Radikalida karboksil guruhi bo’lgan aminokislotalar asparagin va
gulutaminlar kislotali guruhga mansub, molekula radikalida amino, guanidin va
imidazolь guruhlarini tutgan aminokislotalar lizin, arginin, gistidinlar ishqoriy
hisoblanadi. Qolgan aminokislotalar neytral bo’lib, ularning radikallari na ishqoriy,
na kislotali xususiyatga ega emas. Aminokislotalar neytral holatda, umumiy zaryadi
nolga teng bo’lganda, izoelektrik nuqta deyiladi.
Biologik ahamiyatiga ko’ra aminokislotalar almashadigan, yarim
almashadigan va almashmaydiganlarga bo’linadi. Almashadigan aminokislotalar
inson organizmida yetarli miqdorda sintezlanadi. Bularga glitsin, alanin, serin,
tsistein, tirozin, asparagin kislota, glutamin kislota, asparagin va glutaminlar
mansubdir. Yarim almashadigan aminokislotalar inson organizmida kam miqdorda
sintezlanib, o’rni oziq–ovqat bilan ta’minlanadi. Bunday aminokislotalarga tirozin,
arginin va gistidinlar kiradi. Almashmaydigan aminokislotalar inson organizmida
mutlaqo sintezlanmaydi, deb qabul kilingan edi. Lekin oxirgi tekshirishlar shuni
ko’rsatdiki, insonning yo’g’on ichak tarkibidagi mikroorganizmlar majmuasi
ishtirokida almashmaydigan aminokislotalar sintezlanar ekan. Mazkur sintezlanish
oz miqdorda bo’lganligi uchun oziq–ovqatlar tarkibidagi aminokislotalar bilan
qoplanishi zarur. Almashmaydigan aminokislotalarga valin, leytsin, izoleytsin,
trionin, lizin, metionin, fenilalanin va triptofanlar kiradi.
Dostları ilə paylaş: