, murakkab kimyoviy jarayon sodir bo’ladi. Ideal sharoitda yonilg’i butunlay yonib reaksiyaga asosan karbonat angidrid va suv hosil bo’lishi kerak.
Agar reaksiya haddan tashqari tez ketsa, yonish vaqtida detonatsiya hodisasi, ya’ni paqillab yonish sodir bo’ladi va dvigatelning tortish kuchi pasayib ketadi. Ma’lum bo’lishicha, bu hodisa ham yoqilg’ining kimyoviy tarkibiga bogliq ekan.
Normal tuzilishga ega bo’lgan parafinlar (oktan) detonatsiyaga ancha moyil, tarmoqlangan parafinlar (izooktan) esa detonatsiyaga kamroq uchrab, ichki yonuv dvigatellarda yaxshi yonuvchi modda hisoblanadi.
Surkov moylari Neftni haydash jarayonida qolgan yuqori molekulali qovushqoq suyuqlik surkov moylari sifatida ishlatiladi. Surkov moylari ham begona moddalardan tozalanadi. Surkov moyiga xloretil efir, fenol va suyuq sulfat angidrid kabi erituvchilar ta’sir ettirilganda tarkibidagi aromatik uglevodorodlar va tо‘yinmagan birikmalar yо‘qoladi. Surkov moyi tarkibidagi parafinni yо‘qotish uchun neft metiletilketon va toluol aralashmasida eritiladi va eritma sovitilganda parafin kristallanadi. Shu yо‘l bilan tozalangan moy oksidlanishi oldini olish uchun unga qo’shimcha moddalar ham qо‘shiladi.
Surkov moylari Neftni haydash jarayonida qolgan yuqori molekulali qovushqoq suyuqlik surkov moylari sifatida ishlatiladi. Surkov moylari ham begona moddalardan tozalanadi. Surkov moyiga xloretil efir, fenol va suyuq sulfat angidrid kabi erituvchilar ta’sir ettirilganda tarkibidagi aromatik uglevodorodlar va tо‘yinmagan birikmalar yо‘qoladi. Surkov moyi tarkibidagi parafinni yо‘qotish uchun neft metiletilketon va toluol aralashmasida eritiladi va eritma sovitilganda parafin kristallanadi. Shu yо‘l bilan tozalangan moy oksidlanishi oldini olish uchun unga qo’shimcha moddalar ham qо‘shiladi.
Kreking. Neftning yuqori haroratda haydaladigan fraksiyalarini krekinglab benzin va gazsimon uglevodorodlar hosil qilish mumkin. Kreking jarayoni katalizator ishtirokida va yuqori haroratda olib boriladi. jadvalda neft fraksiyalari krekinglanganda qancha benzin hosil bо‘lishi kо‘rsatilgan.
Neftning turli fraksiyalarini I soat davomida 4250 C da krekinglanganda hosil bо‘ladigan benzin miqdori.