Mavzu: Noelektrik kattaliklarni elektr usulida oʻlchash Elektr qurilmaiar me’yorda ishlashi uchun elektr energiyasini tavsiflovchi kattaliklar (tok, kuchlanish, quvvat, energiya sarfi va boshqa kattaliklar) doimo nazorat qilib turilishi lozim. Bu maqsadda sanoat korxonalari o’lchash asboblari bilan jihozlanadi.
O’lchash asboblari va avtomatik qurilmalarga xizmat ko’rsatish uchun korxonalarda alohida maxsus bo’lim tashkil etiladi.
O’lchash natijasida olingan ma’lumotlar haqiqiysiga taqqoslanadi. Har bir o’lchashda qandaydir xatolikka yo’l qo’yiladi.
Fizik kattaliklami o’lchash uchun quyidagilami bilish shart:
1. O’lchov birligi. Har bir fizik kattalikning o’lchov birligi bor. Masalan, tok kuchi — amper; kuchlanish — volt; og‘irlik (massa) — kilogramm; elektr quvvati — Vatt; elektr energiyasi — Vatt • soat bilan o'lchanadi va hokazo.
2. O’lchov asbobi — o’lchash jarayonini amalga oshiruvchi texnik vosita (ampermetr, voltmetr, vattmetr).3. O’lchov o’zgartirgichlari. O’lchov asboblarining o’lchash imkoniyatlarini kengaytiruvchi texnik vosita. Bu turkumga noelektrik kattaliklami elektrik kattalikka mutanosib tarzda o’zgartiruvchi datchiklar kiradi.
Masalan, taxometr — aylanish tezligini kuchlanish yoki tokka mutanosib tarzda o’zgartirib beruchi texnik vosita.
O’lchash vositalarining ikki turi mavjud:
1. Ishchi o’lchash vositalari — bevosita texnik kattaliklarni o'lchash uchun foydalaniladi.
. Namunaviy (andazali) ishchi o’lchash vositalari — o'lchash vositalarini tekshirish va nazorat qilish uchun foydalaniladi.
O’lchashdagi xatolik. O’lchash asbobi ko’rsatgan kattalik va shu kattalik haqiqiy qiymatining ayirmasi absolyut xatolik deyiladi:
Ko’pincha o’lchash asboblarining xatoligi keltirilgan xatolik bilan aniqlanadi.
Absolut xatolikning shu o’lchash asbobining mo’tadil kattaligiga, foiz hisobidagi nisbatiga absolyut xatolik deb aytiladi. O’lchash asbobining mo'tadil kattaligi, shu asbobning maksimal, ya’ni eng katta qiymatidir.
Elektr o'lchash asboblari noelektrik kattaliklami o’lchashda ham keng qo’llanadi. Sababi elektr o’lchashlar juda aniq olib boriladi va o‘lchash qulaydir. Noelektrik kattaliklarga misol tariqasida bosim, harorat, avtomobilning tezligini keltirish mumkin.
Bu kattaliklami elektr kattalikka — tok yoki kuchlanishga o‘zgartiruvchi mexanizm datchik deb ataladi. Avtomobilning tezligi taxogenerator bilan o’lchanadi. Taxogeneratorning (TG) o’qi ichki yonish dvigateliga (IYD) ulangan va demak, TGning chulg’amidagi EYK IYDning aylanish tezligiga proporsional.