Mavzu: Nerv- muskul preparatini tayyorlash. Reja


To‘qimaning harakat tokini aniqlash. Matteuchi tajribasi



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə3/3
tarix13.02.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#84047
1   2   3
Mavzu Nerv- muskul preparatini tayyorlash. Reja

To‘qimaning harakat tokini aniqlash. Matteuchi tajribasi.


Matteuchi 1840 yilda asab-mushak preparatining qisqarayotgan mushagiga boshqa asab-mushak preparatining asabi tashlangan taqdirda uning ham qisqarishini isbotladi. Shunga asosan mushak qo`zg`alganda, unda hosil bo`lgan tok boshqa asab-mushak preparati uchun ta`sirlagich vazifasini bajarishi mumkin, degan xulosaga kelindi. Bu toklar harakat toklari deb nomlandi.
Induksion tok zanjiri ishga tayyorlanadi. Baqaning keyingi oyoqlaridagi quymich asabi tizza bo‘g‘imigacha ajratilgan ikkita preparat reoskopik oyoq tayyorlanadi va quruq taxtacha ustiga joylashtiriladi. Birinchi preparatning asabi elektrodlar ustiga qo‘yiladi. Ikkinchi preparat asabi birinchi preparatning boldir muskuli ustiga uzunasiga tashlanadi. So‘ngra birinchi preparat asabi kuchi o‘rtacha induksion tok bilan ta`sirlansa, har ikkala preparat muskulining qisqarishi kuzatiladi. Birinchi preparat muskulida yuzaga kelgan harakat toki ta`sirida ikkinchi preparat muskuli ham qisqaradi ya’ni ikkilamchi tetanus sodir bo‘ladi. (6-rasm)

6-rasm. Ikkilamchi tetanus hosil qilish.


2-ish. Ishlab turgan yurakning harakat tokini aniqlash.


Yurak mushaklari qisqargan vaqtda unda harakat toki hosil bo`lib, u asab-mushak preparatining asabini ta`sirlash uchun yetarli miqdorga egadir.
Baqaning bosh miyasi kesib tashlanadi, parafinli taxtacha ustiga chalqanchasiga yotqizilib, oyoqlari ninalar bilan to‘g‘nab qo‘yiladi. Baqaning ko‘krak qafasi ochilib, yuragi topiladi va perikarddan bo‘shatiladi. Ikkinchi bir baqadan asab muskul preparati tayyorlanadi. Preparatning asabi baqaning ishlayotgan yuragi ustiga tashlab qo‘yiladi. Ammo bunda asab baqa yuragi bo‘lmachalari bilan qorinchalariga tegib turishi kerak. Shundagina yurak har gal qisqarganda asab muskul preparati muskullari ham qisqaradi. Bu hodisa yurak qisqarishidan yuzaga kelgan harakat toki ta`sirida sodir bo‘ladi.
Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin