Maqsad: tovush tinglay olish va tovush taqlidlarini to’g’ri talaffuz qilishni tarbiyalash. Bir vaqtning o’zida ovozdan o’rtacha balandlikda foydalanish mashq qilinadi.
Mazmuni: Pedagog bolalarga ular mexmonlarni kutib olishlari lozimligini ma’lum qiladi. Tarbiyachi bolalardan biri bilan xonadan chiqar ekan, unga kuchuk surati tasvirlangan niqob- qalpoqchani kiydiradi. So’ngra ular «taq-taq» deb, eshikni ochishadi. Bolalar so’raydilar: «kim u?» Bola javob beradi: «vov-vov». Tarbiyachi bolalarga murojaat qiladi: «Bizga kim mexmon bo’lib kelibdi?». Bolalar javob beradilar: «kuchukcha». Tarbiyachi: «kuchukcha qanday vovullaydi?». Bolalar: «vov-vov». Pedagog bolalarga g’oz, qurbaqa, tovuq, echki va boshqa jonzotlar tasvirlangan niqob-qalpoqchalarni kiydirgani holda o’yinni takrorlaydi.
Metodik ko'rsatmalar. Bolalar tovush birikmalarini aniq va yetarli darajada baland talaffuz etishlarini nazorat qiling.
«Qo'g'irchoqni allalash»
Maqsad: artikulyatsiya apparatini rivojlantirish va tinglash qobiliyatini shakllantirish. Bir vaqtning o’zida uzoq muddat mobaynida nutqiy nafas chiqarish va ovoz balandligini o’zgartira olish qobiliyati mashq qilinadi.
Mazmuni: Pedagog bolalarga qo’g’irchoqlarni tarqatadi va «a» tovushini uzoq vaqt mobaynida cho’zib aytish - aaaa - orqali ularni allalashni taklif qiladi. Dastlab bolalar «a» tovushini baland ovozda talaffuz qiladilar. So’ngra tarbiyachi qo’g’irchoqlar uxlab qolayotganini aytadi va bolalardan sekinroq allalashni so’raydi. Bolalar «a» tovushini past ovozda ayta boshlaydilar.
Metodik ko 'rsatmalar: Bolalar «a» tovushini ancha uzoq vaqt mobaynida, bir nafasda aytishlarini nazorat qiling; ovozidan unchalik yaxshi foydalana olmaydigan bolalarni yaxshiroq nazorat qilish uchun ularni kichik guruhlarga ajrating.