Mavzu: neft va gaz sanoati


Neftni qayta ishlashga tayyorlash



Yüklə 395 Kb.
səhifə9/14
tarix28.10.2022
ölçüsü395 Kb.
#66605
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
NEFTNI TOZALASH

Neftni qayta ishlashga tayyorlash. Neft quduqlaridan qazib olingan neft tarkibida erigan gazlar, suv va mexanik aralashmalar — qum va tuproq ushlaydi. Shuning uchun neft konlarida va neftni qayta ishlash zavodlarida tozalanadi. Neft kondan maxsus quvurlar orqali po'latdan yasalgan tik holdagi separatorlarga (gaz ajratgich) oqib keladi. U yerda neftning bosimi va oqimi kamayganligidan unda erigan gazlar (yo'ldosh gazlar) ajralib chiqadi. Bir vaqtning o'zida neft tindirilganligi uchun mexanik aralashmalar va suv ham qisman ajraladi.
Mineral tuzlarni ajratish uchun neft yumshoq va issiq suv bilan yuviladi. Neft suv bilan mustahkam emulsiya hosil qiladi. Shuning uchun ham tindirish yo'li bilan suvni to'liq ajratib bo'lmaydi. Suvni va tuzni neftdan to'liq ajratish turli termokimyoviy va elektrokimyoviy usullarni qo'llash bilan amalga oshiriladi. Elektrotuzsizlash qurilmalarida shunday ishlov berish natijasida neft tarkibida suv 0,1 % gacha, tuz esa 70-100mg/l gacha kamayadi. Neft suvsizlantirilgach, stabillanadi. Ya'ni oson qaynovchi butan-pentanli fraksiya (qisman geksan fraksiyasi) haydab ajratib olinadi. Bu operatsiya natijasida neftni saqlash va tashish jarayonida yengil uglevodorodlar yo'qolishining oldi olinadi.


NEFTNI QAYTA ISHLASHNING ASOSIY USULLARI
Neftni qayta ishlash sanoatida neft uch tipda qayta ishlanadi; yoqilg'i olish bilan boruvchi (motor va qozon yoqilg'isi olinadi), yoqilg'i-moy olish bilan boruvchi (xom motor yoqilg'isi ham surkov moylari olinadi), neft-kimyoviy qayta ishlash (yoqilg'ilar, surkov moylari va kimyo sanoati uchun xomashyo olinadi). Qayta ishlashning bu uchala turi ham fizik va kimyoviy usullar bilan amalga oshiriladi.
Fizik usullar. Neft va neft mahsulotlarini qayta ishlash ularni tashkil etuvchi komponentlarning fizik xossalari: qaynash va qotish harorati, eruvchanligi, adsorbsion qobiliyati va boshqalar orasidagi farqqa asoslangan. Bu usullar neft tarkibidagi qaynoq haroratlari bir-biriga yaqin bo’lgan fraksiyalarni ajratishda, uglevodorodlarning ayrim sinflarini (deparafinlashda) ajratishda hamda individual birikmalarni ajratib olishda qo'llaniladi. Ko'pincha neft mahsulotlari atmosfera va past bosimda to'g'ri haydashda qo'llaniladi.

Yüklə 395 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin