Mavzu: Neyronlar klassifikatsiyasi


Nerv tizimining taraqqiyoti



Yüklə 68,08 Kb.
səhifə3/8
tarix07.12.2022
ölçüsü68,08 Kb.
#72920
1   2   3   4   5   6   7   8
Neyronlar klassifikatsiyasi

Nerv tizimining taraqqiyoti
Odamning markaziy nerv tizimi pushtning tashqi varag’i ektodermadan taraqqiy etadi. Pusht tanasining dorsal qismlarida ektoderma hujayralari nerv (medullyar) plastinkani hosil qiladi. Dastlab u bir qavat hujayralardan iborat bo‘lib, keyinchalik bu hujayralardan spongioblastlar (tayanch to‘qima-neyrogliyani hosil qiluvchi) va nerv hujayralarini hosil qiluvchi neyroblastlar takomillashadi. Medullyar plastinka hujayralarining ko‘payishi uning turli qismlarida har xil bo‘lgani uchun u bukilib medullyar egat hosil bo‘ladi. Uning chekkalari o‘sishi natijasida sekin-asta ko‘tariladi va o‘zaro birikib nerv nayini hosil qiladi. Nerv nayi birikish davrida uch qavatdan iborat bo‘lib, keyinchalik ichki qavatidan qorinchalar va markaziy kanalni ichini qoplagan ependima qoplamasi, o‘rta qavatdan miyaning kul rang moddasi hosil bo‘ladi. Tashqi qavatda hujayralar bo‘lmay miyaning oq moddasiga aylanadi.
Vegetativ nerv tizimi ichki a’zolarning silliq mushaklarini, bezlarni, yurak-qon tomirlar faoliyatini, a’zo va to‘qimalarda modda almashinuvini innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv tizimi o‘z navbatida ikki: simpatik va parasimpatik qismlarga bo‘linadi. Nerv tizimining somatik va vegetativ qismlarga bo‘linishi shartli ravishda, chunki organizmning butun hayoti nerv tizimining barcha qismlarini bosh miya po‘stlog‘i boshchiligida bir-biriga bog‘lanib qilgan faoliyatidan iborat. Shuning uchun birorta a’zo faoliyatining o‘zgarishi boshqa a’zolar faoliyatining o‘zgarishiga olib keladi. Masalan: jismoniy ish qilgan vaqtda mushaklarda modda almashinuvi kuchayadi va kislorodga talab oshadi. Bunga javoban reflektor ravishda o‘pka va yurakning faoliyati kuchayib, mushaklarga qon va kislorodning kelishi ko‘payadi.
Topografik nuqtai nazardan nerv tizimi markaziy va periferik qismlarga bo‘linadi. Markaziy qismiga bosh va orqa miya kirib, ular kulrang va oq moddalardan iborat. Kulrang modda nerv hujayralarining to‘plami, oq modda esa nerv o‘simtalaridan tashkil topgan. Periferik qismi tarkibiga nerv ildizlari, tugunlari, chigallar va nervlar kiradi.

Yüklə 68,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin