REJA:
1.ionlar haqida
2.NOORGANIK IONLARNING AXAMIYATI
3.makro va mikro elementlar
Ionlar (yun. ion — borayotgan, harakatlanayotgan) zaryadlangan zarralar atom yoki atomlar guruhi (molekulalar, radikallar va b.) elektron zaryadlangan zarra qabul qilganda yoki yoʻqotganda hosil boʻladi. "Ion" tushunchasi va terminini 1834 yilda ingliz olimi M. Faradey birinchi boʻlib tatbiq etgan. U ishqorlar, kislotalar, tuzlarning suvdagi eritmalari elektr oʻtkazuvchanligi ion harakatiga bogʻliq deb hisobladi. Eritmalarning manfiy qutb (katod)ga harakatlanadigan musbat zaryadli ion kationlar, musbat qutb (anod)ga harakatlanadigan zaryadli ion anionlar deyiladi. ion zaryadining kattaligi elektron zaryadiga karrali nisbatdadir: mas, atom 1, 2, 3, ... elektron yoʻqotganda yoki kabul qilganda shunga mos ravishda 1, 2, 3 va hakoza zaryadli ion hosil boʻladi. Elektrolit eritmasida ionerituvchi bilan oʻzaro taʼsir etishi tufayli barqaror boʻladi. ion mavjudligi sababli eritmalar elektr tokini oʻtkazadi . Atomdan elektron ajralib, kation hosil boʻlayotganda maʼlum miqdorda energiya sarflanadi va uni atomning ionlash potensiali deyiladi. Ionning xossalari ularning kattaligi va elektron qobigʻining tuzilishiga, za-ryadning ishorasi hamda miqdoriga bogʻliq. Ionlar organizmda moddalar almashinuvi jarayonida faol qatnashadi. Ionlar atmosferada boʻladigan oʻzgarishlarda muhim rol oʻynaydi.